T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

9
%
-  zarur  moddiy  vositalar  va  moliyaviy  mablag'lami  yig'ish,
232


jumladan,  fuqarolik jamiyati  institutlarining,  eng  aw alo,  aholi  qo'llab- 
quwatlaydigan, 
mustaqil 
respublika  fuqarolarining  u 
yoki 
bu 
manfaatlarini  qondirish va himoya qilish bo'yicha ulaming oldida turgan 
vazifalarni  mustaqil  hal  etuvchi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining 
rivojlanishini  rag'batlantirish  uchun  mo'ljallangan  mahalliy,  chet  el, 
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlaming grantlarini jalb etish;

eng  muhim  gumanitar,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa  ijtimoiy 
ahamiyatli  muammolarni  hal  etishdagi  fuqarolaming  ijtimoiy-siyosiy 
faolligini  oshirishga,  fuqarolik jamiyatining  institutlarini  rivojlantirishga 
qaratilgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  loyihalari  va  dasturlarini 
moliyalash.
O'zbekiston  Respublikasining  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonuniga  ko'ra NNT  va  fuqarolik 
jamiyatining  boshqa  institutlari  faoliyati  davlat  tomonidan  subsidiya, 
grant,  ijtimoiy  buyurtmalar  berish  shaklida  qo'llab-quwatlanmoqda. 
2008-yildan  hozirga  qadar  Oliy  Majlis  huzuridagi  jamoat  fondi 
mablag'larini  boshqarish  bo'yicha  parlament  komissiyasi  ko'magida 
NNT  va  fuqarolik  jamiyati  boshqa  institutlari  assotsiatsiyalari  va 
birlashmalarining  600  ga  yaqin  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  loyiha,  dastur, 
ustav  vazifalari  amalga  oshirildi.  Faoliyati  davomida  ishlab  topilgan 
barcha  mablag'lami  NNT  o'zlarining  dasturlarini  kengaytirish  va 
moliyalashtirishga  yo'naltiradi.  Albatta,  o'z  o'mida,  NNT  ijtimoiy 
muammolarni  hal  qilish,  sog'liqni  saqlash,  ta’lim,  fan,  madaniyat  va 
san’atni  qo'llab-quwatlash,  fuqarolar  huquqiy  madaniyatini  oshirish, 
fuqarolami  jamiyatni  boshqarishdagi  ishtirokini  kengaytirish  kabi 
faoliyat»  bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
Shuningdek,  0 ‘zbekistonda  BMTning  Rivojlanish  Dasturlari 
asosida o‘nlab xorijiy nodavlat tashkilotlar o'z vakolatxonalari  va boshqa 
vakillik  idoralarini  tashkil  etdi.  Jumladan,  Jahon  sogMiqni  saqlash 
tashkiloti  vakolatxonasi,  BMTning  Bolalar  jamg'armasi  (YUNISEF) 
vakolatxonasi, 
Xalqaro 
rivojlanish 
bo'yicha 
AQSH 
agentligi 
vakolatxonasi,  'Britaniya  Kengashi”  (“British  Council”),  Konrad 
Adenuer jamg'armasining Markaziy Osiyo va Qozog'iston  mamlakatlari 
bo'yicha  vakolatxonasi,  Fridrix  Ebert  jamg'armasi  vakolatxonasi, 
Xalqaro  ta’lim  bo'yicha  Amerika  Kengashi  (“ACCELS”),  Markaziy 
Osiyoga  beg‘araz  yordam  tashkiloti  (“CAFE”),  Germaniya  Agroaksiya 
tashkiloti,  YUNESKO  vakolatxonasi,  “Global  Involvement”  nomli 
ta’limga doir tashkilot, Osiyo  madaniyati va rivojlanish instituti,


AQSHning 
“M ehr-m uruwat 
кофивГ’ 
va 
ekologiyaga 
oid 
“KOFUTIS”  tashkiloti,  fuqarolik  jamiyati  qurishga  ko'maklashuvchi 
“Krosslink  Development  Intemeshnl”  xalqaro  tashkiloti,  Xalqaro 
rivojlanish  assotsiatsiyasi,  Buyuk  Britaniyaning  “Rivojlanish  uchun 
hamkorlik”  tashkiloti,  AQSHning  Xalqaro  tatqiqotlar  va  o ‘zaro 
almashishlar  kengashi  (IREX),  Yevroosiyo jamg'armasi,  Germaniyaning 
“Gyote  instituti”,  Fransiyaning  “Alyans  Franse”  tashkiloti,  Xalqaro 
hamkorlik bo‘yicha Koreys  agentligi,  Rivojlanish va hamkorlik bo'yicha 
Turkiya  agentligi,  Xalqaro  hamkorlik  bo'yicha Yaponiya  agentligi  kabi 
yuzdan  ortiq  xorijiy  mamlakatlar  nodavlat  tashkilotlari  vakolatxonalari 
va  filiallari  turli  sohalarida  keng  faoliyat  yuritmoqda.  Hozirgi  davrda 
mamlakatda  50  ga  yaqin  xorijiy  mamlakatlar  NNT  va  ulaming 
vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatda XXI  asr  boshlarida “Kuchli  davlatdan -  kuchli jamiyat 
sari”  konseptual  siyosiy  dastumi  amalga  oshirish  maqsadlaridan  kelib 
chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini  mahalliy davlat 
hokimiyati,  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  va  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarga bosqichma-bosqich  berib  borish  asosida jamiyat qurilishini 
erkinlashtirish jarayonlari  boshlandi.  Bu  sohada  quyidagi  yo'nalishlarda 
islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda:
-  birinchidan,  jamiyat  a’zolarining  ongi,  irodasi,  madaniyati,
234


m a’naviyati  va  bilimi  yuksak  darajada  bo'lishiga  erishish,  ulaming 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
-  ikkinchidan,  jamiyat  a’zolarining  manfaatlari  uyg‘unlashuvi 
jarayonlarini  shakllantirish,  jamiyat  manfaatlarining  shaxsiy  manfaatlar 
bilan mushtarakligiga erishish;
-  uchinchidan,  jamiyatning  takomillashuvi  va  yangilanishi  uchun 
kuchli  va real siyosiy,  iqtisodiy, madaniy imkoniyatlami shakllantirish;
- to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari  va tuzilmalari  o ‘rtasidagi  hamkorlik 
asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;
-  beshinchidan,  jamiyatdagi  munosabatlami  tartibga  soluvchi 
huquqiy  qoidalar ta’sirini  kuchaytirish,  ularga ongli  ravishda bo‘ysunish 
amaliyotini vujudga keltirish;
-  oltinchidan,  siyosiy  hokimiyatning  o‘z  vazifalarini  to'liq 
bajarishiga  kengroq  va  qulayroq 
imkoniyatlar  yaratish,  siyosiy 
hokimiyatga  nisbatan  jamiyat  a’zolari  ishonchini  kuchaytirish,  uning 
aholi  tomonidan  keng  va  faol  qo'llab-quwatlanishiga  erishish  kabi 
yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi.
Hozirgi  islohotlami  yanada  chuqurlashtirish  davrida  “Kuchli 
davlatdan -  kuchli  fuqarolik jamiyati  sari” tamoyilini  hayotga tatbiq etish 
jarayonlaridagi  muammolardan  biri  -   bu  turli  ijtimoiy  qatlamlar 
shakllanishining  sekin  kechishi  natijasida  ulaming  turli  manfaatlari 
nodavlat  notijorat  tashkilotlar  faoliyatida  ifodalanishi  qiyin  kechmoqda. 
Chunki  “uchinchi  sektor”  tashkilotlari  u  yoki  bu  ijtimoiy  qatlamlar  va 
guruhlar  manfaatlarini  ifodalay  olish  qobiliyatiga  ega  boMgandagina 
fuqarolar  ular  faoliyatida  ishtirok  etishga  moyil  bo‘ladilar.  Aks  holda, 
fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar.
Mamlakatdagi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  aksariyat  qismi 
hali  o'zlari  tayanadigan  ijtimoiy  qatlamlami  aniqlashtirib  olmaganliklari 
yoki  o'zlarini  biron-bir  ijtimoiy  qatlam  manfaatlarini  ifodalovchi 
tashkilot  darajasiga  yetkaza  olmaganliklari  uchun  ham  ular  faoliyatiga 
fuqarolami  jalb  etish  muammolari  o‘z  yechimini  topganicha  yo‘q. 
Ayniqsa,  hali  ham  aksariyat  jamoat  birlashmalari  va  nodavlat 
tashkilotlaming rahbarlari  va  faollarining eski  byurokratik  nomenklatura 
tizimida  orttirgan  ruhiyati  va  ish  uslublaridagi  tajribalari,  xuddi  davlat 
organlariga  xos  rahbarlik  kabi  faoliyati  hamon  saqlanib  qolayotganligi 
achinarli  holdir.  Ulaming  ba’zilari  esa  hali  ham  davlat  hokimiyati 
organlarini o ‘zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar.
Mamlakatdagi  kasaba  uyushmalarini  fuqarolik  jamiyati  instituti 
sifatida  demokratlashtirishdagi  muhim  vazifalardan  biri  -   bu  xalqaro


tajribalardan  kelib  chiqib,  mehnat  jamoalaridagi  boshlang'ich  kasaba 
uyushmalarining  tashkiliy  va  ijtimoiy  himoyaga  taalluqli  faoliyatini 
yuksaltirish,  ijtimoiy  sheriklikda  ham  ulaming  hal  qiluvchilik  rolini 
ko‘tarish,  ulami  mustaqil  tashkilot  sifatidagi  maqomini  ta’minlash, 
shuningdek,  tarmoqlar  kasaba  uyushmalari  atrofiga  jipslashtirish 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir.
Mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  qurishdagi  yana  bir  muhim 
muammolardan  biri  -   bu  fuqarolar  siyosiy  madaniyati  va  huquqiy 
madaniyatlari 
demokratik 
asoslarda 
shakllanishiga 
erishishdir. 
Shuningdek, 
fuqarolaming 
ijtimoiylashuv 
jarayonlarini 
amalga 
oshirishda  nodavlat  tashkilotlaming  o ‘mini  oshirish  ham  hozirgi 
davming dolzarb vazifalaridan biridir.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish