Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga oʻrganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta oʻzlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Nazorat ishi taqdimot koʻrinishida boʻlsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varagʻi, mavzu, reja va slaydlardan iborat boʻlishi kerak.
Nazorat ishning yana bir shakli “Ilmiy loyiha”dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot oʻtkazishini dastlabki shakli sifatida koʻrish mumkin.
Ilmiy loyiha (lotincha refero-axborot beryapman) — biror ilmiy asar, oʻqilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni, oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini oʻz ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, budjet ijrosi ma’lumotlari va boshqa materiallarni toʻplash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, oʻrganilayotgan hodisalarga tanqidiy koʻz bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bogʻlashni oʻrganadi. Nazorat ish bajarishda talaba oʻrganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu boʻyicha amaliy ma’lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar koʻrinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qoʻyilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan toʻldirilganda dars samarasi yanada yuqori boʻladi.
Talabalar shuningdek, ayrim mavzular yuzasidan keys stadilar tayyorlashlari talab etilgan. Keys-stadida (inglizcha case – vaziyat, holat, study -oʻrganish) bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yoʻnaltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan oʻqitish usulidir. Keys-stadi-oʻqitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qoʻyilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va Keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan oʻquv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat boʻlgan oʻqitish texnologiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |