T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


-mavzu.  Globallashuv va  umumbashariy  muammolarning



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

9-mavzu.  Globallashuv va  umumbashariy  muammolarning
 
falsafiy jihatlari
«Globallashuv»  (lot.  globus  -   shar, Yer sayyorasi)  -  XX asrning 
ikkinchi yarmi  — XXI  asr boshida jahon taraqqiyotida  shakllangan 
yangi  umumsayyoraviy  hodisa  bo‘lib,  hozirgi  davrdagi  xalqaro  tar- 
tibotlar,  davlatlar  va  kishilar  o‘rtasida  o‘zaro  aloqalarning  kengayi- 
shi va murakkablashishi,  dunyo miqyosida axborot makoni,  kapital, 
tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof-muhit- 
ga  texnogen  ta’sirning  kuchayishi,  ommaviy  madaniyat  namunala- 
rining  keng  tarqalishi,  axborot-mafkuraviy  va  diniy-ekstremistik 
xurujlar xavfining  ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
«Globallashuv»  atamasi  dastlab  amerikalik olim T.  Levittning 
1983-yili  «Garvard  biznes  revyu»  jurnalida  chop  etilgan  maqo- 
lasida  tilga  olingan  edi  (u yirik transmilliy korporatsiyalar  ishlab 
chiqaradigan  turli-tum an  mahsulot  bozorlarining  birlashuv jara- 
yonini globallashuv,  deb  atagan).  1985-yilda  esa taniqli  amerika­
lik  olim  R.Robertson  «Globalization»  iborasini  ilmiy  muoma- 
laga  kiritib,  bu  tushunchani  «odamlar  ongida  sayyoramizning 
torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi»ni aks ettirib, 
«dunyoning  birlashuvi  va  kishilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarning 
kuchayishini»  ifoda etadigan jarayon sifatida talqin  etadi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara 
hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash 
shakllanmagan, yaxlit konsepsiya yaratilmagan bo‘lsa-da, gumani- 
tar  ilmning  turli  sohalarida,  chunonchi,  ijtimoiy  fanlarda  ushbu 
jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari,  namoyon bo‘lish  shakllari har 
tomonlama  o‘rganilmoqda.  Jumladan,  iqtisodiyot  fanida  diqqat- 
e’tibor asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsi- 
yalarning  (TMK)  shakllanishi,  iqtisodiyotning  mintaqaviylashuvi, 
jahon  miqyosida  savdoning jadallashuvi  kabi  masalalarga  qaratil­
gan.  Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni insoniyatning ko‘p 
asrlik  taraqqiyot  bosqichlaridan  biri  sifatida  talqin  etiladi.  Siyo- 
satshunoslikda  transmilliylashuv  jarayonining  tezlashuvi,  dunyo 
mamlakatlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikning  kuchayishi,  BMT 
va  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  ishtirokida  yangi  umumsayyoraviy
188


tartibning  shakllanishi  tadqiq  etilmoqda.  Sotsiologiya  sohasi  mu- 
taxassislari sivilizatsiya va madaniyatning universallashuvi ta’sirida 
turii mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi 
hamda  bir  xillashuvini  tasdiqlaydigan  dalillarni  izlamoqda.  Ba’zi 
faylasuflar XXI  asrda dunyoda yagona axloq,  umumiy ma’naviyat, 
global madaniyat qaror topishini bashorat qilmoqdalar.  Boshqalari 
esa,  Kantning  yaxlit  abadiy  dunyo  hamda  umumdunyoviy  huku- 
mat haqidagi g‘oyasiga tayanib,  turli millat va xalqlar qadriyatlari- 
ning uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda.  Keyingi yillarda ilmiy 
adabiyotlarda turli  fan yutuqlarini  uyg‘unlashtirish  asosida hamda 
insoniyatning  birlashuvi,  ijtimoiy  voqelikning  universallashuvi  va 
kishilar  dunyoqarashining  kengayishi  tendensiyalariga  tayanib, 
globallashuv  jarayonining  umumiy  nazariyasini  yaratish  borasida 
intilishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Shu  bilan  birga,  globallashuv  jarayonining  turli  davlatlar 
va  xalqlarning  milliy  davlatchiligi  va  o‘ziga  xos  qadriyatlariga, 
ma’naviy taraqqiyotiga  salbiy ta’sirini  ilmiy tadqiq  etishga  e’tibor 
kuchayib  bormoqda.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  globallashuv jarayo­
nining  ijobiy  jihatlarini  e’tiborga  olgan  holda,  uning  g‘oyaviy- 
mafkuraviy ta’siridan  ogoh bo‘lish,  aholi,  ayniqsa,  yoshlarimizni 
bunday xurujlardan asrab-avaylash  muhim  ahamiyat kasb  etayot- 
ganini  anglatadi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish