Tabiat o`z onamiz- uni doim sevamiz



Download 104,5 Kb.
bet2/5
Sana16.09.2021
Hajmi104,5 Kb.
#175404
1   2   3   4   5
Bog'liq
ssenariy tabiat

Boshlovchi; O, ona sayyora, kurrayi qutlug`,

Yana bir sarhading iforin tuydim.

Havoyi bir xayol sehri emas, yo`q,

Farzand mehri bilan chin dildan syudim.

Assalomu alaykum, bugungi “Tabiat o`z onamiz- uni doim sevamiz” mavzusidagi tadbir qatnashchilari! Barchangizga chuqur ehtirom ila xush kelibsizlar degaymiz.

Yulg`unlar ortidan sayrar bo`g`iq qush

Qayinbarglararo ko`z qisar Zuhro.

Cheksiz kehgliklarda sarkash va sarxush

Yastanib yotibdi qadrdon sahro.

Ushbu dasturimizni hayolan qo`shni Mingbiloq tumani hududiga qarashli Oqqum cho`lidan olib borayapmiz, o`ylaymanki sizlarga olam-olam taassurotlar baxsh etamiz, degan umiddamiz. Tadbirdan maqsad; hazariy bilimlarni ijodkorona

2
ifodalash. Oliy maqsad esa bu tushunchalarning amaliy ravishda bilim, ko`nikma va malakasini hosil qilishdir. Bu maqsadni amalga oshirishda bizlarga 48-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining “Yosh sayyoh” to`garagi a`zolari yordam beradilar. Marhamat, ularni musiqa va qarsaklar ostida sahnaga chorlab qolamiz.

( O`zaro gaplashib gitlar va sayyohlar chiqib kelishadi. Atrofni tomosha qilishadi).

1-Git; Poyonsiz makonlarga

Xush kelibsiz, do`st, o`rtoq.

Bag`r ochib mehmonlarga

Qarshilaydi Mingbuloq.

1-sayyoh; Yosh qo`shdingiz yoshlarga

Hurmat uchun tashakkur

Bu tuman yurtdoshlarga

Nimasi bilan mashhur?

2-Git; Bilmadik ne sir ekan

Buralganmi qulog`I ?!

Og`zida neft qaynatdi

Namangan Mingbulog`i

2-sayyoh; Borliq yaratdi bizni

U hammaga onadir

Qiziqdik-da Mingbuloq

Bu qandayin zonadir?

3-Git; Markazimiz Jomashuy

Chor atrofi imorat

Hududning eng ko`p qismi

Cho`l, qumlikdan iborat.

3
3-sayyoh; Sirdaryo yaqin ekan

Tegrasida qir-adir,

Ammo- lekin bilmadik,

Cho`l degani nimadir?

4-Git; Cho`l – bu quyoshi issiq

Tikka tushar nurlari

Giyoh unmas tap-taqir

Qurg`oqchilik yerlari.

4-sayyoh; Gavjum yerlar yahshi-da

Zavq bilan o`tar kuning

Qiziqtirdi yanada

Re`lefi qanday uning?

5-Git; Shamol qumni uchirib

Do`hgliklar hosil etgan

Barxan deyilar ular

Atrofni bosib ketgan

5-Sayyoh; Qurg`oqchilik yerlarda

Bormi biror o`simlik?

Ushbu issiq havoda

O`zin tutolarmi tik?

6-Git; Saksavul, yulg`un,juzg`un

Yantoq, suvoq, oqtikan

O`sadi bu yerlarda

Shu iqlimga moslashgan.

4
6- sayyoh: Cho`lning bahori qanday?

Bahri diling ocharmi?

G`unchalar bo`y taratib

Muattar hid socharmi?

7-Git; Bahor gullari go`zal

Quyoshga bo`y cho`zadi.

Lola qizg`aldoq, lola,

Boychechaklar o`sadi.

7-sayyoh; Qumliklarga qarasang

O`ylab cho`chiydi yurak.

Uning ichida ulkan

Hayvonlar bo`lsa kerak?

8-Git; Biroz qo`rqitar albat

Qum mushugi vahshati

Tulki, chiyabo`rilar,

Echkemar eng dahshati.

8-sayyoh; Anov ko`ringan nima

Va yoki tubsiz g`ormi?

Shu kabi hayvonlarning

Kichiklari ham bormi?

9-Git; Yovvoyi quyon, ilon

Yumronqoziqni desak.

Uchraydi tipratikan

Toshbaqa, kaltakesak.

9-sayoh; Cho`l ichiga tobora

Kirar aqlu hushlar ham


5
Bu makonni oshiyon

Etishganmi qushlar ham

10-Git; Qirg`iy, Burgut, qoraqush

Shu makonning posboni.

So`fito`rg`ay, ilonxo`r

Chumchuqlaning oshiyoni.

10-sayyoh; Cho`lning obu havosi

Iqlimi qanday issiq?

Qandoq o`tar bu yerda

Yilning har bitta fasli?

1-git; Qishida qor yog`adi

Yomg`iri yo`q yozida

Mo`tadil bo`lar iqlim

Bahoriyu kuzida.


Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish