Uyda-ku o'rim haqida hatto og'iz ham ochilgani yo'q, ammo har daqiqada
biron tomorqadan pichan o'rimiga yordam so'rab odam kelib qolishi mumkin. Shu
boisdan Mattis hozir uyda Xegega qaraganda yetakchiroq shaxs edi. O'ziga
ishonchi bo'lmagan odamga esa, yetakchi bo'lish — ham oson, ham qiyin.
Erta sahardan to qora shomgacha o'tloqlarda chalg'ilar shig'illashi eshitilardi.
Mattis endi yetakchilik faqat o'zining haqqi ekanligini, yig'im-terimlar
bevosita
unga aloqadorligini bildirmoqchi bo'lganday ma'nodor qilib yo'talib-yo'talib
qo'yardi. Ha, tez orada uni olib ketgani kelishadi.
Yo'q, hech kim kelmadi.
Yo'q, avvalgiday, bu yer tip-tinch.
Ya'ni Xege, odatdagiday, yashin tezligida to'qigandan to'qir, yangi koftalarni
yoniga taxlab tashlayotgan edi.
Ammo bugun ham hech kim kelmadi. Mattis hamon ish kutayotganini
bildirmoqchi bo'lganday yo'talib qo'yardi. Ertasiga ham uni olib ketgani hech kim
kelmadi.
Umuman olganda, Xege ham, Mattis ham shunday bo'lishini oldindan
bilardilar. Qishloqdagilarning hammasiga Tentak qanday ishlashi ma'lum edi.
Xege
bilan Mattisga ham bu ayon edi, ammo tevarakda chalg'ilar shig'illab
turganda va hamma qora terga botib, pichan quritayotganda, odam beixtiyor, hozir
birov chaqirib qoladi, deb umid qilarkan.
— Ular hozir rosa tez ishlashyapti, — Mattis xuddi o'zini oqIamoqchi bo'lganday
gap tashlab qo'ydi. — Ularning mashinalari bor.
U parvosiz gapirishga uringan bo'lsa ham, baribir hayajonlanayotgani yaqqol
sezildi. Bu ketishda u qanday qilib uy boshlig'i bo'lsin! Uyquga ketish oldidan:
— Loyxo'rak bo'lsa tosh ostida yotibdi, — dēdi. Xege ishini to'xtatib, norozi
ohangda:
— Nima bo'pti? — deb so'radi.
— Ha yo
,
q, hechqisi yo'q, men, har
neki qilsam-da, u tosh ostida yotaveradi.
— Sen qip-qizil mahmadanasan, quruq safsa-tavoz... — dedi cho'rt kesib Xege va
o'z xonasiga qarab ketdi. Lekin xonasiga kirar-kirmas bunday ayovsiz so'zlar
aytgani uchun afsuslandi.
— Men o'ylamasdan qo'rslik qildim, — dedi u. Mattis ajablandi. Xege sira bunday
osonlik bilan so'zidan qaytmasdi. U fursatdan foydalanib:
— Ha, sen ko'p narsalarni tushunmaysan, — dedi Xegega.
Xege e'tiroz bildirmadi.
Bahorda u bunday gaplarni aytishga botinmagan bo'lardi. Balki Xege
ajablangandir, ammo o'zini go'llikka soldi.
Ertalab Mattis yig'im-terimdan bosh ko'tarmay ishlayotgan,
hali shudring
nami ketmagan qishIoq bo'ylab yo'lga tushdi. Yo'q, odamlarga o'jarlik bilan o'zini
ko'rsatib qo'ymoqchi emasdi. Sababini tushuntirish qiyin, uni ko'proq ishning ovozi
o'ziga jalb etayotgandi. Chalg'ilar shig'illardi. O'tlar yiqilar, quritkichlar ustiga
uyulayotgan pichanlar balandlab borar, chollar ham, yoshlar ham mehnat qilardi.
Ko'rinib turipti, ular hammalari kuchli va aqlli edilar. Mattis to'xtadi:
u har doim
biron chiroyli narsani ko'rganda beixtiyor to'xtab qolardi.
Unga yo'lni kesib o'tayotgan bir kishi uchradi, quritkich yasashga kerak bo'ladigan
bir quchoq tayoq olib kelayotgan edi, o'zini chetga olib ulgurmadi.
— Haliyam daydib yuribsanmi? — deb so'radi u. Mattis unga umid bilan qaradi.
— Biz g'aramlayotganimizda sen, balki pichan yig'ishga kelarsan, — dedi u
noiloj.
— Mayli, — Mattis xursand bo'ldi. — Bu qo'limdan keladi, men ilgari ham pichan
yig'ganman.
Kishi nafasini rostlab, nari ketdi.
Uyda Xege, bular bari quruq gap, dedi. Mattisni
ikki haftadan beri qiynab
kelayotgan mas'uliyat hissi xayolidan biroz chekinganday bo'lgandi — ammo bu
gapdan keyin uy boshlig'i bo'lish yana Xegening zimmasida qolganini angladi.
Tun.
Atrofingdagilar hammasi faqat kuchli va aqlli kishilar bo'lsa, nima qilish
kerak? Hayronman. Ammo har qalay. Nima qilish kerak? Odam tinimsiz nimadir
qilishi kerak. Tinimsiz.
Uy
tepasida, havolarda loyxo'rakdan qolgan yo'l cho'zilib turibdi. Qush-ku
o'zi o'ldirildi, u endi katta tosh tagida ko'zlarini yumib yotibdi, ammo havoda yo'l
qoldi.
Endi nima qilish kerak?
Xegening ahvoli yomon, bunga nima chora ko'rish kerak?
Hayronman.
Deraza ortida esa shamol guvullayotir, aslida, ehtimolki, shamol yo'qdir.
Do'stlaringiz bilan baham: