Mavzu: Analog o’yinchoqlar bilan o’yinlarni o’rganish.
Reja:
Analog o’yinchoqlar- bu o’quv o’yinchoqlar.
tirik mavjudotlarning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida aniq goyalarni bir qator muhim xususiyatlar asosida shakllantirish.
Jonli va jonsiz narsalar bilan tubdan farq qiladigan faoliyat turdarini ko’rsatish.
O’yin, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun , shak shubxasiz, yetakchi faoliyat bo’lib hisoblanadi. Avvalgi vaqtlarda ham o’yin haqida buyuk pedagoglardan K.D.Ushinskiy o’z fikrlarini bildirgan. Ya’ni o’yin yengil, oson o’zlashtiruvchi va bolalarda eslab qolish qobiliyatlarini o’sib borilishini takidlab o’tgan.
Tabiat haqidagi bilimlarini o’yinlar orqali o’stirilishi, bolalarda hech qanday o’simliklar va hayvonlar haqida noto’g’ri tushunchaga borilishiga tasir qilmaydi.
O’yin orqali bolalarda atrofidagi insonlarga to’g’ri munosabatda bo’lishni va ijobiy holatda javob berishni o’rgatadi.
O’yin uchun mavzuni tevarak atrofdagi real voqealar asosida tashkil etiladi. Tashkil etilgan jarayonlar tanlangan mavzu asosida o’yinlarda aks ettiriladi. Ba’zi hollarda ekologik tarbiyada syujetli-rolli o’yinlarni nazariy qoidalariga tayangan holda tashkil etishlari mumkin.
Ekologik mashg’lotlarni tashkil etishda syujetli-rolli o’yinlar, bolalarda mustaqil o’yin faoliyatini tashkil etishni ham to’xtatib qo’ymaydi. Aksincha bolalarda mustaqil o’yin faoliyati orqali bilimlari oshib boradi.
Dastur bo’yicha tashkil etiladigan o’yinlar bolalarda kattalarning mehnatiga bo’lgan hurmatni ham tarbiyalaydi va ularni tashkil etgan o’yinlarida aks ettirishlari mumkin.Natijada bolalarda kelasi safargi o’yinlarni ham tashkil etishlariga imkon yarata oladigan bo’ladilar. Tarbiyachi qanchalik ko’p mashg’lotlarda o’yinlardan foydalansa, shunchalik ko’p mash’gulotlar chiroyli, samarali va bolalarning esida qoladigan bo’ladi.
O’yinlar turiga va mazmuniga qarab turlicha bo’ladi. Ularning orasida syujetli va syujetsizlari mavjut bo’lib, qoida va xarakatiga qarab farqlanadi. Syujetli o’yinlarda bolalar rollarga bo’linadilar. Syujetli va rolli bo’linishla, syujetli-rolli o’yinlarni hamda didaktik o’yinlarni keltirib chiqaradi.
Ekologik tarbiyani tashkil etishda syujetli-rolli o’yinlar bolalarda o’simliklarga, hayvonlarga, tabiatga, tabiiy materiallarga, tabiatning bir bo’lagi bo’lgan insonga, ya’ni o’ziga nisbatan ham to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi. O’yinnitashkiletuvchijarayonlar 3 taturgabo’libtashkiletiladi:
Analog o’yinchoqlarni jalb etish;
Qo’g’irchoqlar, badiiy asar qahramonlari;
“Sayohat”gataalluqlisyujetlar.
Birinchi turga taalluqli analog o’yinchoqlardan foydalanish, ular tabiatning har hil ob’yektlarini tasvirlab beradi.
Albatta o’simliklarga taalluqli bo’lgan o’yinchoqlar kam, lekin hayvonlarga taalluqli bo’lgan o’yinchoqlar juda ko’pdir. O’yinchoqlarga qo’yilgan talablar quyidagilardir:
-O’yinchoqlar qaysi ishlab chiqarilgan mahsulotidan qat’iy nazar asl ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Bunda bolalar ko’rgan zahotiyoq taniy olishi, farqlay olishi hamda eslab qolishi kerak bo’ladi. Analog o’yinchoqlaridan foydalanishdan asosiy maqsad jonli ob’yektlarni jonsiz analoglardan farqlashdan iboratdir.
Analog o’yinchoqlarni bir vaqtning o’zida tirik ob’yektlar bilan birgalikda qo’llash mumkin bo’ladi.Masalan: Bolalar akvariumdan baliqni ololmaydilar, lekin huddi shunday analog o’yinchog’idan foydalanib baliqchani o’ynashlari mumkin bo’ladi. Bolalarni diqqatini jonivorlarning jonini og’rishiga va ozuqalarga muhtojliklariga diqqatlarini qaratamiz. Jonining og’rig’idan va och qolishlaridan aziyat chekishlarini tushuntirib boriladi. Jonivorlar havotir bilan begana insonni kutib oladilar. Chumchuqlar chetga uchib o’tadilar, kuchuk qochib yugurib ketadi, o’yinchoq esa qanday turgan bo’lsa, shunday joyida qotib turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |