Shoh; Bu murojaatnoma juda ta’sirli bo‘libdiku, Ajab emas insonlar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ona sayyoramizga salbiy ta’sirlarini to‘xtatsalar.
Hamma: yaxshi bo‘lar edi.
Shoh; Obbo, kayfiyatni ham tushirib yubordingiz. Keling bitta musiqa chaling bir oz dam olaylik.
8
Hamma: xo‘p bo‘ladi ( sahnada sho‘x musiqa yangraydi).
Boshlovchi: E`tiboringiz uchun katta rahmat!!! Demak so`z yana sayyohlarga…
1-sayyoh; Qo`lda kompas bo`lmasa
Holimiz bo`lsa yomon.
Qanday topilar cho`lda
Adashganda ufq tomon.
2- git; Janub tomoni enli
Shimoli ensiz kunda
Kesik daraxt xalqasi
Bakor keladi shunda.
2-sayyoh; Kezib yurib qumlikda
Charchab oyoqlar tolsa
Vaqtni qanday bilamiz
Soatimiz yo`qolsa.
3-git: Yerga suqib tayoqni
Tik holda o`rnatamiz
Soyasi bo`ylab chizib
Aniq vaqtni topamiz
3-sayyoh; Oyog`ing tegsa agar
Kuydirar qaynoq xumdon
Tumanning aholisi
Foydalanarmi qumdan?
4-git; Shamollab qolsa agar
Bevaqt inson paylari
Shifobaxshdir bu qumlar
Avgust, sentabr oylari.
9
4-sayyoh; Necha-necha asrlar
Aylanib turgan gardish
Bo`lganmidi co`ngi payt
Bu qumlarda o`zgarish.
5-git; Zahmatkash bu xalqimiz
Kirsa arzir dostonga
O`zlashtirib cho`llarni
Aylantirdi bo`stonga
Qaqrab yotgan yerlardan
Tozalandi butog`lar
Egalladi ko`p qismin
Ekinzor, bog`u rog`lar
5-sayyoh; Ko`ngil joyiga tushmas
Tarix bag`rin tilmasak
Gunoh bo`lar qumliklar
Yaralishin bilmasak?
6-git; Bu qumlarning tarixda
Paydo bo`lish mavridi
Neogenning oxiri
Antropogen davridir.
6-sayyoh; So`rash joiz, avvalo
Har bir ishning qoidasi
Bu qumlarning hayotga
Bormi yana foydasi?
7-git; Sanoatda olinar
Shisha idish, oynalar.
10
Qurilishda u bilan
Ta`mirlanar xonalar.
7-sayyoh; Yigirmanchi asrlar
Yetmishinchi yilida
Nima ishlar qilingan
Muhofaza yo`lida
8-git; Yo`qolgan osimlik va
Hayvonlarni saqlash-chun
Nabobot olamining
Hayotni ardoqlash -chun
Ikki yuz gektardan ortiq
Tirik tabiat muzeyi
Tashkillanib tumanda
Rivoj topdi kun sayin
Baribir insonlardan
Tabiatga ziyon yetdi.
Noo`rin munosabatdan
Muzey yo`qolib ketdi.
Boshlovchi; ( Gitlar va sayyohlar o`rtasida)
Mana gitlar va sayyohlar orqali cho`l zonasi haqidagi bilim va tassavurlarimizni boyitdik. Yurtimizda tabiatga bepisand munosabatda bo`lishning oldini olish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilingan.
Jumladan, 1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonun, 1993 yil 7-mayda esa “Aholida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida”gi qonun kuchga kirgan.
11
9-git; Asraymiz o`simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atroflarin o`rab atayin,
Aqo`riqxona deymiz so`ngra otini.
9-sayyoh; Munis mavjudotga mehru shafqat bu,
Bu inson qalbida balqqan hamiyat.
To yashar qaydadir bu yahglig`tuyg`u,
Har nechuk qirilib ketmas tabiat.
Hamma; Vijdonni asrangiz har nedan ortiq
Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.
Boshlovchi;
Mana azizlar bugungi cho`l haqidagi sahna ko`rinishlarimiz, bergan ma`lumotlarimiz agar sizlarga manzur bo`lgan bo`lsa, bugungi chiqishlarimizdan biror narsa ola olgan bolsangiz biz hursandmiz.
Biz dasturimizni yakunlar ekanmiz, siz aziz ustozlarga, yosh avlodni tarbiyalashdek mashaqqatli ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Izoh; Ushbu maqola ekologik mavzuda bo`lib, asosan Namangan viloyati Mingbuloq tumani to`g`risida bo`lib, tuman viloyatning cho`l zonasi hisoblanadi, tumanning cho`llari, tabiati, tuproqlari, hayvonot olami, o`simliklar dunyosi, suvlari va ularga insonlarni ta`siri to`g`risida yozilgan. Maqsadi, albatta o`quvchi yoshlarni tabiatni asrab –avaylashga, sevishga chorlashdir
Foydalanilgan adabiyotlar;
O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI 7-sinf 114-bet Farg`ona tabiiy geografik okrugi.
O`zbekiston milliy ensiklopediyasi “M” harfi 560-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |