Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
inson kamolotida muhim
o‘rinni egallaydi. Har bir viloyat, shaharnin
5
o‘ziga xos shahar
sozlik an’analari mavjud bo‘lib, ular davrlar mobaynida takomil-
lashib, milliy va zamonaviy an’analarni uyg‘unlashtirib boradi.
349
Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga,
taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta
tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy
kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport may-
donlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyo-
bonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar,
gulzorlar barpo etildi.
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar
bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini mu-
handis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam
bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda.
Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Dav-
lat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil
etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari,
kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf
etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini
qayta ko‘rib chiqish
»1
taqozo etiladi.
Bugun 0 ‘zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmda-
gi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat
markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand,
Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy
me’morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga
oshirilmoqda. Ana shunday keng ko'lamli ishlar natijasida Sa
marqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta
borib ko‘rishi zarur bolgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk
Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha Tosh-
kent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dun-
yo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu mi-
sollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o‘rni va roli
ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun
0 ‘zbekistonning go'zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda
funksionallik va badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik
1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. — Т.:
0 ‘zbekiston, 2017.-B. 22-23.
350
va ta ’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigma-
lari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va
dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliy-
lik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat va an’analar, tarixiy
tajribaga asoslangan holda sog‘lom turmush tarzi va qulay sharoit
yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va
farovonlik bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |