T o s h k e n t «vektor-press»



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/224
Sana01.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#294868
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   224
Bog'liq
diktantlar toplami

"  
\
 

Q l M P L '
 
:


turdi.  Yuz-qo'lini  yuvdi.  Nonushta  qildi  va  maktabga  ketdi»
 
kabi  uchta  gap  bilan  ifodalangan  m a z m u n n i  o'quvchilar 
«Nosir  erta  turib  yuvindi.  Nonushta  qilib,  maktabga  ketdi»
 
kabi  ikkita  gap  bilan  yozishlari  m u m k in.  Shuning  uchun 
ham   bunday  diktant  erkin  diktant  deyiladi.
Erkin  d iktant  o'quvchilarni  bayon  yozishga  tayyorlaydi. 
Ayrim  o'quvchilar  sheva  t a ’sirida 
anor
  so'zini 
onor,
 
kelyaptilar
  so'zini 
kevottilar
  kabi  yozib  qo'yishlari  ham 
m u m k in .  Bunday  xatoning  oldini  olish  uchun  o'qilgan 
bo'lim   m az m u n in i  o'quvchilar erkin  ravishda  yozganlarida, 
adabiy  til  m e ’yoriga  to'la  rioya  qilishlari  tushuntiriladi.
Erkin  diktant  quyidagicha  o'tkaziladi:
O'qituvchi  o'quvchilarga  erkin  diktant  va  uni  yozish 
tartibini  qisqa  tushuntiradi.  O'qituvchi  doskaga,  o'quvchilar 
esa  yozuv  daftarlariga  sana,  ish  turi  (erkin  diktant) 
va  tan lan gan   m atn  sarlavhasini  yozadilar.  O'qituvchi 
o'quvchilar  diqqatini  jalb  qilgan  holda,  m atnn i  bir  m arta 
ifodali  o'qib  beradi,  M atn  m azm uni  yuzasidan  suhbat 
o'tkazilgach,  bir-ikki  o'quvchi  m atnni  so'zlab  beradi  va 
o'quvchilar  qanchalik  tushunganliklari  aniqlanadi.
Tanlangan  m atnda  o'quvchilar  m a ’nosiga  tushunm a ga n 
yoki  imlosi  hali  yaxshi  o'zlashtirilmagan  so'zlar  bo'lsa, 
o'qituvchi  doskaga  yozib  qo'yadi,  lozim  topsa,  shu  so'zlar- 
n ing  m a ’nosi,  talaffuzi  va  yozilish.ini  qisqa  izohlaydi.
O'quvchilar  diqqati jalb  qilinadi  va  m atn  yana  bir  m arta 
o'qib  beriladi.  O 'quvchilar  o'qilgan  bo'lim   m az m un ini 
yozib  bo'lganlaridan  keyin,  matndagi  yozilishida  xatoga 
yo'l  qo'yilgan  so'zlar  izohlanib,  o'quvchilarning  to'g'ri 
yozishlari  t a ’m inlanadi.  Ish  shu  tartibda  davom  etadi. 
Erkin  diktantni  tez-tez  o'tkazish  o'rganilgan  g ram m atik 
shakllardan,  imlo  va  tinish  belgilariga  oid  qoidalardan 
amaliy  foydalanishga,  boshqalarning  nutqini  aynan  yoki 
o'zlashtirib  qo'llashga  o'rgatadi.  Shu  bilan  birga,  eshituv 
sezgilarining  taraqqiy  etishiga,  ijodkorlik  faoliyatlarining 
o'sishiga  yordam  beradi.
D iktan tnin g   bu  turi  alohida  ahamiyatga  molik  bo'lib, 
u nd a n   qanchalik  ko'p  foydalanilsa,  o'quvchilarda  mustaqil 
fikrlash  shuncha  tez  qaror  topadi.
18


T E K S H I R U V   D IK T A N T I
T e k s h i r u v  
diktanti 
o‘quv 
dasturining  biror  bo'li- 
mi  o'rganilib,  xilma-xil  ta ’limiy  mashqlar  bilan  m ustah- 
kam langach,  ular  o'quvchilar  tom onidan  qay  darajada 
o'zlashtirilganini  sinash  maqsadida  o'tkaziladi.
Tekshiruv diktanti  uchun sintaktik tuzilishi jihatid an shu 
sinf o'quvchilari  saviyasiga  mos,  o'rganilgan  imlo  qoidalari 
asosida  yoziladigan  so'zlar  va  tinish  belgilari  ko'proq 
qo'llanilgan  m atn  tanlanadi.  M atnda  o'rganilm agan  qoida 
asosida  yoziladigan  va  imlosi  qiyin  so'zlar  bo'lmasligi 
kerak.
Tekshiruv  diktanti  uchun  m atnlardangina  emas,  balki 
o'rganilgan  qoidalarni  o‘z  ichiga  olgan  alohida  term a 
gaplardan  h a m   foydalanish  m um kin.  Lekin  har  ikki  holda 
h am   gaplardagi  so'zlar  soni  DTS  talablariga  mos  bo'lishiga 
e ’tibor  berish  lozim.
Tekshiruv  diktanti  uchun  tanlangan  m atnda  so'zlar soni 
DTSga  ko'ra  quyidagicha  bo'lishi  lozim:  1-sinfga  sabod 
o'rgatish  davridan  so'ng  8—10  so'z,  o'quv  yili  oxirida 
15—20  ta  so'z,  2 -sin f  o 'quv  y ilin in g   birinchi  y a rm id a  
10—12  ta  so'z,  o'quv  yili  oxirida  30—40  ta  so'z;  3-sinf 
o'quv  yilining  birinchi  yarmida  14—16  ta  so'z,  o'quv  yili 
oxirida  50—60  ta  so'z;  4 -sin f o'quv  yilining  birinchi  yarmi 
oxirida  30—40  ta  so'z;  o'quv  yili  oxirida  75—80  ta  so'z.
Ko'rinib  turibdiki,  o'quv  yili  oxirida  o'tkaziladigan 
diktantdagi  so'zlar soni  keyingi  o'quv  yili  boshida o'tkazila­
digan  diktantdagi  so'zlar  soniga  teng  bo'ladi  va  asta-sekm  
ortib  boradi.
O'qituvchi  o'rganilgan  va  mashqlar  bilan  m ustahkam - 
langan  mavzuga  mos  m atnni  diktant  o'tkazishdan  bir  necha 
kun  oldin  tanlaydi.  M atnda  shu  sinf  o'quvchilari  uchun 
imlosi  qiyin  so'z  bo'lsa  (yaxshisi  m atnda  o'rganilmagan 
so'zlar bo'lmagani  m a’qul),  shu so'zlarning m a ’nosi, talaffuzi 
va  yozilishi  diktantni  yozgunga  qadar  bo'ladigan  ona  tili 
darslarida  tushuntirilib,  mashqlar  bilan  m ustahkamlanishi 
lozim.  Shuning  uchun  imlosi  qiyin  so'zni  qatnashtirib  gap 
tuzish,  so'zning  talaffuzi  va  yozilishini  tushuntirish,  imlosi
19


qiyin  so'z  qatnashgan  gapni  tahlil  qilish,  shu  so'zni  bo'g'in 
ko‘chirish  qoidalariga  ko'ra  qismlarga  bo'lib  yozish  kabi 
m ashq  turlaridan  foydalanish  m um kin.
O 'quvchilar  tekshirish  diktanti  yozishlari  haqida  ikki- 
uch  kun  oldin,  o'tilganlarni  takrorlab,  m ustahkam lash 
darsida  ogohlantiriladi  yoki  tinish  belgilariga  oid  qavsi 
qoidalarrti  takrorlash  kerakligi  ta ’kidlanadi.
O 'tkaziladigan  tekshirish  diktanti  m atnini  tanlashga 
alohida  aham iyat  berish  talab  etiladi.  Yuqorida  ta ’kidlan- 
ganidek,  m atnd a shu sin f o'quvchilari yozishda qiynaladigan 
yoki  o'rganilm agan  qoidalar  asosida  yoziladigan  imlosi 
qiyin  so'zlar  bo'lmasligi,  agar  shunday  so'zlar  uchrasa, 
uni  o'qituvchi  doskaga  yozib  berishi  lozim.  Bunday  so'zlar 
ik ki-uchtadan  oshmasligi  kerak.
Tekshiruv  diktanti  quyidagi  tartibda  o'tkaziladi:  o'quv­
chilarn ing   darsga  hozirligi  ko'zdan  kechirilgach,  o'qituvchi 
o'quvchilar  diq q at-e’tiborini  o'ziga  qaratgan  holda,  diktant 
m atn ini  shoshm asdan,  bir  m arta  ifodali  o'qib  beradi. 
M atndagi  gaplarning  ohangiga  rioya  qilib  ifodali  o'qilishi 
tinish  belgilarini  to'g'ri  qo'yishga,  m atn n in g   m azm uni 
va  tarbiyaviy  aham iyatini  bolalar  ongiga  singdirishga 
yordam  beradi.  Buning  uchun,  o'rni  kelganda,  turli  imo- 
ishoralardan  foydalanish,  baland  yoki  past  ovozda  o'qib 
berish  h a m   m um kin.
O'qituvchi  m atndagi  m a ’nosi  yoki  imlosi  qiyin  so'zlarni 
doskaga  yozib,  talaffuzi  va  imlosini  qisqa  izohlaydi.  Keyin 
o'qituvchi  doskaga,  o'quvchilar  esa  daftarlariga  sana,  ish 
turi  (tekshiruv  diktanti)  va  sarlavhani  tartib  bilan,  har 
birini  xat-boshidan  yozadilar.  Shundan  so'ng  m atn  aytib 
yozdiriladi.  O'qituvchi  sodda  yig'iq  gaplarni  butunicha, 
sodda  yoyiq  gaplarni  so'z  birikmasiga  va  q o'shm a  ha m d a  
sodda  gaplarni  m a ’noli  qismlarga  bo'lib  aytib  turadi.  Shuni 
t a ’kidlash  zarurki,  so'zni  bo'g'inlab  yoki  so'zm a-so'z 
aytish  yaramaydi.  H ar  bir  gap  yoki  so'z  birikmasi  ko'pi 
bilan  uch  m arta   takrorlanishi  lozim.  Aytish  s u r’ati  shu 
sin f  o'q uvchilarining  gaplarni  yozib  ulgurishlarini  hisobga 
olgan  holda  belgilanishi  kerak.
20


Tekshiruv 
diktanti 
yozib 
b o iin g a c h , 
o'quvchilar 
diqqatini  jalb  etib,  o'qituvchi  m atnn i  sekinroq  s u r ’at  bilan 
yana  bir  m art a  o'qib  beradi.  O'quvchilar  o'z  yozuvlarini 
mustaqil 
ravishda 
tekshirishlari 
uchun 
m atn 
o'qib 
bo'lingach,  biroz  muddat  (ikki-uch  daqiqa)  beriladi.  Bu 
vaqt  ichida  o'quvchilar  o'z  ishlarini  tekshiradilar,  xatolarini 
topsalar,  to'g'rilaydilar.  O'qituvchi  esa  o'quvchilarning  har 
birini  diqqat  bilan  kuzatib,  ular  e ’tiborining  b o'linm as- 
ligiga  ahamiyat  beradi.
O 'quvchilar  o 'rtoqlarining  ishini  ko'rishga,  u  yoki  bu 
so'zni  qanday  yozganlarini  bi 1 ishga  qiziqadilar,  b a ’zan 
o 'rto g 'inin g  ishini  ko'rib,  o'z ining  to'g'ri  yozgan  so'zini 
o'zgartirishga  urinish  hoi lari 
ham   uchraydi. 
Bunday 
paytlarda  o'qituvchi  bolalarga  mustaqil  ishlash,  fikrlash 
lozimligini  eslatadi.
O'quvchilar  imlo  va  tinish  belgilarga  oid  qoidalarni  qay 
darajada  o'zlashtirgan 1 iklarini,  ulardan  amaliy  foydalana 
olishlarini,  ko'nikm alarini  sinash  bilan  birga,  g ram m atik 
mavzularni  ongli  o'zlashtirishlarini  tekshirish  maqsadida 
boshlang'ich  sinflarda  gram m atik   topshiriqli  tekshirish 
diktanti  h am   o'tkaziladi.
G ra m m a tik   topshiriq  darsdan  oldin  doskaga  yozilib, 
parda  bilan  to'sib  qo'yiladi  (ko'chm a  doska  yoki  katta 
qog'ozga  yozib  foydalansa  ham   bo'ladi).  O'quvchilar 
tekshirish  diktanti  m atnini  yozib  bo'lgach,  o'rganilgan 
m avzular  yuzasidan  berilgan  gram m atik   topshiriqlarni 
bajaradilar.  G r a m m a tik   topshiriqlar  quyidagi  m az m u nd a  
bo'lishi  m um kin:  biror  gapda  qatnashgan  so'zlardagi 
unli  yoki  undosh  ha rflarning  tagiga  chizish;  berilgan 
so'zlarni  bo'g'in  ko'chirish  qoidasiga  ko'ra  bo'laklarga 
ajratib,  chiziqcha  bilan  yozish;  talaffuzida  va  yozilishida 
farq  qilgan  undoshlarni  aniqlab,  tagiga  chizish;  talaffuzda 
tushib  qoladigan  undoshning  tagiga  chizish;  gaplarning 
(ular  aniq  ko'rsatiladi)  ega  va  kesimini  aniqlab,  eganing 
tagiga  bir,  kesim ning  tagiga  ikki  to'g'ri  chiziq chizish;  biror 
gapdagi  so'z larning  o'zak  va  qo'shim chalarini  aniqlab, 
chiziqlar  bilan  belgilab  ko'rsatish.  (Masalan, 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish