Dt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar
bo’yicha olinadigan mablag’lar” hisobvarag'i,
Kt
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan
mablag'lar”
hisobvarag'i.
Material zahiralami sotib olish bo'yicha shartnomada moliyalashtirish elementi
ishlatilgan bo'lsa, agarda, oddiy holdagi sotib olish shartlaridagi to'lanadigan baho
bilan to'langan baho o'rtasidagi farq butun xaridni moliyalashtirish davomida foizli
xarajatlar sifatida tan olinadi.
Shuningdek, banklarda bir xil bo'lmagan va maxsus maqsadlar uchun ajratilgan
material zahiralaming haqiqatdagi qiymati aniq xarajatlaming alohida qiymatlarini
maxsus aniqlash orqali belgilanadi. Bunda ulaming qiymatini maxsus aniqlash - bu
ma'lum turdagi material zahiralar qiymatiga aniq xarajatlar kiritiladi. Bu usul maxsus
maqsadlar uchun alohida ajratilgan moddalarga nisbatan talab etiladi. Agarda odatda
bir xil narxli material zahiralaming katta miqdori mavjud bo'lsa, maxsus baholash
talab etilmaydi. Bunday hollarda oldindan foyda yoki zararga ta'simi aniqlash uchun
material zahiralarga tegishli bo'lgan moddalami ajratib olish usulidan foydalanish
mumkin. Material zahiralardan boshqalarining haqiqatdagi qiymati "birinchi kirim -
birinchi chiqim" usuli (FIFO) yoki o'rtacha tannarx bo'yicha aniqlanadi. FIFO
usulida bankga kelib tushgan birinchi partidagi sotib olingan material zahiralar narxi
bo'yicha navbatma-navbat hisobdan chiqarilishi lozim.
Banklarda material zahiralaming sarflanishni baholash uchta usul bilan hisobdan
chiqariladi26. Ular,
a) o'rtacha tortilgan qiymat usuli - TMZ har bir birligining qiymati xisobot davri
boshida bir turdagi TMZ birliklari va xisobot davri davomida sotib olingan yoki
ishlab chiqarilgan bir turdagi birliklaming o'rtacha tortilgan qiymati bo'yicha
aniqlanadi. TMZ birligining o'rtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini shu
zahiralar birliklari soniga bo'lish bilan aniqlanadi.
b) birinchi xarid baholari bo'yicha baholash usuli (FIFO - birinchi kirim -
birinchi chiqim) - sarflanayotgan material zahiralar oy davomida kelib tushgan
birinchi partiyada material zahiralaming narxi bo'yicha hisobdan o'chirish
tushuniladi.
v) oxirgi xarid narxlari bo'yicha baholash usuli (LIFO - oxirgi kirim - birinchi
chiqim) - sarflanayotgan material zahiralar oy davomidagi oxirgi partiyadagi xarid
qilingan material zahiralarining narxi bo'yicha hisobdan chiqarish tushuniladi. Shu
boisdan, banklarda material zahiralaming sarflanishini baholashda Fifo usulni
qo'llash bir muncha samarali usul bo'lib, ko'rsatilgan xizmatlar tannarxini
shakllantirishda ob’ektiv ravishda taqsimlanadi.
Hozirgi kunda bizning amaliyotimizda ham material zahiralaming sarflanishi
shu tariqa amalgam oshirelmoqda, biroq hisobvaraqalarda aks ettirish o'ziga xos
xususiyatlarga egaligi bilan farqlanadi. Shuningdek, Banklarda materia] zahiralar
quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi: foydalanishga berilganda; sotilganda; bepul
Do'stlaringiz bilan baham: