Kartalarning razgrafkasi (boʻlinishi) – bu koʻp varaqli kartalarni
boʻlimlarga boʻlish tizimidir. Tizimda toʻgʻri burchakli va trapetsiyali kabi ikki
xil boʻlinish turi qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchakli razgrafkada kartalar bir xil
oʻlchamli toʻgʻri burchakli yoki kvadrat varaqlarga boʻlinsa, trapetsiyali turda
karta trapetsiyalar shaklida boʻlinadi. Bunda varaqlar chegaralari vazifasini
meridian va parallellar bajaradi.
Rastr grafikasi – kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib,
bunda asosiy elementni piksel (
pixel – “picture element” soʻzining qisqartmasi)
tashkil qiladi.
Pikselni oddiygina kvadrat shaklidagi figura sifatida tushunishimiz
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
15
mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa,
tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi.