T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


«Ommaviy  madaniyat»ning  yoshlar  estetik  didiga  ta’siri



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

«Ommaviy  madaniyat»ning  yoshlar  estetik  didiga  ta’siri. 
XXI
asr  ommaviy  madaniyati  zamonaviy  qiyofada  go‘yo  rivojlangan 
madaniy  dunyoga  integratsiyalashish  niqoblari  ostida  namoyon 
bo‘lmoqda.  Bu  niqoblar  ostidagi  salbiy  holatlar  va  ular  shakl- 
lantirishi  mumkin  bo‘lgan  illatlar  bilan  umuminsoniy  qadri­
yatlar  orasidagi  keskin  tafovutni  anglay  bilish  zamon  talabidir. 
Shu  munosabat  bilan  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev:  «Ammo  farzandlarimizning  ongi,  dunyoqarashi 
asrlar  davomida  sinovdan  o‘tgan,  yuksak  ma’naviyat  manbayi 
bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun 
yot  bo‘lgan  g‘oyalarni  yoshlarimiz  ongiga  singdirayotgan  zararli 
axborotlar  asosida  shakllanishiga  men  mutlaqo  qarshiman»1,  — 
deb  ta’kidlaydi.  Ommaviy  madaniyat  eng  avvalo,  milliy  estetik 
tarbiyaga  zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini  izdan  chiqa- 
rishi bilan xatarli hisoblanadi.  Estetik tarbiya aynan  shunday ho- 
latga qarshi maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid bo‘lmagan 
estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb 
vazifa  bo‘lib  qolmoqda.  «Ayniqsa,  hozirgi  murakkab  va  tahlikali
1  Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  oliyjanob  xalqimiz  bilan 
quramiz.  — Т.:  0 ‘zbekiston,  2017.  -469  b.
365


zamonda  milliy  o‘zligimiz,  azaliy  qadriyatlarimizga  yot  va  be- 
gona  bo‘lgan  turli  xil  xurujlar,  yoshlarimizning  ongi  va  qalbini 
egallashga qaratilgan g‘arazli  intilishlar tobora kuchayib  borayot- 
gani  barchamizni  yanada  hushyor  va  ogoh  bo‘lishga  da’vat  eti- 
shi  tabiiydir.  Shu  sababli  yoshlar  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzi 
tamoyillarini  qaror  toptirish,  ularni  giyohvandlik,  axloqsizlik, 
chetdan  kirib  kelayotgan  har  xil  zararli  ta ’sirlardan,  «ommaviy 
madaniyat»  niqobi  ostidagi  tahdid  va  xatarlardan  asrash  masa- 
lalari  bir  zum  ham  e’tiborimizdan  chetda  qolmasligi  darker»1. 
«Ommaviy  madaniyat»  illat  sifatida  haqiqat,  go‘zallik,  ezgulik 
singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bi­
lan bog‘lab,  iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratil­
gan maqsadni targ‘ib qiladi.  Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», 
«bozor san’ati»  degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning 
«gullab-yashnashi»  uchun imkon yaratadi.
XX  asrning  70-yillarida  ko‘plab  sotsiologlar,  faylasuflar, 
san’atshunoslar  «ommaviy  madaniyat»ning  ijtimoiy  taraqqiyotga, 
ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqi- 
qotlarni olib borgan edilar.  Xususan,  sotsiolog Ch.Reych o‘zining 
«Gullayotgan  Amerika»  kitobida  «Isyonkor  yoshlar  o'zlarining 
shaxsiy  «madaniyat»larini  yaratmoqdalarki,  bu  madaniyatning 
asosini  kiyim,  musiqa  va  narkotiklar  tashkil  etmoqda.  Yosh 
«isyonkorlar»  madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq fal­
safiy,  axloqiy,  estetik  ahamiyatidan  hamda  muomala  va  muloqot 
madaniyatidan  yuz  o'girgan  holda  o‘zlariga  mos  qadriyatlarni 
yaratmoqdalar  va  ularni  himoya  qilmoqdalar.  Bu  kabi  «yangi 
odam»  uchun  mazkur  qadriyatning  asosi  —  bu  o‘zini  mavjud 
tizimdan  tashqarida  his  qilishga  bo‘lgan  layoqatidir»,  —  degan 
fikrni bayon  etgan  edi.
«Ommaviy  madaniyat»ning  asl  maqsadi  har  kuyga  so- 
lish  mumkin  bolgan  olomonni  shakllantirish  bo‘lgani  bois,  u 
ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak,  o‘quvchini  mushohadaga 
undab,  tasavvur  olamining  kengayishiga  xizmat  qiladigan  asar-

Karimov  I.A.  Ona  yurtimiz  baxtu  iqboli  va  buyuk  kelajagi  yo'lida  xizmat 
qilish — eng  oliy saodatdir.  -   Т.:  0 ‘zbekiston,  2015.  — B.  267-268.
366


larni yaqiniga yo‘latmaydi.  Shuning uchun «ommaviy madaniyat» 
namunalari  badiiy-estetik  qimmatga  ega  emas.  Demak,  bugun 
estetikaning  zamonaviy muammolari  inson—tabiat,  inson—inson, 
inson—texnika bilan bog‘liq bo£lib,
—  ekologiya  tizimlari,  landshaftlar  va  noyob  tabiat  obyektlari 
xilma-xilligini  saqlab  qolish va ko‘paytirish;
—  tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolish 
va  avlodlarga yetkazish;
—  inson  o‘zini  «go‘zallashtirishi»  orqali  o‘zligini  yo‘qotishi  va 
millat  (qiyofasiga)  genofondiga  zarar yetkazishini  anglashi;
—  insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati,  «omma­
viy madaniyat»ning har qanday ko‘rinishiga hamda «fetish esteti­
ka» va «bozor san’ati» kabi tahdidlar e’tibordan chetda qolmasligi 
lozim.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish