1.Tarmoqni trassalash
.
Bunda foydalanuvchi bergan kriteriy (mezon)lar
orqali tarmoqdagi kerakli yoʻl izlab topiladi. Masalan, eng yaqin boʻlgan (tarmoq
ichida) bankomat yoʻlini topish.
2. Tarmoqni marshrutlash.
Bu orqali chiziqli tarmoqlar boʻylab optimal
yoʻlni aniqlash amalga oshiriladi. Bunday mezonlar jumlasiga eng qisqa masofa,
tez eltadigan masofa yoki tarmoqdagi ma’lum bir joydan boshqa bir joygacha
kamxarajatli yoʻlni kiritishimiz mumkin (4.27-rasm).
3. Tarmoqni joylashtirish
. Bu orqali tarmoq ichidagi markaziy joylar yoki
muhim obyektni aniqlash ishlari olib boriladi. Bunday obyektlar jumlasiga oʻt
oʻchirish stansiyasini kiritishimiz mumkin. Tarmoq tahlilida oʻsha stansiyaning
xizmat qilish qamrovi va masofasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, boshqa
stansiyalarni aniqlash orqali qaysi stansiya voqea yuz bergan joyga birinchi boʻlib
yetib borishi ham aniq boʻlib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |