T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

h ok im iyatin in g 
qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organi  sifatida  aksariyat 
Yevropa  mamlakatlarida  konstitutsiyaviy  jihatdan  m ustahkamlandi.  Bu 
davrga  kelib,  qonun  m am lakat  aholisi  yoki  uning  k o ‘pchilik  qismi 
u m u m iy 
suveren  irodasining  ifodalanishi  sifatida  tushunila  boshlandi  va 
unga 
huqUqning 
asosiy  manbasi  sifatida  qarala  boshlandi.  Jumladan, 
Inson  va  fuqaro  huquqlari  deklaratsiyasining 
6 -m o d d a sid a  
(1789-y.) 
qonun  -   uni  tuzishda  shaxsan  yoki  o ‘z  vakillari  vositasida  ishtirok  etish 
h uquqiga 
ega  bo‘lgan  fuqarolam ing  umumiy  suveren  irodasining 
ifodalanishi degan prinsip m ustahkamlab q o ‘yildi.
XIX  asr  oxiri  -   XX  asrda  G ‘arbiy  Yevropa  olimlari  o‘rtasida 
qonunni  dualistik  talqin  etish  rivojlandi.  Qonun  davlatning  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyati  akti  sifatida  emas,  balki  umuman  davlat 
hokimiyatining  um um iy  m e’yorlar  xarakterini  kasb  etuvchi  akti  sifatida 
amal  qila boshladi.  Rasmiy  m a’noda qonun davlat hokim iyatining ijroiya 
va  qonun  chiqaruvchi  organlari  tomonidan  chiqarilgan  har  qanday 
aktlarini  o ‘z  ichiga  oldi.  Bu  bilan  ijroiya  va qonun  chiqaruvchi  organlar 
o'rtasida  tenglik,  hattoki  ijroiya  hokimiyatni  qonun  chiqaruvchi 
hokim iyatga 
nisbatan 
birinchiligi 
asoslana 
boshlandi. 
Qonun 
hodisalam ing  cheklanm agan  miqdorini  nazarda  tutgan  huquq  m e’yori, 
umumiy  qoida  sifatida  baholandi:  huquq  m e’yori  hokim iyat  organlari 
irodasining to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri  ifodasini  tashkil  etadi:  bu  iroda belgilangan 
tartibda ifodalanishi zarur.
M a’lumki,  huquqiy  davlat  -   m amlakatda  yaqin  davrdan  buyon 
muom alaga  kirgan  tushuncha  hisoblanadi.  Albatta,  bu  tushunchani 
nihoyatda  qisqacha  ifodalaganda  davlat  huquqqa  bo‘ysunishi  zarur.  Bu


amalda  umuminsoniy  qadriyatlam ing  sinfiy  qadriyatlardan  ustunlik 
qilishini  anglatar edi.  Chunki  huquqiy  davlatda davlat  ustidan  huquqning 
hukmronligiga amal qilinadi.
Shuningdek, jam iyat  hayotining  barcha sohalarida qonun  ustunligi, 
hokimiyatlaming  bo‘linishi,  fikrlar  plyuralizmi,  oshkoralik,  sudning 
yuqori  roli,  fuqarolar  va  davlatning  o‘zaro  m as’ulligi  taqozo  etiladi. 
Faqat  ko‘rsatilgan  belgilam ing  mavjudligi  va  keng  rivojlanganligi 
sharoitidagina  huquqiy  davlatni  shakllantirish  to ‘g‘risida  so 'z   ketishi 
mumkin.
Huquq ustunligi ikkita jihatning o 'zaro birikuvini taqozo etadi:
1)  institutsiyaviy-huquqiy  (davlat  hokimiyati  tizimini  huquqiy 
tashkil etish shaklida);
2) m e’yoriy-huquqiy (huquqiy qonunning ustunligi ko'rinishida).
Lekin  davlat  bilan  huquqning  o 'zaro   aloqalari  ancha  murakkab
kechadi.  Bir  tomondan,  huquqni  obyektivlashtirishning  asosiy  yo'li 
qonun -  davlat  akti  orqali  o'tadi.  Davlat  bir  vaqtning  o'zid a  sud,  tergov 
boshqa  organlar  tizimi  orqali  huquqiy  ko'rsatm alam i  amalga  oshirishni 
ta’minlaydi.  Davlat bu yo'l  bilan  o'zining irodasini,  siyosiy manfaatlarini 
hayotda amalga oshirishga intiladi.
Huquq  bilan  qonun  o'rtasidagi  jiddiy  farqlanishlami  tahlil  etish 
asnosida  ulardan  birinchisining  davlat-huquqiy  aktlar  vositasida  o'ziga 
xos  institutsiyaviy tuzilma xususiyatiga ega bo'lgan,  huquq manbasi yoki 
huquq shakli  deyiladigan  ijtimoiy kuchli  boMishi  va mustaqil  qadriyatlari 
bilan ajralib turadigan o'zig a xos noyob hodisa ekanligini ko'ramiz.
Yevropa 
doktrinasi 
huquq 
manbalari 
tizimida 
qonunning 
ustunligini  rasmiy  jihatdan  mustahkamlashni  va  qonun  ustunliginining 
(hokimiyatlar  bo'linishi,  sud  mustaqilligi,  konstitutsiyaviy  nazorat) 
huquqiy-siyosiy  kafolatlari  tizimi,  shuningdek,  qator huquqiy  bo'lmagan 
sharoitlar (moddiy  farovonlikning m a’lum darajasi,  ijtimoiy  qatlamlar va 
sinflam ing 
o 'zaro 
sivilizatsiyalashgan 
munosabatlari, 
jamiyat 
a’zolarining  qanchalik  axborotlashganligi)  mavjud  bo'lishini  ko'zda 
tutadi.
Mohiyatan,  qonun  ustunligi  konsepsiyasi  “sh affo f’  ko'rinishda 
(uning  an’anaviy  tushunchasida)  faqat  klassik  musulmon  huquqida 
amalga  oshirildi.  K o'pincha,  qonun  ustunligi  prinsipi  e’lon  qilingan 
huquqiy  tizimlarda  uning  amal  qilishi  uzoq  davom   etmasligini  ham 
ko'rish  mumkin.  Bu  kabi  holatlar  parlamentning  vakolatlarini  ijroiya 
hokimiyati  foydasiga  cheklashga  moyillik  bilan  bog'liqdir.  Shuning 
uchun  qonunning  huquq  manbalari  tizimidagi  o 'm i  k o 'p   jihatlardan


parlam ent  va  hukum at  o‘zaro  nisbatiga  qarab  belgilanadi.  Shuningdek, 
qonun  ustunligi  prinsipi  amal  qilishining  cheklanishi  uning  xalqaro 
huquq  m e’yorlari  bilan  o ‘zaro  aloqalari  oqibatida  ham   ro ‘y  berishi 
kuzatilgan.
Qonun  ustunligi  huquqiy  davlatning  belgisi  sifatida  shuni 
anglatadiki,  iqtisodiyot,  siyosat,  ijtimoiy,  m adaniy  sohalarda  asosiy 
ijtimoiy  m unosabatlar,  umuman,  har  doim  ham  nafaqat  qonun  bilan, 
balki  oliy organlar qabul  qilgan  oliy huquqiy hujjatlar bilan  ham  huquqiy 
tartibga  solinadigan  holatlar  ko‘p  uchraydi.  So'ngra,  qonun  ustunligi 
uning  barchaga  baravar  taalluqli  ekanligini  (ya’ni  qonun  talablarining 
barcha  huquqiy  m unosabatlar  subyektlariga  teng  darajada  tarqalishini), 
butun  bir  davr  ichida  va  shaxslar  doirasida,  mamlakatning  barcha 
hududlarida  to ‘la  koMamli  tarzda  amal  qilishini  anglatadi.  Huquqiy 
davlatda  qonunlar  huquqiy  tartibga  solishga  zarurat  sezayotgan  eng 
muhim  m unosabatlam i  muvofiqlashtiradi.  M e’yoriy-huquqiy  aktlar 
o'zlarining  huquqiy  kuchiga  bog‘liq  holda  qonunchilik  tizimini  tashkil 
etadi.
Huquqiy  (yuridik)  kuch  -   bu  mazkur  m e’yoriy-huquqiy  aktning 
bo‘ysunish  darajasi,  uning  huquqiy  aktlar  iyerarxiyasidagi  o ‘midir. 
Konstitutsiya  oliy  yuridik  kuchga  egadir.  Hokim iyatning  hech  bir 
tarmog‘i  K onstitutsiyani  inkor etish  huquqiga ega emas.
Yuridik  kuch  darajasi  bo ‘yicha  Konstitutsiyadan  keyin  qonunlar 
turadi.  Q onunlar jam iyatning  asosiy  masalalari  bo ‘yicha  qabul  qilinadi. 
Ular  bevosita  davlatning  irodasini  ifodalaydi.  Barcha  qolgan  m e’yoriy- 
huquqiy  aktlar  qonunlam i  bajarish  asosida  qabul  qilinadi.  Qonunlam i 
faqat  oliy  vakillik  organi  qabul  qilishi  mumkin.  Qonunlar  faqat  boshqa 
qonunlar  bilan  o'zgarishlarga  uchrashi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin. 
Qonunchilik  tizim iga  qonunlardan  tashqari  hukumat,  vazirliklar  va 
m uassasalam ing  qonunosti  hujjatlari  kiradi.  Ular  o‘z  kompetensiyalari 
doirasidagi,  iqtisodiyotning  tegishli  sohalari  ichidagi  va  hokimiyatning 
mahalliy  organlari  qonunosti  aktlariga  doir  m unosabatlam i  tartibga 
soladi.
Huquqiy  davlat  sharoitida  qonunlam i  individual  yoki  guruhiy 
irodalarining  emas,  balki  umum xalq  irodasi  sifatida  nam oyon  bo‘lishini 
nazorat  qilish  tizimi  bo ‘lishi  taqozo  etiladi.  Um um insoniy  qadriyatlar 
talablariga javo b  bermaydigan  qonunlar  ustunligi  diktaturani  o ‘m atishga 
olib kelmasligi  uchun nazorat tizimi qonunchilikning saqlanishiga kafolat 
berishi,  o ‘zboshim chalikka y o ‘l  qo ‘ymasligi  lozim.  Huquqiy  davlatda bu 
funksiyalar  sud  tizim iga  topshirilgan.  Sudlar  Konstitutsiyani  amal
102


qilishini  ta’minlash  vositasidir.  Ular  qonun  chiqaruvchi  va  ijroiya 
hokimiyatlari  xatti-harakatining  qonuniyligini  tekshirish  huquqiga  ega 
b o ‘lmog‘i  lozim.  Am aliyotda  sud  tizimi  kiradigan  Konstitutsiyaviy 
nazoratning  boMishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Qonunni  adolat 
g'oyalariga,  um um insoniy  qadriyatlar  ustuvorligiga,  o'zining  huquqiy 
tabiatiga  m uvofiq  boMishi  uning  huquqiy  davlat  shart-sharoitlari 
talablariga javob  berishini  anglatadi.  Qonunni  xalqning  ko'pchilik  qismi 
irodasini  ifodalashini  aniqlashning  o ‘ziga  xos  mexanizmlari  mavjud: 
jam oatchilik  fikrini  to ‘liq  ifodalash,  oshkoralik,  so‘z  erkinligi.  Davlat 
amaliyotida  saylovlar  va  referendumlar  vositasida  o ‘z  qonunlarini  xalq 
irodasi  asosida  qabul  qilinganligini,  ulaming  huquqiy  ekanligini 
mustahkamlash tajribasidan keng foydalaniladi.
Qonun ustunligi  nafaqat qonunlam ing mazmunini aks ettiradi,  balki 
davlat,  uning organlari  va mansabdor shaxslarining ham  barcha fuqarolar 
bajarishi  shart  bo'lgan  qonunlarga  so'zsiz  bo'ysunishini  ifodalaydi. 
Qonun  ustunligi  m e’yoriy  aktlam ing  o'zaro  ziddiyatlarga  kirishishiga 
yo‘l  bermaydigan  m a’lum  iyerarxiyasini  anglatadi.  Qonunlar  xalqaro 
huquq  me’yorlariga muvofiq  kelishi  lozim.  Asosiy qonun (Konstitutsiya) 
iyerarxiya  pog'onasida  bosh  b o lish i,  boshqa barcha m e’yoriy  aktlaming 
unga muvofiq boMishi,  unga qarshi ziddiyatlarda bo'lm asligi talab etiladi.
Qonun 
ustunligi 
mamlakat 
aholisining 
umumiy 
irodasini 
ifodalashdan  tashqari  qonunlam i  qabul  qilish  va  ularga  amal  qilish 
jarayoni  uni  boshqa  m e’yoriy  aktlardan  yuqori  turishini,  huquqning  har 
qanday  tizimida  alohida  o'ringa  ega  ekanligini  ta’minlashi  lozim. 
Qonunlam i  hurm at  qilish,  ularga  so‘zsiz  amal  qilish  huquqiy  davlatning 
ajralmas belgisi,  barcha luqarolar ongi va xulqining ajralmas qismidir.
O 'zbekistonda  qonun  ustuvorligi,  inson  huquq  va  erkinliklarini 
ta’minlay 
oladigan 
sud 
tizimi 
mustaqillik 
davrida 
shakllandi. 
0 ‘zbekiston  Respublikasida  sud  tizimi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyaviy  sudi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi,  harbiy 
sudlar,  Qoraqalpog*iston  Respublikasi  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari 
bo'yicha  sudlari,  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo 'y icha  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  sudlari,  Qoraqalpog*iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  iqtisodiy  va  m a’muriy  sudlari,  fuqarolik  ishlari 
bo'y ich a  tum anlararo,  tuman,  shahar  sudlari,  jinoyat  ishlari  bo'yicha 
tum an,  shahar  sudlari,  tumanlararo,  tuman,  shahar  iqtisodiy  sudlari  va 
tuman,  shahar m a’muriy sudlaridan  iborat.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  sud  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi  va  boshqa  qonunlarida,  inson  huquqlari  to ‘g‘risidagi
103


xalqaro  hujjatlarda  e’lon  qilingan  fuqarolam ing  huquq  va  erkinliklarini, 
korxonalar,  m uassasalar va tashkilotlam ing huquqlari  ham da qonun bilan 
qo ‘riqlanadigan  manfaatlarini  sud  yo‘li  bilan  him oya  qilishga  da’vat 
etilgan.  Sudning  faoliyati  qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni, 
fuqarolar tinchligi  va totuvligini ta ’m inlashga qaratilgandir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  fuqarolik, jinoiy  va  m a’muriy 
sud  ishlarini  yuritish  sohasida  sud  hokim iyatining  oliy  organidir. 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  oliy 
sudlari,  viloyat,  shahar,  tumanlararo,  tum an  sudlari  va  harbiy  sudlam ing 
sudlov faoliyati  ustidan  nazorat olib borish  huquqiga egadir.  0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi  ishlami  birinchi  instansiya sudi sifatida va nazorat 
tartibida  ko'radi.  U  o ‘zi  birinchi  instansiya  sifatida  ko‘rgan  ishlami 
apellyatsiya 
yoki  kassatsiya  tartibida  shikoyat  berish  huquqiga  ega 
bo'lgan  shaxslam ing  xohishiga  ko‘ra  apellyatsiya  yoki  kassatsiya 
tartibida ko'rishi  mumkin.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish