Go‘zalIikning sifatlari
tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik,
mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi.
Go‘zallikning xususiyatlari
qulaylik, manfaatdorlik, yoqimli-
lik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Elementlar, sifat-
lar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa-hodisalargina chinakam
go‘zallikni aks ettirishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan boladigan munosabatla-
rida go‘zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat ayniqsa,
go‘zallikning moddiy va m a’naviy qadriyatlar tizimidagi o‘rnida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, go‘zallikning har qanday tahli-
li shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina
uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu
bois go‘zallikning m a’naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi
o‘rniga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |