Abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirish usuli yordamida predmet-
ning sifat, xususiyatlari fikran ajratib olinib, tushunchada ifodala
nadi.________________________________________________________
Umumlashtirish usulida predmetlar umumiy, muhim xususiyatlariga
ko‘ra sinflarga birlashtirilib, tushuncha hosil qilinadi.______________
Ihshunchaning mazmuni va hajmi. Tushunchaning turlari. Har
bir tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega. Tushunchaning
hajmi unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi.
Masalan, «oral» tushunchasining hajmi Yer yuzidagi mavjud bar
cha orollarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi
so‘zda ko‘plik qo‘shimchasi «lar» bolm asa ham, u umumiy hajm-
ga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, inson, uy, davlat tushunchalari
kabi.
211
Hajmiga ko‘ra yakka va umumiy, ayiruvchi va to‘plovchi,
Shuningdek bo‘sh hajmli tushunchalar farqlanadi: