Axoli soni. Fan-texnika inqilobi sanoati, qishloq xo’jaligi va meditsinadagi barcha yutuqlar majmuidan iborat ekanligi sababli «demokratik portlatishni» vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda aholining yillik o’sish sur’ati 2% dan yoki 90 min. kishidan ortib ketdi.
1974-yil Er yuzi aholisi har minutda 150 kishiga yoki sutkasiga 216 ming kishiga ko’paygan. BMT mutaxassislarining so’nggi ma’lumotlarga ko’ra shu vaqtda jahon aholisining soni 6,3-6,5 mlrd. atrofida (28-rasm).
Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta’sir etish yo’llari va shakllari nihoyatda ko’p. Bu ta’sir natijasida tabiatdagi miqdor o’zgarishlarigina emas, balki sifat o’zgarishlari ham sodir bo’lmoqda. Fan-texnika inqilobining tabiatga ta’siridagi eng muhim asosiy tendentsiyalari quyidagilardan iborat:
Tabiiy zaxiralarni iste’mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib bormoqda. Masalan, 1970 yil tabiiy boyliklarni jon boshiga iste’mol qilish 1940 yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi. 2000- yilda esa kishi boshiga 35-40 tonnaga etdi. Hozirgi vaqtda insoniyatning xo’jalik ehtiyojlari uchun yiliga daryolar suvining taxminan 13% idan foylaniladi.
Fan-texnika rivoji tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash bo’yicha insoniyat uchun katta imkoniyat tug’dirdi. Lekin bir vaqtning o’zida tabiiy muhitning ancha ifloslanishi va yomonlashuviga ham olib keldi. Tabiatga zararli moddalar va birikmalarning chiqarib tashlanishidan havo, tuproq va suvning fizik, ximik va biologik xususiyatlari o’zgardi. Bu hol tabiiyki, kelajakda o’simliklar, hayvonlar va odam hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sanoat. Olimlarning energiyadan foydalanish sur’atlari haqidagi hisobi bo’yicha, inson olovdan foydalangan davrda bir kunda bir kishining energiya iste’mol qilishi 5 kkal ga, o’rta asrlarda jon boshiga energiya iste’mol qilish 12 ming kkal ga teng edi. Yoqilg’i sifatida toshko’mir qo’llangandan keyin esa 26000 kkal ni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal dan oshib ketdi.
Hozirga qadar insoniyat energiyaning asosiy qismini mineral yoqilg’ilardan, ya’ni neft, ko’mir va gazdan oladi. 1960 yil bu yoqilg’ilar hissasiga dunyoda ishlab chiqariladigan energiyaning 81-82% i to’g’ri kelgan. Keyingi yillarda gidroenergiya, atom energiyasi, vodorod energiyasi kabi manbalardan keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |