10. Biznes korxonalarida yig’ilishlarni o’tkazish va amaliy
tanqid
10.1. Yig’ilishlarni o’tkazish qoidalari
Biznes korxonalari jamoalari uchun muhim bo’lgan masalalar
xodimlar yig’ilishlarida ko’rib chiqiladi. Majlis kun tartibiga qo’yilgan
masalalarning yechilish darajasi va yechimining samaradorligi majlisni
tashkil qilishga va o’tkazishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham
majlislar biznes va boshqa korxonalarning eng muhim tadbirlaridan biri
hisoblanadi.
Yuqori darajada tashkil qilingan va o’tkazilgan majlislar ular
qatnashchilarining
kun
tartibiga
qiziqishini
oshiradi,
kayfiyatini
yaxshilaydi, ularda muhim bir masalani yechishda qatnashganligi
to’g’risida ko’tarinki ruh hosil qiladi va kelajakda yaxshi ishlash uchun
ham xohish paydo bo’ladi.
72
Rejalashtirilayotgan majlislarning samarali o’tishini ta’minlash
uchun rejalashtirish va tashkiliy masalalar bilan bog’liq qo’yidagi
qoidalarga rioya qilinishi lozim:
- kun tartibi ko’rsatilgan taklifnoma majlis boshlanishidan bir necha
kun oldin uning ishtirokchilariga tarqatilib chiqilishi lozim, ushbu muddat
qatnashadigan kishilarning tayyorlanishiga va fikrlarini jamlashga imkon
beradi. Taklifnoma matnini yozishda ham har bir kishiga individual
yondashish lozim, ya’ni taklifnomada shu kishining majlisda aynan
ishtirok etishi kerakligi ko’rsatilishi kerak. masalan, “Hurmatli Zokir
Mamarasulovich, siz uzoq yillar davomida xizmat ko’rsatish sohasida
faoliyat qilib kelmoqdasiz. Shu sababli ham majlis kun tartibiga qo’yilgan
masalalar bo’yicha katta tajribaga egasiz. Agar o’z tajribangizni bizlar
bilan baham ko’rsangiz juda ham xursand bo’lgan bo’lar edik. Sizning
majlisda qatnashishingizni iltimos qilamiz!;
- majlisning o’tishi va ishtirokchilarning kayfiyati majlis xonasining
toza va shinam bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Xonaning tayyorligini nazorat
qilish, agar xona tayyor bo’lmasa, uni tayyorlash hamda kun tartibini
stollar ustiga qo’yib chiqishga ulgurish uchun majlisni tashkil qiluvchi
shaxs uning boshlanishidan oldinroq kelishi lozim;
- majlisga necha kishi kelganidan qat’iy nazar uni kun tartibida
ko’rsatilgan soatda aniq boshlashi kerak, chunki tadbirlarga kechikib
kelish
yoki
kechikib
boshlash
majlisga
kelganlarga
nisbatan
behurmatsizlik hisoblanadi;
- majlisni olib boruvchi shaxs dokladchilarga so’z berishdan oldin
ishtirokchilarga nima maqsadda yig’ilganligini yana bir bor eslatib o’tishi
va barchalaridan faol ishtirok etishini iltimos qilishi maqsadga muvofiq
bo’ladi;
- majlisni boshqarib boruvchi shaxs uni nazorat qilib borishi, agar
kimdir kun tartibida qo’yilgan masaladan chetga chiqganda ham odob
saqlab uning o’z fikrini tamom qilishiga imkon berishi kerak;
- majlisning oxirida uni olib boruvchi shaxs qisqacha xulosa qilishi
lozim. Xulosada qaysi ishtirokchilarning faol qatnashganligi, kun
tartibining hal qilinganlik darajasi to’g’risida ta’kidlab o’tishi va majlisni
uning qatnashchilarini zeriktirib ulgirmaydigan qisqa vaqt ichida tamom
qilishi shart.
Odamlar vaqtining qadr-qiymatiga yetadigan va qatnashchilarga
hurmat–ehtirom bilan qaraydigan majlislarga xodimlar jon–dillari bilan
qatnashishga harakat qilishadi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |