Geokodlash bu atribut ma’lumotlar asosida kartadagi obyektlarni
avtomatlashgan holda yaratish jarayonidir. U qoʻllanilish maqsadiga qarab
koordinatali geokodlash, obyektlar boʻyicha geokodlash va manzillar boʻyicha
geokodlash kabi turlarga boʻlinadi.
GAT yordamida turli xil amaliy masalalarni hal qilishda jadval koʻrinishida
berilgan axborot asosida kartada obyektlarni joylashtirish vazifasi qoʻyiladi.
Bunday jadvallarning ba’zilarida nuqtalarning koordinatalari kabi ma’lumotlar
saqlanishi mumkin va ularni kartada tasvirlash masalasi qoʻyiladi. Mana shunday
raqamli karta ostidagi jadvallardagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash jarayoni
geokodlashga yaqqol misol boʻla oladi.