8. Biznes bo’yicha suhbat o’tkazish etikasi
8.1. Suhbatga kelish va yaxshi taassurot qoldirish
Biznesmenlar o’z faoliyati davrida hamkasblari, biznes mahsuloti
yoki xizmati iste’molchilari, o’z qo’lostidagilar va rahbarlar bilan
muloqotga tushishga majburdirlar. Muloqotlar reja asosida va to’satdan
tashkil qilinishi hamda stol atrofida suhbat yoki majlis shaklida olib
borilishi mumkin.
Amalda biznes korxona xodimlarining rahbar bilan uchrashuvi majlis
shaklida o’tkaziladi qolgan barcha uchrashuvlar suhbat shaklida tashkil
qilinadi.
Suhbat ikki tomon o’rtasida bo’ladigan muloqot bo’lib, unda har
tomondan bir yoki bir necha kishi qatnashishi mumkin. Suhbat davrida
bir–birlariga nisbatan yuzma–yuz o’tirishadi. Suhbatning muvaffaqiyatli
o’tishi birinchi navbatda ikki tomon ishtirokchilarining ham amaldagi
etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishlariga hamda suhbatdoshlarning suhbat
mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Ushbu bobda bo’lajak biznesmenlar diqqati suhbatni tashkil qilish va
olib borish uslublariga emas, balki suhbatlar davrida rioya qilinishi kerak
bo’lgan amaldagi etiket qoidalariga e’tibor beriladi. Shu boisdan ham bob
materiallarini yaxshi o’zlashtirish uchun har bir kishi (talaba, kitobxon)
o’zini suhbatni tashkil qiluvchilar, va suhbat ishtirokchilari o’rnida his
etishi kerak.
Xalq ichida “o’z vaqtida bo’lishlik” yoki “so’zining ustidan
chiqishlik” – “qirollar xushmuomalaligi va monopoliya huquqi” degan
eskidan qolgan gap bor. Bu eng qadimiy iboralardan bo’lib, uning kelib
chiqishi chet ellik mehmon va elchilarni kutib olish qoidalarining kelib
chiqishi bilan bog’liq. Qirollar o’zlarining tarbiyasi va xushmuomalaligi
bilan ajralib turishi va mehmonlarni qat’iy belgilangan vaqtda kutib olishi
kerak bo’lgan, chunki belgilangan vaqtdan salgina kechikish ham
diplomatik missiyaga va uni yuborgan mamlakatga hurmatsizlik deb
hisoblangan. Shu boisdan ham qirollar tomonidan chet ellik mehmon va
elchilarni qabul qilish bo’yicha qator qoidalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular
ichida eng asosiylari chet ellik mehmon va elchilarni kechikmasdan, qat’iy
belgilangan vaqtda, qabul qilish va qabulni xushmuomalalik bilan olib
borish hisoblangan.
Yuqorida keltirilgan ibora bugungi kunda ham ba’zi bir xizmat
sohalari (diplomatiya, vazirlik xodimlari faoliyati, biznes sohasi) uchun
o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, aksincha biznes faoliyati bilan
58
shug’ullanadigan shaxslarga nisbatan vaqtning o’tishi bilan uning
ahamiyati yanada oshib boradi.
O’z vaqtida bo’lishlik yoki o’z so’zining ustidan chiqishlik
biznesmenlarga nisbatan uchrashuvlarga shu jumladan suhbat va
yig’ilishlarga kechikmasdan o’z vaqtida nafis tashqi ko’rinishda kelishni,
bergan vadalarini belgilangan vaqtda to’la bajarishni hamda kim bilan
qayerda va qanday vaziyatlarda munosabatga tushishidan qat’iy nazar
xushmuomalalik bilan muloqot qilish kerakligini bildiradi. Uning sababi
shundan iboratki, agar siz suhbat va uchrashuvlarga kechikib kelsangiz,
ko’tayotganlar sizga hyech qanday tanbeh berishmasada, bergan
vadangizning ustidan o’z vaqtida chiqmasangiz yoki suhbatdoshlar bilan
qo’polroq gapiradigan bo’lsangiz, siz to’g’ringizda, o’z so’zining ustidan
chiqmaydigan, ishonchsiz va boshqalarni hurmat qilmaydigan biznesmen
to’g’risida fikr shakllanadi.
O’tkazish vaqti avvaldan aniq bo’lgan suhbat va uchrashuvlarga
amaldagi etiket qoidalariga ko’ra kechikmasdan 4 – 5 min oldin kelish
kerak bo’ladi. Kelganda ham uchrashuv yoki suhbatgacha o’zining tashqi
qiyofasini yana bir marta qayta nazardan o’tkazishlari shart. Agar lozim
bo’lsa, galstuklarini to’g’rilash, maxsus joyda sochlarini tarash, kostyum
tushmalarini o’tkazish kerak bo’ladi.
Uchrashuv yoki suhbat xonasiga dadil qadamlar tashlab kirish,
yuzida tabassum bilan salomlashish va qo’lini qattiq siqib ko’rishish
tavsiya qilinadi, chunki bunday hatti–harakatlar odamning o’ziga
ishonchliligidan va suhbatning yoki uchrashuvning ijobiy o’tishidan darak
beradi. Bu esa biznesmenlar, ayniqsa yosh biznesmenlar uchun, yoki
birinchi yoki bo’lajak hamkorlar bilan uchrashishda juda ham katta
ahamiyatga ega. Buning sababi shundaki, bo’lajak hamkor yoki
suhbatdosh to’g’risida birinchi fikr kirib kelishda kiyimiga va kiyinishiga,
qadam tashlashiga, sochlarining sarishtaligiga va yuzidagi tabassumiga
qarab birinchi 15 sekund davomida shakllanadi. Shu sababli ham
madaniyatli va o’zini faqat ijobiy tomondan ko’rsatmoqchi bo’lgan
biznesmen qayerda, kim bilan qaysi vaziyatda uchrashishlaridan qat’iy
nazar, yuqorida ko’rsatilgan amaldagi xalqaro etiket qoidalariga qat’iy
rioya qilishlari lozim. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra bironta sabablar
bo’yicha uchrashuv yoki suhbatga kechikib kelish yoki umuman
kelaolmaslik zaruriyati tug’ilganda, albatta, ularning tashkilotchilarini
habardor qilish kerak. Bundan tashqari qancha vaqtga kechikishini ham
aytish lozim. Kechikib kelganda ham o’tirganlardan kechirim so’rab,
kechikish sababini tushuntirish lozim.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |