Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning



Download 92,65 Kb.
bet3/8
Sana16.03.2022
Hajmi92,65 Kb.
#494113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Talabalar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirishda

Oʻqishini koʻchirishni istaydigan talabalardan joriy yilda 15-iyuldan 5-avgustga qadar, qayerdan oʻqishni koʻchirayotganiga qarab 2 ta sayt orqali arizalar qabul qilinmoqda. Bular:
Oʻzbekistondagi bir davlat OTMidan boshqa davlat OTMiga yoki bir OTM ichida – transfer.edu.uz sayti orqali (Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi);
xorijiy davlatlardan yoki Oʻzbekistondagi nodavlat OTMlardan – transfer.dtm.uz sayti orqali (Davlat test markazi).
Quyidagi hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtiladi:
– ariza (online toʻldiriladi)
– reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma yoxud transkript nusxasi (bittasi boʻlsa kifoya);
– pasport nusxasi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 22-IYUN 2021-YILDAGI PQ-5157 SONLI QARORINING 7 BANDI
2021-yil 15-iyuldan boshlab talabalar oʻqishini koʻchirishning quyidagi tartibi joriy qilinsin, unga muvofiq:
a) talabalar oʻqishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta oʻrindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishda:
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy yil 25-iyulga qadar, keyinchalik har yili 15-iyulga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
b) talabalar oʻqishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi;
v) talabalar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirishda:
oʻqishni mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga uzrli sabablar mavjud boʻlganda ruxsat etiladi. Bunda, oʻqishni koʻchirish soʻralayotgan hududda mos va turdosh taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda, oʻqishni mazkur hududdagi oliy taʼlim muassasasining boshqa taʼlim yoʻnalishiga koʻchirishga ruxsat etiladi;
talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtishi, turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga oʻzgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududga koʻchib oʻtishi uzrli sabablar etib tan olinadi;
talabalarning oʻqishini uzrli sabablar mavjud boʻlmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi (mazkur kichik bandning ikkinchi xat boshisida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);
g) talabalar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi;
d) sport musobaqalari gʻolibi sifatida imtiyoz bilan oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan hamda kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi taʼlim shaklidagi mos va turdosh taʼlim yoʻnalishiga (sirtqi taʼlim shakli mavjud boʻlgan taqdirda) davlat granti asosida koʻchirishga ruxsat beriladi.

Download 92,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish