T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

muammoli  vaziyat 
bilish  taraq­
qiyotining  turli  bosqich  va  bo‘g‘inlarida  olam  hamda  uni  bi­
lish  haqidagi  mavjud  tasavvurlarni,  bilish  metodi  va  vositalarini 
o‘zgartirishning  obyektiv zaruriyatidan iborat,  deyish  mumkin.
Muammoni  qo‘yish va  hal  etish.
Muammo 
— javobi bevosita  mavjud  bilimda  bolm agan va  ye- 
chish usuli  noma’lum bo‘lgan  savoldir.
Shuning  uchun  ham  muammoni  qo‘yish va  hal  qilish  mavjud 
bilimlarni  qayta  ishlash,  ba’zi  hollarda  esa,  hatto,  ular  doirasi- 
dan chetga chiqishni,  yangicha yechish usuli,  metodlarini qidirib 
topishni  taqozo  etadi.  Qanday  muammolarni  ilgari  surish  va 
muhokama  qilish  xususiyatini  amaliy  faoliyatimiz  va  bilishimiz 
ehtiyojlari belgilab beradi.
Ko‘lamiga  ko‘ra  shaxsiy,  hududiy,  bir  davlat  yoki  bir  necha 
davlat  miqyosidagi  va  umuminsoniyat  muammolarini  ajratish 
mumkin.  Bu  muammolarni  muvaffaqiyatli  hal  qilishning  zarur 
shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. 
To‘g‘ri  qo‘yilgan  savol  muammoning yarim yechimi  hisoblanadi.
256


Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav- 
vur qilishning o‘zi yetarli emas.  Har qanday muammoning yechi- 
mi  ilmiy  asoslangan  bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  muammoni 
hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham  oldindan ko‘ra 
bilish muhim  ahamiyatga  ega.
M uammolarni  qo'yishda  kishilarning  hayotiy  tajribasi,  bi- 
lim lari  va  qobiliyati  m uhim   ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Odatda, 
ko‘p  hollarda  yangi  m uammolar  ilmiy  bilishning  u  yoki  bu 
sohasining  yirik  mutaxassislari,  boy  tajribaga  ega  va  chuqur 
bilimli  olimlar  tom onidan  ilgari  suriladi  ham da  ular  ba’zan 
uzoq  yillar  davomida  tadqiq  qilinadi.  Buni,  masalan,  milliy 
m a’naviyatimizga  yot  g‘oyalarning  yoshlar  ongiga  salbiy  ta ’siri 
m uammosining  qo'yilishi  va  tadqiq  etilishi  misolida  ko‘rish 
mumkin.  M a’lumki,  OAV,  Internetdagi  ayrim  m a’lumotlar  en- 
digina  m a’naviy  olami  shakllanayotgan,  shaxsiy  tajribasi  haqi- 
qatni  yolg‘on,  uydirmadan  farqlashga  yetarli  bo‘lmagan  yosh- 
larda  hayotiy  tushunchalarning  shakllanishiga  salbiy  ta ’sir 
ko‘rsatmoqda.  Yosh  avlod  m a’naviy  olam ining  daxlsizligini 
asrash  jamiyatimiz  oldida  turgan  m uammolardan  biridir.  Bu 
muammo  faylasuflar,  gum anitar fan vakillari tom onidan tadqiq 
etilmoqda.
Muammoli  vaziyatni  tahlil  qilishga  turli  xil  tomondan  yon- 
dashish  mumkin  bo‘lganligi  uchun  ham  hal  qilinishi  lozim 
bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum­
kin.  Bunda ba’zi  muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa,  ba’zilari 
bu  vazifaning  ayrim  tomonlarini  aks  ettiradi  va  shuning  uchun 
ham  juziy  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  bir-biri  bilan 
bog‘lanib  ketgan  mana  shunday juziy  muammolar  hal  qilingan- 
dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon  qilish va yechish 
imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni  to‘g‘ri  qo‘yish  va  bayon  qilish  ularni  ye- 
chishdan  kam  ahamiyatga  ega  emas.  Muammoni  to‘g‘ri  qo‘yish 
uchun  uning  ilmiy  bilish  taraqqiyotida,  jamiyat  hayotida  tutgan 
o‘rni  va  ahamiyatini  to‘g‘ri  baholash,  uni  hal  qilishning  metod- 
larini  topish  zarur.  Bu  amalda  qo'yilishi  mumkin  bo‘lgan  turli 
xil  muammolar  ichidan  eng  muhimi  va  to‘g‘risini  tanlab  olishni
257


bildiradi.  Muammoni  tanlash  m a’lum  bir  darajada  tadqiqotning 
umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehti- 
yojlariga  bog‘liq.  Chunki  faqat  amaliy  faoliyatdagina  kishilarning 
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi 
ziddiyat  yaqqol  namoyon  boMadi,  ilmiy  izlanish  predmeti  aniqla- 
nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy  muammo,  odatda,  ma’lum  bir  nazariya  doirasida  vu- 
judga  keladi  va  uning  yordamida  hal  qilinadi.  Ba’zi  hollarda  esa 
muammo mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni yechishga 
moslashtirishni talab  qiladi.
Muammoni yechish uchun  quyidagi  ishlar amalga  oshiriladi:
a)  mavjud  nazariyalar doirasida tushuntirib  bo‘lmaydigan  fakt 
va hodisalar aniqlanadi;
b)  muammoni  hal  qilish  g‘oyalari  va  metodlarini  tahlil  qilib, 
ularga baho beriladi;
d)  muammoni  hal  qilish  turi,  maqsadi,  olingan  natijani  tek- 
shirish yo‘llari belgilab  olinadi;
e)  muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan 
g‘oyalar o‘rtasidagi  aloqaning xususiyatlari  ko‘rsatiladi.
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye­
chishga kirishiladi.
Barcha  muammoning  yechilishi  nisbiy  xususiyatga  ega. 
Boshqacha  aytganda,  muammoning  mutlaq  to la   yechimini 
topish  qiyin.  Chunki  o‘rganilayotgan  hodisaning  barcha  tomon- 
larini  qamrab  olib  bolmaydi.  Shuning  uchun  ham  ilmiy izlanish 
davomida  yangi  muammolar  vujudga  kelishi  mumkin  bo‘lib,  u 
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo  etadi.
Ba’zi  hollarda  muammolarning  yechimini  uzoq  vaqtgacha 
topib bolmaydi.  Masalan,  rak kasalining sababini o'rganish bilan 
bogliq muammo  hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.
Bu,  albatta,  ayrim muammolar butunlay yechimiga ega  emas, 
degan  fikrni  bildirmaydi,  balki  ularni  mavjud  metodlar,  vosita- 
lar yordamida yechib  bo‘lmaslikni  ko‘rsatadi  xolos,  va  shu  tariqa 
yechishning  yangi  vositalarini  qidirib  topishga  undaydi.  Demak, 
muammo  hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
258



Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish