T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


-mavzu.  Tabiat va  texnogen  sivilizatsiya  estetikasi



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

17-mavzu.  Tabiat va  texnogen  sivilizatsiya  estetikasi
Jamiyat  rivojida  tabiatga  estetik  munosabatning  shakllanishi.
Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o‘zlarini qurshab 
turgan  tabiat,  unda  sodir  bo‘ladigan  turli-tuman  o‘zgarishlarni 
kuzatganlar.  Borliqni  asosiy  shakllaridan  bo‘lgan  tabiiy  borliq, 
uning  o‘ziga  xosligi,  tabiatni  tashkil  qilgan  narsa  va  hodisalar, 
barcha organik va noorganik moddalar olami,  o‘simliklar va hay-
339


vonot  dunyosi  insoniyatni  qiziqtirgan  eng  asosiy  muammolardan 
bo‘lgan.  Nafaqat  tabiat  balki  tabiat  go‘zalligi,  uning  estetik  tar- 
biyaviy  ahamiyati  masalalari  ham  qadimdan  mutafakkir  va  do- 
nishmandlarni  qiziqtirib  kelgan.  Insoniyat  ma’naviy  yuksalishi- 
dagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi 
o'zaro  uyg‘unlik  va  mutanosiblikning  mavjudligini  idrok  etish, 
tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bolgan.
Go‘zallik haqidagi  ilk  tasavvurlar ham   tabiat bilan bog‘liqdir. 
Tabiatdagi  organizmlarning  har  biri  o‘z  holicha  emas,  balki 
boshqa  organizmlar  bilan bogliq  holda  yashaydi.  Nabotot  olami 
ham,  hayvonot  olami  ham  quyosh,  suv,  havo,  tuproq  ta’sirida 
yashaydi,  rivojlanadi.
0
‘zbek  xalqi  tabiatga  tarixan  uzoq  davrdan  buyon  mehr  bi­
lan  qarashga,  uni  asrab-avaylashga  o‘rganib  kelgan.  Bu  milliy 
bayram,  qadimiy  an’ana,  urf-odatlarda  ham  yaqqol  ko‘rinadi. 
Xususan,  0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining  har  yili  nishonlanadigan 
Navro‘z  bayrami,  asrlar  davomida  ona  Yerga  va  tabiatga  bo‘lgan 
mehr-muhabbat,  unga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lish,  uni 
ardoqlash tuyg‘ularini  tarbiyalagan.
Tabiatga  estetik  munosabat  xususida  Qadimgi  Xitoy  dao- 
chilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir.  Daosizm 
ta’limotida  Inson  mavjud  olam  kabi  dao  qonunlari  asosida  vu- 
judga  kelgan,  u  tabiatning  bir  qismi,  uning  vazifasi  fazilat  (de) 
yo'lidan  borish.  Har  qanday  sun’iy  aralashuv,  tabiatning  muvo- 
fiqlik  tartibini  o‘zgartirishga  intilish  odamlar  uchun  halokatli, 
barcha  yovuzliklarning,  son-sanoqsiz  baxtsizliklarning  manbayi 
tabiat  joriy  etgan  qonunlardan  chekinishdir.  Shu  sababli,  Laos- 
zi  nazdida  faoliyat  -   daoga  qarshi  qaratilgan  va  xalqqa  zarar 
keltiradi,  uning  asosiy  axloqiy  tamoyili  «uvey»-  faoliyatsizlik, 
donishmand kishining  «dao»si  — bu  kurashsiz  faoliyat.  Lekin bu 
kurashsiz  faoliyat  aslida  tabiatga  qarshi  bo‘lmagan  faol  xatti-ha- 
rakat,  faqat  daoga xos,  tabiat  qonunlariga  mos  faoliyatdir.  Tabiat 
go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish,  his qilish daochilikda 
muhim  ahamiyat kasb  etgan.
G o‘zallik haqidagi  tasavvurlarning  tabiat bilan bog‘liqligi  yu- 
non  falsafasida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Qadimgi  yunonlar  olam-
340


ning  tartibli  ekanligini,  uyg‘unlik va go‘zallik bilan  bog‘liq  idrok 
etishgan.  Tabiatdagi  go‘zallik  bu  qarama-qarshilikning  kelishu- 
vi,  bu  osoyishtalikdir.  Tabiatning  dialektik  taraqqiyoti,  undagi 
go‘zallikning  o‘ziga xosligi tahlil  etilgan.
Q ur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, 
shariat  ahkomlari  bilan  bir  qatorda  atrof-muhitni  toza  saqlash, 
tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish,  ularni isrof qilmaslik,  in­
sonning  yashash  tarzi,  shaxsiy  gigiyenasi,  zurriyotni  tozaligiga, 
о‘si m l i k-hay vonot  dunyosini  asrashga,  umuman  ekologiya va  ta- 
biatni muhofaza  qilishga katta  ahamiyat berilgan.
Tabiatdagi  eng  oddiy  narsa  va  hodisalar  mazmuni  va  shakli 
uyg‘unligi  bilan  go‘zaldir.  G o‘zallik  bu  voqelik  (tabiat,  jamiyat, 
san’at)  hodisasi  bo‘lib,  aniq  hissiy  ta’sir  o‘tkazish  orqali  insonda 
jismoniy  va  ma’naviy  kuchlar  oqimining  ko‘payishiga,  shodlik, 
zavqlanish,  to la   ma’naviy  qoniqish  holati  vujudga  kelishiga  im- 
kon yaratadi.  G o‘zallik doimo foydalidir,  lekin bu foydalilik jam i­
yat taraqqiyoti uchun xizmat  qilishga m oljallangan bo‘ladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy 
faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi.  Le­
kin  go‘zallik  qanchalik  o‘zining  rango-rangligi  bilan  ajralib  tur- 
masin,  ularning  barchasi  qandaydir  umumiy  tub  belgilarga  ega 
bo'lib,  mana shu umumiy tub  belgilar tufayli ularning barchasini 
maxsus  ilmiy-falsafiy  istiloh-go‘zallik  tushunchasi  orqali  talqin 
etish  imkoniyati mavjud.
Insonda tabiatga  qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi  birda- 
niga  paydo  bo‘lmagan,  albatta,  u  sekin-asta,  inson  zoti  va  ta- 
biati  rivojlanib  borgani  sari  shakllanib  borgan.  Inson  atrofidagi 
tabiatni  o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu 
mezonlari  bilan  baholanadi,  olchanadi,  inson  uchun  tabiatning 
go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo'la boshlaydi.
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudrati- 
ga  ega  bo'lgan  ishlab  chiqarish  kuchlariga  ham  ega  bo‘lib  qoldi. 
Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy 
manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqi- 
batlarga  ham  olib  keladi.  Insoniyat  hozir  tabiatni,  atrof-muhitni 
himoya qilib,  undan oqilona tarzda foydalanib,  ayni vaqtda, tabi-
341


iy  hamohanglik  sirlari  ichiga  yanada  chuqur  kirib  borib,  o‘ziga 
uning  yangidan-yangi  mo‘jizalarini  ochmoqda,  undan  ta’lim- 
saboqlari  olmoqda.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish