Tashkilotchilik qobiliyati – 1) ta’lim muassasasi jamoasini uyushtira bilish, ahillik, birdamlik va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini jipslashtira olish qobiliyati; 2) o’zining shaxsiy faoliyatini to’g’ri tashkillashtira olish qobiliyati.
Ta’lim – o’quvchi va talabalarga bilim berish, ularni tarbiyalash, rivojlantirish ko’nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
O’zgaruvchanlik – ta’lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o’quv materiallari va darsliklarni modernizasiya qilishni ta’minlash jarayoni.
O’zlashtirish – o’quv dasturiga muvofiq ta’lim mazmunining o’zlashtirilganlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |