Go‘zallikning elementlari.
Go‘zallikning namoyon bolishi,
shakllanishi va his etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini
o‘taydi. Bular — me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik,
hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va ho-
kazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita yoki bil-
vosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi. Masalan,
bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi, ko‘klamning yuz
ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o‘ziga xos go‘zallikni
namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go‘zallikning moslik
va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |