T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Gipoteza  (faraz)  -  bilimlarning mavjud bo‘Iish va taraqqiy etish



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Gipoteza  (faraz)  -  bilimlarning mavjud bo‘Iish va taraqqiy etish
 
shakli. 
Muammoni  hal  etish  jarayonida  ma’lum  bir  gipotezalar 
ilgari  suriladi  va  asoslanadi. 
Gipoteza  (faraz) 
—  o‘rganilayotgan 
hodisaning  sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi  asosli tax- 
min tarzidagi bilim shaklidir.
Hodisaning  sababi  haqidagi  fikr  dastlab,  odatda,  gipoteza 
shaklida  vujudga  keladi  va  shu  ma’noda  u  bilimlarning  mavjud 
bolishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin, 
ishonchli  bilimlar  hosil  bo‘lgunga  qadar  qo‘yilgan  muammolar, 
masalalar  haqidagi  fikr-mulohazalar  kuzatish,  eksperiment  nati- 
jalarini  tahlil  qilish  va  umumlashtirishga  asoslangan  bo‘lib,  ular 
turli xil taxminlar,  farazlar shaklida mavjud boladi.
Gipotezani  qurish  o‘rganilayotgan  hodisani  tushuntiruvchi 
taxminiy  fikrlarni  ilgari  surishdan  iborat boladi.  U  qayd  etilgan 
faktlar,  ular  uchun  xarakterli  bo‘lgan  qonuniyatlar  haqidagi  mu- 
lohazalar  yoki  mulohazalar  tizimi  tarzida  bo‘ladi.  U ni  ifoda  qi- 
luvchi  asosiy gap  mulohazalar sistemasini  hosil  qiluvchi  element, 
deb hisoblanadi. Ana shu gap  (mulohaza)da, odatda, gipotezaning 
bosh  g‘oyasida  aks  etadi.  Muhokama  jarayoni  uning  negizida, 
atrofida quriladi va m a’lum bir ishchi gipotezalar — vaqtinchalik, 
mo‘ljalni  to‘g‘ri  olishga  yordam  beradigan  taxminlarning  ilgari 
surilishiga,  ular  yordamida  hodisaning  yanada  chuqurroq tadqiq 
qilinishiga  olib  keladi.
Gipotezalarni  ilgari  surishning  asosiy  mantiqiy  vositasi  ehti- 
moliy  xulosa  chiqarish  hisoblanadi.  Shuningdek,  gipoteza  ba’zi 
hollarda  qat’iy  xulosa  chiqarish  shakllarida  ham   ilgari  surilishi 
mumkin.
Gipotezada  ilgari  suriladigan  mulohaza  empirik  materiallarni 
tahlil  qilish,  qayta  ishlash,  tartibga  keltirish,  umumlashtirish,  tal- 
qin etish natijasida paydo boladi. Ana shuning uchun ham gipoteza
— bu  har  qanday  taxmin  emas,  balki  o‘zining  muayyan  mantiqiy 
kuchiga ega mulohaza,  ma’lum bir darajada asoslangan farazdir.
Ilgari  surilgan  gipoteza,  albatta,  asoslanishi  zarur.  Bu  bos- 
qichda  gipotezadan  ma’lum  bir  natijalar  keltirib  chiqariladi  va 
ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga)  mu- 
vofiqligi  aniqlanadi.
259


Gipoteza  rad  qilinishi  ham   mumkin.  Bu  gipotezadan  kelib 
chiqadigan  natijalarning  mavjud  faktlarga  nomuvoflqligini 
ko'rsatish  orqali  amalga  oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav- 
qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning 
chinligi  undan  kelib  chiqadigan  natijalarga  zid  bo‘lgan  holatlar 
aniqlangandagina  uzil-kesil  rad  etiladi.  Masalan,  Ptolomeyning 
Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi 
Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid 
kelganidan  keyin  rad etildi.
Shuni  alohida  ta’kidlash  zarurki,  o‘rganilayotgan  hodisa 
haqida  bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  gipotezalar  ilgari  surilishi 
mumkin.  Gipoteza  tasdiqlanmaguncha  o‘zining  bilishdagi  aha- 
miyatini  yo'qotmaydi.  Rad  etilsa,  o‘rniga  boshqa  gipoteza  qu- 
riladi  va  bu  hoi  to  gipotezalardan  birortasi  tasdiqlanmaguncha, 
ya’ni  muammoning yechimi topilmaguncha davom  etadi.
Ilgari  surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan 
bo‘lishi  mumkin.  Ana  shunga  muvofiq  holda  umumiy  va  juziy 
gipotezalarni  ajratish mumkin.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish