2. Hokim iyatning uchga bo'linish prinsipining qonun
ustuvorligini am alga oshirishdagi o ‘rni
0 ‘zbekistonda
faqat
mustaqillik
davriga
kelib
qonun
ustuvorligining konstitutsiyaviy va boshqa huquqiy asoslari yaratildi.
Ayniqsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
natijasida jam iyatda qonun ustuvorligining amal qilishi uchun huquqiy
shart-sharoitlar tug‘ildi. Qonun ustuvorligi prinsipi uning III bobida
ikkita - 15-16-m oddalarida m ustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsiyaning
15-moddasiga muvofiq
“0 ‘zbekiston
Respublikasida 0 ‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan
olinadi.
Davlat,
uning
organlari,
m ansabdor
shaxslar,
jam oat
birlashm alari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
k o ‘radilar”. Shuningdek, Konstitutsiyaning 16-moddasida “Birorta ham
qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va
qoidalariga zid kelishi mumkin emas” degan prinsip jo y olgan.
O ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
11-moddasida
m am lakatda davlat hokimiyati tashkil etilishining quyidagi asosiy
konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlangan: “0 ‘zbekiston Respublikasi
davlat hokim iyatining tizimi hokim iyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”. Davlat
hokim iyatining boMinishi prinsipining shakllanishi ilk bor sanoati
rivojlangan m amlakatlar fuqarolarining dem okratik qadriyatlar asosida
104
yashashga doir hayot tarzini jamiyatda qo'llashga intilishi, uning
natijasida qonun ustuvorligi prinsipi, inson huquq va erkinliklarini
ta’minlashga nisbatan tarixiy zaruratning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Bu prinsipga muvofiq davlatning qonunlar qabul qilish, ulami ijro
etish va odil sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog‘i -
qonun chiqaruvchi, hukumat va sud hokimiyatlari o‘rtasida taqsimlanishi
zarur. Bunda hokimiyatning biror tarmog‘i boshqa binning faoliyati
sohasiga aralashmasligi zarur. Uch hokimiyatning o‘zaro bir-birini tiyib
turishi hokimiyatning barcha tarmoqlarini o‘zaro mutanosiblashtiradi,
ulaming o‘zaro munosabatlarida muvozanat paydo bo'Iadi. Bu
prinsipning amalga oshirilishi xalq hokimiyatini biror guruh yoki alohida
shaxs tomonidan suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hokimiyatning
uchga bo‘linishi prinsipi dastlab XVIII asrda yashagan fransuz
ma’rifatparvari Shari Lui Monteskye tomonidan asoslab berilgan.
Hokimiyatning uchga bo'linish prinsipi jamiyatda qonun ustuvorligini
ta’minlashning asosiy kafolati sifatida davlatning asosiy belgilaridan
biriga aylandi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati - bu
davlatning uchta asosiy tayanchidir”.
0 ‘zbekiston
Respublikasida qonun chiqaruvchi
hokimiyatni
O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy
sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular
birgalikda 0 ‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi.
Hokimiyatning uchga bo‘linish prinsipi - huquqiy davlatning eng
muhim belgilaridan biridir. Konstitutsiyaning “Davlat hokimiyatining
tashkil
etilishi”
deb
nomlangan
beshinchi
bo'limida
uchala
hokimiyatning o‘zaro uyg'unlikdagi faoliyati mexanizmlari, shuningdek,
ulaming o‘zaro bir-birini tiyib turish tizimini vujudga keltiruvchi
qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati idoralari davlat hokimiyatining yagona tizimini tashkil
etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida hokimiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra
yagonadir.
Chunki
Konstitutsiyaning
7-moddasiga
binoan,
hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Alohida olingan boshqa biror
hokimiyat organi butun davlat hokimiyatini amalga oshirishga
da’vogarlik qilishi mumkin emas. Davlat hokimiyatining davlat organlari
o'rtasida bo‘linishini davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolatlarining
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o'rtasida bo‘linishi
deb tushunish kerak. Zero, ular Konstitutsiyada belgilab berilgan o‘z
105
vakolatlarini amalga oshirishda bir-birlaridan mustaqildirlar.
Hokimiyatning uchga boMinish qoidasi keyinchalik “0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi,
“0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy
qonunlarda,
“0 ‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi to‘g‘risida’gi, “O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi kabi boshqa qonunlarda yanada
rivojlantirildi.
Davlat hokimiyatining bu uchta tarmog‘ining har birini ham
boshqalaridan mustaqil boiishiga muhim ahamiyat berildi. Shu bilan
birga, bir tomondan, biri boshqalarining mutanosib rivojlanishi uchun
yetarli darajadagi shart-sharoitlami yaratishi, kerak boMsa ulami tiyib
turishi, ikkinchi tomondan esa umumiy maqsad - xalq farovonligi y o iid a
o ‘zaro bir-birlari bilan hamkorlik qilishi taqozo etiladi.
Davlat hokimiyatining bu uchta tarmog‘i bir-biri bilan uzviy
ravishda bog‘liq bo‘lishi uchun obyektiv zarurat paydo bo‘ladi. Ular
davlat hokimiyatini birgalikda va hamkorlikda tashkil etadilar va ular
siyosiy tizimdagi zarur elementlar bo‘lib hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanati tizimi faqatgina hokimiyatning uchta tarmog‘i o‘rtasida
emas, balki hokimiyatning tarmoqlari bilan davlat boshlig‘i - Prezident
o‘rtasida ham amal qiladi. Masalan, parlament tomonidan muhokama
qilingan qonunlar Prezident tomonidan imzolangandan keyingina kuchga
kiradi, Prezident veto huquqiga ega, ya’ni u qabul qilingan qonunlami
imzolamasdan qayta ishlash uchun parlamentga qaytarishi mumkin,
Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollarda parlamentni tarqatib yuborishi
mumkin, ijro etuvchi hokimiyat rahbari - Bosh vaziming nomzodini
tasdiqlash uchun, shuningdek, Konstitutsiyaviy, Oliy sudyalarining
nomzodlarini
saylash
uchun
parlamentga taqdim
etadi,
qonun
chiqaruvchi organ bo‘lgan Oliy Majlis esa Bosh vazimi lavozimga
tasdiqlaydi, parlament yuqori palatasi ko‘rsatilgan sudlar sudyalarini
saylaydi, parlament Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollarda Prezident
farmonlarini tasdiqlaydi, parlament ijro etuvchi hokimiyat mansabdor
shaxslarining hisobotlarini
eshitadi,
Konstitutsiyaviy
sud qonun
chiqaruvchi
va
ijro
etuvchi
hokimiyatlaming normativ-huquqiy
hujjatlarining, shuningdek, Prezident farmonlarining Konstitutsiyaga
mosligini aniqlaydi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
tizimidagi davlat organlarining shu va shu kabi yana boshqa vakolatlari
o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashdagi kompleks
mexanizmning elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlaming tahlili
bugungi kunda mamlakatimizda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanati tizimini ta’minlashning samarali mexanizmi yaratilganligini
ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bu tizimning kelajakda yanada
rivojlantirilishini hayotning o‘zi taqozo qila boshladi.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan
“O ‘zbekiston
Respublikasida jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi
Qonunning qabul qilinishi va ijro etilishi fuqarolik jamiyati institutlari
tomonidan davlat organiari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va shu orqali o ‘zaro tiyib turish
va manfaatlar muvozanati prinsipining ta’minlanishiga olib keladi,
shuningdek, har bir davlat organi va mansabdor shaxsning mas’uliyatini
va javobgarligini kuchaytiradi, oqibat natijada ular faoliyatini yanada
yaxshilaydi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilab berilgan yana bir qonunning,
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organiari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham o‘zaro tiyib turish va
manfaatlar muvozanatini ta’minlash mexanizmida ommaviy axborot
vositalari rolining yana ham oshishiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organiari tomonidan qarorlar qabul qilishda ulaming mas’uliyatini ko‘p
jihatdan kuchaytirishga olib keladi.
Konsepsiyada davlat rahbari va hukumat tomonidan huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat organiari tizimida ham o ‘zaro tiyib turish
va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmini yaratishga
qaratilgan yangi huquqiy hujjatlami ishlab chiqish va qabul qilish
lozimligi ko‘rsatib berildi. Bunday mexanizmni yaratish ushbu organlar
faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlaydi va demokratik
huquqiy davlat barpo etish yo‘limizda muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi Oliy Majlis palatalari
o ‘rtasidagi munosabatlarda ham amal qiladi. Ma’lumki, qonun
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan
m a’qullanib,
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon
qilingach, yuridik kuchga ega boMadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining
84-moddasiga
muvofiq
Qonunchilik
palatasi
tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat bu qonunni
ma’qullashi yoki rad etishi mumkin. Senat tomonidan rad etilgan qonun
107
Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Bunday qonunni qayta ko'rib
chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki
qismidan iborat ko'pchilik ovoz bilan qonunni yana m a’qullasa, qonun
Oliy Majlis tom onidan qabul qilingan hisoblanadi ham da imzolanishi va
e ’lon qilinishi uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik
palatasi tomonidan yuboriladi.
Shu tariqa o'zaro tiyib turish va m anfaatlar muvozanatining
samarali tizimini shakllantirish m amlakatimizda davlat hokimiyati
am alga oshirilishining zaruriy sharti bo'lib, uning am alda ta ’minlanishi
davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishga, davlat
organlari faoliyatida umumxalq m anfaatlarining hisobga olishning
kafolatlanishiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
yanada yaxshilanishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, m am lakatda fuqarolik jam iyati va huquqiy
davlatga xos bo'lgan hokimiyatning uchga bo'linishi prinsipini hayotda
qo'llash, unga amal qilish jarayonining rivojlanishi yangi bosqichga
kirdi. Bu prinsipni jam iyatning yashash qoidasiga aylantirish qonun
ustuvorligi prinsipini hayotda nam oyon bo'lishining asosiy qirralaridan
biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |