Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
112
3.
Fazoviy ma’lumot orqali. Rastr soʻrovi kursorni monitordagi kerakli katakcha
ustiga olib borilib amalga oshirilishi mumkin.
4.7.
Fazoviy soʻrov
Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrov (
Spatial query
) − bu kartadagi belgilar
bilan izohlash orqali kartadan ma’lumot olish jarayonidir. GAT bunday soʻrov
turlaridan bir qanchasini amalga oshirishi mumkin. Fazoviy ma’lumotlar asosida
soʻrov, oʻz navbatida, uch turga boʻlinadi. Ular quyidagilardir:
1.
Kursor orqali belgilash.
Bu fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrovning eng
oddiy turidir. Masalan, tasvirlangan obyektlarning atributlarini koʻrsatish uchun
grafik kursor yordamida belgilash yetarli boʻladi (bu obyektning ustiga
sichqonchani olib borib, chap tugmani bosish yoki umumiy maydonni belgilash
orqali bajariladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |