Axloqning tarbiyaviy funksiyasi
— bu jamiyatda mavjud bo‘lgan
tarbiya tizimini umuminsoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy
norma, urf-odat, an’analarga moslashtirish va shu asosda fuqaro-
larni axloqiy jihatdan tarbiyalash ishlarini tashkil etishni amalga
oshiradi.
Axloqning kommunikativ funksiyasi
— bu umumiy axloqiy qad-
riyatlarni ishlab chiqish uchun odamlar o‘rtasida fikr almashish,
bir-birini tushunib umumiy xulosalarga kelishda o‘zaro aloqa
qilish vositasi vazifasini bajaradi. Xullas, axloq tufayli xalqlar,
elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada bo‘lib, fikr almashib,
o‘zlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy axloqiy
qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga og‘ishmay amal qi-
lishni yo‘lga qo‘yadilar.
Yuqoridagi fikrlar axloqning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim
o‘rin egallashidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |