T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Kulgililik  kategoriyasi. 
Estetik  tafakkur  tarixida  kulgililik  bir 
qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun 
ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa,  Arastu 
kulgi  ayrim  xatoliklar  hamda  kishilarga  ozor yetkazmaydigan va 
zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib  chiqaradi,  deydi.  Olmon 
mumtoz  nafosatshunoslaridan  Immanuil  Kant  kulgililikning 
tabiatini  latifa  misolida  ochib  berishga  harakat  qiladi,  Fridrix 
Shiller hajviyani  veallik bilan  ideallik orasidagi  qarama- qarshilik 
orqali  ko‘rsatib  o‘tadi.  Heorg  Hegel kulgililikning  asosini zohiriy 
ishonch  va  botiniy  to‘laqonli  orasidagi  qarama-qarshilik  orqali 
ifodalaydi.
Insondagi  layoqatsizlik,  loqaydlik,  mas’uliyatsizlik,  izzatta- 
lablik,  shuhratparastlik  kabi  illatlar  kulgililikning  obyektlaridir. 
Shuningdek,  kulgi  —  axloq  hududlarini  bezarar  buzishdir.  Har 
qanday  ozod  inson  hazil  bilan  ro‘baro‘  kelishi  mumkin.  Bu  ho- 
latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi.  Inson kulishga 
va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir.  Kulgililik boshqa 
estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo‘lmay,  sub- 
yektiv  tomonlarni  ham  o‘zida  birlashtiradi.  Kulgililikning  sub- 
yektiv tomoni — keng  m a’nodagi hazil  (yumor)  tuyg‘usidir.
Kulgi  o‘z  tabiati jihatidan  demokratik  xususiyatga  ega.  U  turli 
ko‘rinishlarga  boyligi  bilan  san’atning  me’morchilikdan  boshqa 
deyarli  barcha  turlarida  namoyon  boladi.  Biroq,  u  o‘zining  eng
337


to‘la bo‘lgan  estetik  ifodasini  komediyada  topadi.  Kulgililik—yuk- 
sak  taraqqiy  etgan  tanqidning  ibtidosini  o‘zida  namoyon  qiladi. 
Kulgi  — tanqidning  estetik shaklidir.  Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqa- 
lanishga  qarshi,  mansab  va  amal  oldida  bo‘yin  egmaydi.  Kulgi 
tengsizlik,  zo‘ravonlik,  manmanlik,  amalparastlik,  nodonlikning 
barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon- 
ga  chiqadi.  Abdulla  Avloniyning  «Hajviyot»idagi  «Ko'rning  uzri», 
«Bir  munofiq  tilidan»,  «Bilimsiz  oliftalarga»,  «Haqiqiy  ma’nosi», 
«Dangasaman»,  «Soqovraport»  kabi  maqolalarida  asrimiz boshida 
xalqimiz  ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi  ostiga olinadi.
Kulgining  badiiy  shakllari  orasida 
satira 
alohida  o‘ringa  ega. 
Umumnazariy  ma’noda  satira  voqelikni  badiiy  tasvirlash  turi 
bo‘lib,  unda  hayotning  salbiy  hodisalari  ustidan  kulish  -   bun- 
day hodisalar asosida yuksak insonning  orzulariga  zid  ekanligini 
bo‘rttirib  ko‘rsatish  maqsadi  yotadi.  Satira  har  xil  ko‘rinishlarda 
namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Unga  lirika  ham,  epos  ham,  drama 
ham  begona  emas.  Satira  markazida  doim  hayotning  salbiy  vo- 
qea-hodisalari  joylashgan  bo‘lib,  butun  fosh  qilish  kuchi  ularga 
qarshi  qaratilgan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  komediya  san’atiga  xos 
tanqidiylik,  yo‘nalganlik  satirada  eng  to‘la  va  eng  aniq  ifoda  to ­
padi.  Satirani  asosan  kulgi  fosh  etib  qo'yadi,  lekin  kulgi bu jara- 
yonda  qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi.
Hajviya  — jamiyat,  inson faoliyatidagi  illatlar va ularning  oqi- 
batlari,  olam  mukammalligi va inson  ideallariga  nomuvofiq keli- 
shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir.  Lekin  masxara,  mazax kabi 
kulgi  turlari  ham  borki,  ular  estetik  tarbiya  vositasi  bo‘lolmaydi. 
Aksincha,  ular  mohiyatan  insonni  qoralashga,  uni  xafa  qilishga, 
obro‘sizlantirishga qaratilgan boladi.  Bu kulgining o‘ta ziddiyatli 
va  g‘ayriaxloqiy  ko‘rinishidir.  Shu bois  masxara  fisq-u  fasodning 
muqaddimasi  sanaladi.  Mazah  qilish  ibosiz  so‘z  bilan  insonga 
daxl  etmoq  demakdir.  Mazah  qilish,  kalaka  qilish,  o‘zganing us­
tidan,  jismoniy  kamchiligidan  kulish  masxaraning  real  voqelik- 
dagi  ko‘rinishlaridir.
Kulgililikning barcha  shakllari  ular qanchalik erkin namoyon 
bo‘lish  imkoniyatlariga  ega  bo‘lib  borsalar,  shunchalik  ko‘p  aha­
miyat  kasb  etadi.  Rivojlangan  hazil  tuyg‘usi,  hayotning  kulgili
338


tomonlarini  nozik  ilg‘ab  olish  va  fahmlash  qobiliyati  rivojlanib 
borgan  sari  shaxsning  ma’naviy-ruhiy  sog‘lomligi  hamda  barka- 
molligi yuksalib boraveradi.
Umuman  olganda,  estetikaning  tushunchalari  (kategoriyalari) 
doimiy  hamkorlikda  mustahkamlanib  boradi.  Ayniqsa,  bu  jara- 
yonda  go‘zallik  kategoriyasi  boglovchilik  vazifasini  bajaradi. 
Shuning  uchun  fojiaviylikda,  ulug‘vorlikda,  hunuklikda  ham 
go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz  emas

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish