T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
tashqi ko’rinish; ko’rinish elementlari; qiyofa; kiyim va kiyinish. 
 
 
Nazorat savollari: 
 
1.  Tashqi ko’rinish deganda nimani tushunasiz? 
2.  Tashqi ko’rinish qanday elementlardan tashkil topadi? 
3.  Tashqi qiyofa deganda nimani tushunasiz? 
4.  Biznesmen to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishda tashqi qiyofaning, 
kiyim va kiyinishning qanday ahamiyati bor? 
 
4.2. Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo’yiladigan talablar 
 
 
Agar  avvallari  biznes  bilan  yurtimizda  faqat  erkak  kishilar 
shug’ullanib  kelishgan  bo’lsa,  bugungi  kunga  kelib,  biznes  bilan 
shug’ullanadigan  kishilarning  sosial  holati  keskin  o’zgarmoqda:  ularning 
soni ayol biznesmenlar hisobidan ortib bormoqda. Shu boisdan ham ushbu 
bobda nafaqat erkaklarning, ayol biznesmenlarning ham tashqi qiyofalari, 
ish kiyimlarga va kiyinishiga qo’yiladigan talablar ko’rib chiqiladi. 
 
Biznesmenlar uchun soch o’zining tabiatdan belgilangan funksiyasini 
bajarishdan tashqari ular tashqi qiyofasining bezagi sifatida ham qaraladi, 
chunki parvarish qilingan soch biznesmenning ijobiy imijini shakllantirish 
uchun xizmat qiladi. 
 
Erkak  biznesmenlarning  sochlari  kalta,  mo’ylovi  esa  qirtishlab 
olingan  bo’lishi  lozim.  Sharqona  etiket  qoidalariga  ko’ra  soqol  va 
mo’ylovlar  qo’yilgan  holda  ham  biznes  bilan  shug’ullanish  mumkin. 
Bunday  hollarda  soqol–  mo’ylovlar  kalta  olingan  va  ularni  biznesmen 
yuziga yarashadigan ma’lum bir shakl berilgan bo’lishi lozim. 
 
Soch  va  soqol–mo’ylovlar  doimo  parvarish  qilinib  borilishi  kerak: 
muntazam ravishda boshni yuvish, soch, soqol va mo’ylovlarni kalta kesib, 
shaklini  tekislab  borish  lozim;  bundan  tashqari  soqol  –  mo’ylovlarni 
olishda hidi uncha baland bo’lmagan loson va odekalonlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 


 
 
22 
 
Yuqorida  ko’rsatilganlardan  tashqari,  biznesmenning  qaysi  jinsga 
mansubligidan  qat’iy  nazar,  tirnoqlarini  doimo  nazorat  qilib  borishlari, 
tirnoq  tagida  kirning  to’planib  qolishiga  aslo  yo’l  qo’ymasliklari  lozim. 
Yevropacha  biznes–etiket  qoidalariga  ko’ra  erkaklar  ham  o’z  tirnoqlarini 
manikyur qilishlari mumkin, lekin sharqona etiket qoidalari tirnoqni doimo 
qisqa qilib olib yurishni va bo’yamaslikni tavsiya qiladi. 
 
Ayol  biznesmenlar  uchun  soch  –  bu  hammasi.  Bu  ayol  kishilarning 
husniga husn qo’shishdan tashqari, yuz tuzilishidagi kamchimliklarni ham 
bildirmaydi. Shu sababli ham basharasiga va qaddi–qomatiga yarashadigan 
pricheska ayol biznesmenlarning kasbiy imiji uchun xizmat qiladi. 
 
Yevropacha  biznes–etiket  qoidalariga  ko’ra  ayol  biznesmenlarning 
sochlari  yelkasigacha  tushgan  yoki  undan  kaltaroq  qilib  ham  kesilgan 
hamda uzun ham bo’lishi mumkin. Sochni kesmaslik sharqona qoidalarga 
ham  to’g’ri  keladi.  Ayollar  sochining  parvarishiga  qo’yiladigan  asosiy 
talablarda  biri  uni  muntazam  ravishda  yuvib  turish  va  jilva  berish 
hisoblanadi.  Ayol  biznesmen  sochi  doimo  tovlanib  turishi  lozim.  Albatta, 
sochning  natural  rangini  saqlashga  harakat  qilish  kerak.  Agar  sochni 
boshqa  ranga  bo’yash  zarur  bo’lsa,  rang  faqat  husnga  husn  qo’shadigan 
bo’lishi shart. Bunda ham soch butkul bir xil rangga bo’yalishi kerak. Har 
xil  ranglarga  bo’yalgan  soch  sohibiga  jiddiy  biznesmen  sifatida 
qarashmaydi. 
 
Ayol  biznesmenlar  har  kuni  tirnoqlarini  uncha  yarqiramagan  lak 
bilan  bo’yab  turishlari,  tirnoqlarining  tagini  tozalashlari  va  tirnoqlar 
atrofidagi o’simtalarni olib tashlashlari lozim. 
 
Albatta,  ayol  biznesmenlar  tashqi  qiyofasining  shakllanishida  uning 
qulog’iga  taqiladigan  taqinchoqlarning  ham  ahamiyati  judda  katta. 
Ularning  biznesmen  ayollar  imijiga  ta’siri  ushbu  bobning  kelgusi 
bandlarida ko’rib chiqiladi. 
 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish