Axloqning aksiologik funksiyasi
— bu «axloqiylik va axloqsiz-
lik», «yaxshilik va yomonlik» nuqtayi nazaridan odamlarning
xatti-harakatlariga, niyati, maqsadi, o‘y-xayollariga, vaj-sabablari-
ga, axloqiy qarashlari va shaxsiy xislatlariga baho berish asosida
ularni qadrlashni amalga oshiradi. Axloqning ana shu funksiyasi
axloqiy qadriyatlarning qanchalik hayotiy yoki hayotiy emasligini
ifodalovchi vositalardan biri hisoblanadi. Xuddi shu joyda axloqiy
va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi ham ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |