yuzalar yanada aniqroq koʻrinishda va foydalanuvchilarga qiyaligi yuqori boʻlgan
togʻli zonalarni koʻrsatib, xavfning oldini olishimiz mumkin boʻladi (4.29-rasm).
Ushbu rasmda yer yuzasi tahlilidan keyin 3 xil qiyalik qiymatlari koʻrsatilgan.
4.29-rasm. Qiyalik darajasini koʻrsatuvchi rastr
(
Manba: Bxatta 2008) Aspekt bu suratdagi har bir katak qiymatining qoʻshni katakka nisbatan
maksimum oʻzgarishini pastga qarab yoʻnalgan chiziqlar orqali ifodalanishini
koʻrsatadi. Geografiya fanida aspekt bu qiyalikning shimoldan soat mili
yoʻnalishi boʻyicha yoʻnalishini koʻrsatadi. Aspekt tepalik va togʻli hududlarda
joyning relyeflari va undagi xususiyatlarni koʻrsatishda muhim hisoblanadi (4.30-
rasm).