O’zlashtirish
(o’qitish) natijalari - “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”,“Ilk qadam” “Ilmyo’li” davlat dasturida bеrilgan talablar asosida bolalarni tabiat bilan tanishtiradi va ekologiya haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi; - rivojlantirish markazlarida bolalar ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini rejalashtiradi va tashkil eta oladi; - o’yinlar, sayr va ekskursiya, mehnat mashg’ulotlari orqali tabiat, atrof muhitga muhabbat uyg’otadi; - ekologik ta'lim berishda zamonaviy ta'lim tеxnologiyalarni qo’llaydi; - kasbiy ko’nikmalarni egallaydi va pedagogik amaliyotda qo’llay oladi;
Bilimlar - “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” va “Ilm yo’li” Davlat o’quv dasturida berilgan vazifalar asosida bolalarni tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarni shakllantirishni; - maktabgacha yoshda ekologik ta’lim berishning maqsadi, vazifalarini; - Yer shari, quruqlik, dengizlar, tog`lar va daryolar haqida geografik ma’lumotlarni berishni; -O`zbekiston Respublikasining ramzlari va xaritasi bilan tanishtirish, - bolalarda ekologik madaniyatni shakllanti-rishni; - turli yosh guruhlarda ekologik ta’lim berishni; -bolalarni jonli va jonsiz tabiat haqidagi tasavvurlarini shakllantirishni; - bolalarni o’simliklar, hayvonot dunyosi, xasharotlar bilan tanishtirish va ularga munosabatni; -hayvonlarni, qushlarni va akvariumdagi baliqlarni to’g’ri boqish va ovqatlantirish uchun qulay sharoit yaratish; - bolalarni yil fasllari bilan tanishtirishni; -bolalarga sabzavot haqida bilim berish; -bolalarni ona-yurt bilan tanishtirishni; - “Ilm-fan va tabiat” markazida va yer maydonchasidagi ishlarni to’g`ri tashkil etishni; - turli yosh guruhlarda rivojlanish markazlarida ishni tashkil etish va rejalashtirishni.
Ko’nikmalar - ekologik ta’lim berish mazmuni; - Yer shari, quruqlik, dengizlar, tog’lar va daryolar haqida geografik ma’lumotlar haqida bilimlar berish; -bolalarni O’zbekiston Respublikasining ramzlari va xaritasi bilan tanishtirish; - bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - bolalarni jonli va jonsiz tabiat haqidagi bilimlarni bera olish; - bolalarga o’simliklar, sabzovotlar, hayvonlar qushlar va hashoratlar haqidagi bilimlarni bera olish; - bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish haqidagi bilimlarni bera olish; - “Ilm-fan va tabiat” markazida guruhlar bo’yicha tadqiqotlar, tajribalar o’tkaza olish;
- mashg`ulotlar, sayrlar, o’yinlar hamda ekskursiyalarni to’g`ri tashkil etish; -bolalarni ona-yurt bilan tanishtirish; - har bir yosh guruh bo’yicha ta’limiy tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etish va bolalar faoliyatini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |