Berlin konprewi Kongress 1878-yilning 13-iyunida ochildi. Kon- gressda „Berlin traktati“ deb nomlangan hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasi- da qo‘lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. Chunonchi, Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi, Kipr oroli Buyuk Britaniyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi. Bolgariya ikkiga bo‘lib yuborildi. Ayni paytda, Usmonli davlati to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavka^ning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi. Chemogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi. ’ TTRossiya savdo-aal Uzoq Snarq siyosati . £1 , . УТ. nmg qo Iga kintil oat choiralari Uzoq Sharq- isflfdan manfaatdor edilar. Shuning uchun ham Amurbo‘yi va PriiHorye o‘lkasini bosib oldi. Shu sababli Rossiya Yaponiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga intildi. AQSH, Buyuk I^jitaniya va Fransiyaning Yaponiyaga qar- shi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmadi. 1875-yilda Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga bo‘lgan da’vosidan voz kechish sharti bilan Kuril orollarining shimoliy qismini Yaponiyaga berilishi to‘g‘risida shartnomWuzishga muvaffaq bo‘ldi. O‘rta Osiyo masalasida zokaralar boshlandi va u 70-yillarda Rossiya hukumati bilan Britaniya hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyoda- gi ta’sir doiralarini aniqlash uchun mu- 1873-yilda bitim tuzish bilan yakunlandi. Unga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari, deb tan oldi. Buyuk Britaniya esa Xivaga da’vo qilmaydigan bo‘ldi. Biroq Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi yangi bosqinchilik harakatlari- ni boshladi. Afg‘on xalqi bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga Afg‘onistonning Rossiya ta’sirida bo‘lgan siyosiy arbo- bi Abdurahmon boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar tez orada inglizlar ustidan g‘alaba qozondilar. O‘zining strategik maqsadiga erishgan Rossiya hozirgi Turkma- niston hududlarini bosib olishga kirishdi. Ayni paytda, turkman qa- bilalari o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar, ulaming yagona kuch sifatida birlasha olmaganliklari ham Rossiyaga juda qo‘l keldi. Natijada, 1885-yilda Kushka shahri egallandi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida Afg‘onistonning taqdiri va uning chegarasini belgilash masalasi hal etildi. 1891-yilda Rossiya bosib olgan O‘rta Osiyo hududi va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara- ning Pomirdan o‘tishi haqida shartnoma imzolandi. Rossiya-Yaponiya urushi Rossiya-Yaponiya munosabatlari Xitoy va uning Manjuriya provinsiyasi tufayli tobo- ra keskinlashdi. Ikki davlat o‘rtasida urush kelib chiqishi muqarrarligini yaxshi anglagan Yaponiya endi buyuk davlatlar bilan yaqinlashish yo‘llarini izlay boshladi. Va nihoyat, 1902-yilda Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolandi. Ular har qanday sharoitda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. AQSH Yaponiyani Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanishga rag‘batlantira boshladi. Harbiy jihatdan urushga tayyor bo‘lgan Yaponiya floti 1904-yilda urush e’lon qilmay turib, Port-Arturdagi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum qildi va unga katta talafot yetkazdi (155-betdagi ilovaga qarang). Rossiya harbiy-iqtjsodiy jihatdan urushga tayyor emas edi. Bu- ning oqibatida ham dengizda, ham quruqlikda mag‘lubiyatga uchradi. Nihoyat, Port-Artur ta^limHjo‘ldi. 1905-yilda Susima yonida rus floti yakson qilindi. Shu tariqa deyarh butun Tinch okeani floti halokatga ““ . . ~ „ Shunday sharoitda Rossiyanmg Yaponiya bilan tinchhk shartno- masini imzolashdan hoshqa iloji qolmadi AQSH vositachihgida 1905-yilnmg 23-avgustida shunday shart- noma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi. Yaponiya Port-Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldi. Saxalin orolining janubiy qismi Yaponiyaga berildi.