Tarbiyaviy yo’nalish - tabiatni muhofaza qilishda katta o’rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak-atrofdagi olamni ehtiyot qilishda o’rgatish zarurdir. Haqiqatdan, kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lganda olijanob va xushfe’l bo’lib boradi. Barcha tirik mavjudotlarga, daryo suvlarining beto’xtov o’qib turishiga, tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo’lish, ularni sevish va ehtiyot qilish yosh avlodning eng yaxshi hislati bo’lmog’i kerak. Buning uchun yosh avlodni vatanparvarlik hissi bilan ulg’aytirish, tabiatga muhabbat uyg’otish lozim.
Madaniy estetik yo’nalish. Go’zal tabiatning zilol suvlari, shifobaxsh soylari, musaffo havosi, yam-yashil vodiylari qorli cho’qqilari, o’rmonlar bilan qoplangan tog’lari, serunum tuproqlari, maysazorlar kimlarni maftun qilmaydi? Turon zaminining ana shunday hushmanzara, orombahsh tabiatni saqlab qolish uchun jilg’a va soy suvlarining ifloslanishi, qurib qolishi, tog’ va teshiklardagi yashil o’simliklarning nest nobud bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Shundagina Ona Vatanimiz tabiati go’zallashib, hushmanzara joylarimiz ko’payib boradi. Bu esa kishilarning madaniy hordiq chiqarishi, estetik zavq olishlari uchun muhim omil bo’lib, olim, shoir, yozuvchi, rassom, bastakorlarga ilhom beradi, ularni yangi-yangi ijodlarga chorlaydi. Tabiat qanchalik sof, go’zal hushmanzara bo’lsa, kishilar shunchalik estetik zavqlanib, yaxshi dam oladilar va ishlari unumli bo’ladi.
Vatanimiz tabiatining qonuniyatlarini yaxshi tushunish, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish uchun, eng avvalo, tabiatni sevish kerak. Shu tufayli buyuk olimlarda fan-texnika sohasidagi yangi g’oyalar go’zal, hushmanzara tabiat quchog’ida vujudga keladi. Buni buyuk frantsus olimi J.Kyurining quyidagi gaplari isbotlaydi: «Men kechalari hushmanzara o’rmonlar myamga kirib, miriqib dam olsam, estetik zavqlansam, ertasi kuni miyam yangi g’oyalar bilan to’lar edi» degan.
Darxaqiqat, hushmanzara vodiy, tog’lar, o’rmonli erlar faqat yozuvchi, olim, rassom, bastakorgagina ilhom bag’ishlab qolmasdan har qanday kishining ruhini tetik qiladi, estetik zavq beradi, ko’nglini hushnud etadi. Buyuk A.Navoiy va Z.M.Boburlar ham o’zlarining ko’p asarlarini tabiatan ta’sirlanib yozganlar.
Ona Vatanning go’zal tabiatini sevish, e’zozlash va undan xalq manfaati yo’lida unumli foydalanish mavzulari yozuvchi va shoirlar ijodida katta o’rin oladi. KA.Navoiy, Abay, Maxmatqul, H.Olimjon, Oybek, G’.G’ulom, O’yg’un, Mirtemir, Tursunzoda va boshqalar go’zal tabiatdan estetik zavq olib, uni madh etdilar. Xususan, H.Olimjon o’zining «O’lka», «Baxtlar vodiysi», «O’rik gullaganda», «O’zbekiston» kabi qator asarlarini tabiatdan zavqlanib yaratgan.
Tabiat va uning ko’rkam manzaralari rassomlar uchun doimo ilhom manbai bo’lib kelgan. Qadimiy poleotit davrida yaratilgan eng birinchi san’at asari ham g’oyalarga solingan hayvon rasmlaridir. Shu boisdan bo’lsa kerak, jahon san’at asarlari ichida juda katta o’rinni peyzaj janri, tabiat manzarasi ta’sirlangan sur’atlar egallaydi.
Tabiat go’zalliklaridan zavqlanib asarlar yaratgan o’rta asr klassik rassomi K.Bekzod, o’zbek rassomlari Q.Tansiqboev, N.Qoziboev, R.Axmedov, Z.Inog’omov, N.G.Karaxan, R.Temirov, mashhur rus rassomridan L.I.Shishkin, I.I.Levitan, A.Kuinji. Ayvazovskiy, N.Krimov, M.Lishkov, M.Saryan va boshqalarning rasmlari misol bo’ladi.
O’rta Osiyoning go’zal tabiatni tarannum etuvchi san’at asarlari ichida Q.Tansiqboevning «O’zboy o’zanida», «Qishloq», «Tog’» manzaralari, Karaxanning «Oltin kuz» kabi suratlari alohida o’rin tutadi.
Go’zal tabiat manzaralarini musiqada buyuk rus kompozitori R.I.Chaykovskiy o’zining «Yil fasllari» deb atalgan fortepyano uchun p’esasi, mashhur Betxoven «Oy» sonatasi, Shtraus esa «O’rmon valsi» da go’zal tarannum etganlar. O’z asarlarida tabiat manzarasini madh etgan kompozitorlardar A.Borodin, M.Glinka, A.Glazunov, Kurman-Kozi, D. Shestakovich, S.Raxmaninov, S.G’aniev,R.Glier, S.Tulikov, Yu.Rajabiy, T.Jalilov, M.Ashrafiy, M.Burxonov va boshqalarning nomlarini hurmat bilan tilga olish mumkin.
Er sharida, jumladan, Vatanimizda, sanoat va qishloq xo’jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida tabiatning dastlabki holati tez o’zgarib, madaniy landshaft maydoni kengayib bormoqda. O’zbekistonda vujudga keltiraliyotgan madaniy landshaftning estetik jihatdan puxta, rejali, chiroyli, ko’rkam bo’lishiga erishish kerak. Estetik jihatdan mukammal bo’lgan madaniy landshaftni Shreder nomidagi O’zbekiston bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti misolida ko’rish mumkin. Unga qarashli erlarda dalalar yaxshi rejalashtirilgan, nihollar to’g’ri chiziq bo’ylab, lenta hosil qilib ekilgan, tuproq begona o’tlardan yaxshi tozalangan, kasallangan daraxtlar olib tashlangan, qisqasi, institut hududi estetik jihatdan juda ham puxta tashkil etilgan.
Jumladan, O’zbekistonning madaniy landshaftlari ichida yo’l, suv omborlari va sug’orish shahobchalarini qurish, tezkorlik bilan olib borilmoqda. Ammo qurilayotgan yo’llar, irrigatsiya shahobchalari va suv omborlarining hammasi xam estetik jihatdan mukammal deb bo’lmaydi. Agar o’sha inshootlar atrofiga estetik did bilan daraxtlar ekilib, yashil belbog’lar tashkil etilsa, sanitariya jihatdan toza saqlansa, O’zbekiston tabiati go’zallashib, ko’rkamlasha boradi. Katta trakt hisoblangan Toshkent-Olmata, Toshkent-Samarqand-Termiz avtomobil yo’llarini misolga olaylik. Agar o’sha yo’llarning har ikki tomoniga chiroyli qilib daraxtlar ekilib, yashil o’rmon chizig’i hosil etilsa, birinchidan, qishda yo’lni qor bosib qolishdan saqlasa, ikkinchidan, yo’l atrofining manzarasi juda ham ko’rkam bo’ladi. Bu esa yo’lovchilar, haydovchilar kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi, ularga estetik zavq beradi.
O’zbekiston hududida har yili ko’plab kanal, ariq va zovurlar qaziladi. Biroq bu inshootlar chekkalariga daraxtlar ekib, yashil daraxtzorlar hosil qilishga etarlicha ahamiyat berilmaydi. Agar bunday inshootlar bilan birga ularning atroflariga daraxtlar ekilsa, tabiat yashil o’simliklar bilan yanada boyitiladi, ko’rkam orombahsh joylar ko’paya boradi. Buni katta Farg’ona kanali misolida ko’rish mumkin.
Tog’-kon sanoatining o’sishi O’zbekistonda o’simliklar maydonining qitsqarib ketishiga sabab bo’lmoqda. Olmaliq-Angren sanoat markazida bir necha yuz gektar er karer va chiqindilar tagida qolib, ko’rimsiz joylar vujudga keldi. Albatta, bunday holat ishchi va hizmatchilar kayfiyatiga salbiy ta’sir etadi. Agar shu joylar bir oz tekislanib, ustiga tuproq to’kilib, chuqurroq eriga suv to’ldirilib, atrofiga zinapoyasimon qilib har xil daraxtlar ekilsa, bu joylar 2-3 yildan keyin konchilarning estetik shavq va zavq oladigan ko’rkam manzarali hiyobon, dam olish hududlariga aylangan bo’lar edi.
Tabiat inson hayoti uchun eng moddiy va bitmas-tuganmas go’zallik manbaidir. Tabiat insonning sinalgan do’sti bo’lib, uni tarbiyalaydi, yangi ijodiy mehnatga indaydi, unga estetik zavq beradi, uning onasi, Vatani hisoblanadi. Shunday ekan, biz tabiatni e’zozlaymiz, uni boyitishimiz, ba’zi bir tabiiy zaxiralarni qayta tiklab, tabiatni yanada ko’rkam bo’lishi uchun kurashishimiz, tabiatni muhofaza qilishimiz kerak. Kelajak avlodga boy, go’zal, manzarali tog’-adirlar, toza suvli daryo, ko’l, buloqlar, musaffo havo va unumdor tuproqli tabiatni qoldirishimiz kerak.
Ilmiy-texnik inqilob tushunchasining kengayishi bilan tabiat muhofazasi tushunchasi yangi mazmun oldi. Endilikda tabiiy zaxiralarga talabkeskin o’sdi, intensiv xo’jalik oborotiga okean, dengiz va quruqlikning katta-katta maydonlari kiritilmoqda. U yoki tabiiy –hududiy majmualarga inson ta’sirining oqibatlari faqat ular atrofidagi geosistemalardagina emas, balki butun geografik muhitlarda sezilmoqda. Shu sababli ishlab chiqarishdan ayrim tabiiy biotsenoz-ekosistemalar, resurslar, katta maydonlarni chiqarib olish va dorixona deb e’lon qilish yo’li bilan tabiat muhofazasi borasida hududiy va global muammolarni hal etishga o’tildi. Bunday vazifalarning biriga, masalan,tabiiy muhitni ifloslanishidan muhofaza qilish masalasi kiradi. Ayrim hudud hamda gografik muhitning ifloslanishi ekologik sharoitning buzilishiga olib keladi. Qo’riqlanayotgan joylarda rejim nisbiylashib boradi, ko’pincha hududiy va global antropogen ta’sirlar qo’riqxonalardagi hayvon, o’simliklarning tabiiy sharoitini va ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini buzadi. Masalan, Orolning qurib borishi Orolbo’yi landshaftlarini buzib yubordi.
Tabiatni muhofaza qilishning dorixona sistemasi xo’jalik hisobida turgan tabiiy zaxiralarning tiklanish va ko’payishini ta’minlay olmaydi, ya’ni iqtisodning rivojlanishiga javob bera olmaydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanib, uni muhofaza qilish birinchi navbatdagi vazifa bo’lib qoldi. Tabiat muhofazasi iqtisodning zaruriy tarkibiy qismi va uni rivojlantirish shartlaridan biridir. Xo’jalikning iqtisodiy masalalari tabiat muhofazasida birlamchi rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |