Mehnatga bo’lgan taklif egri chizig’i.
Ko’rinib turibdiki, daromadning o’sishi dam olishga bo’lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o’z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o’rnatiladi. Ko’p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o’rnatiladi.
Bunday holda umumiy o’rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o’rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko’pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bog’liqligini ko’rib chiqaylik.
Minimal ish haqi ko’proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo’ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo’lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta’minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to’lashning barcha stavkalari qaytadan ko’rib chiqiladi va oshiriladi.
Quyidagi chizmada minimal ish haqining aholi bandligiga ta’siri ko’rsatilgan.
E
Minimal ish haqi va bandlik.
Ushbu siyosat natijasida ish joyi topgan ishchilar yuqori ish haqi oladi. Lekin, miqdoridagi ishchilar ish topa olmaydilar va ishsiz qoladilar. Demak, bunday siyosat ishsizlikka olib kelishi mumkin.
Mehnatning chekli mahsuloti. Firma ishlab chiqarish jarayonida qanchalik ko’p mehnatdan foydalansa, u shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqaradi. Mehnatning chekli mahsuloti(MPL) – bu qo’shimcha mehnat birligidan foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha miqdori. Boshqacha aytganda, agar firma qo’shimcha mehnat soatini sotib olsa, uning chiqarayotgan mahsuloti hajmi MPL birlikka ko’payadi. Buni ishlab chiqarish funktsiyasini qo’llab, algebraik ifoda etish mumkin:
MPL = F (K,L + 1) = F (K,L)
Tenglamaning o’ng tomonidagi birinchi qism kapitalning K birligida va mehnatning L + 1birligidagi; ikkinchi qism kapitalning K birligida va mehnatning L birligidagi ishlab chiqarish hajmini tavsiflaydi. Bu tenglama mehnatning chekli mahsuloti L + 1 birlikdagi mehnatdan va Lbirlikdagi mehnatdan foydalanilgandagi ishlab chiqarish hajmlari o’rtasidagi farq ekanligini ko’rsatadi.
Ko’pchilik ishlab chiqarish funktsiyalari chekli mahsulotning pasayib borish xususiyatiga egalar: foydalaniladigan kapitalning doimiy miqdorida quyidagi yuz beradi – foydalaniladigan mehnatning miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, xar bir qo’shimcha mehnat birligining chekli mahsuloti shunchalik kam bo’ladi. Nonvoyxona misoliga qaytamiz. MPL – bu qo’shimcha mehnat birligidan foydalanish oqibatida qo’shimcha pishirilgan nonnning miqdoridir. Ammo xar bir keyingi qo’shimcha mehnat birligidan MPL kamayib boradi. Qo’shimcha non miqdori borgan sari kamroq ishlab chiqariladi, chunki agar oshxona torroq bo’lsa, ishchilar kam unumdorlikka ega bo’ladilar. Boshqacha aytganda, oshxona hajmi o’zgarmaganda mehnatning xar bir qo’shimcha birligi nonvoyxonaning ishlab chiqarish hajmiga borgan sari kamroq non miqdorini qo’shadi.
Biz kapital miqdorini qayd etib, mehnat miqdorini o’zgartirsak, chiqariladigan mahsulot hajmi bilan nima yuz berishini ko’rsatadi. Bu rasmdan ko’rinib turibdiki, mehnatning chekli mahsuloti ishlab chiqaroish funktsiyasi grafigining egilishi bilan ifoda etilgan. Mehnat miqdori ortib borgani sari ishlab chiqarish funktsiyasi kamayib boruvchi chekli mahsulotni aks ettirib, yotiqroq bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |