Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi? Nom alohida pred-
metni yoki predmetlar guruhini belgilovchi til ifodasidir. Masa
lan: «Amur Temur» so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan
buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; «o‘qituvchi» so‘zi
bilim beruvchi insonni, «qizil» so‘zi esa barcha buyumlardagi
qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi
va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan
209
ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur
shaklidir.