T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018


umummamlakat  ahamiyatiga  ega boMgan  NNT.  Ular o'zlarining 
tuzilmaviy 
quyi 
tashkilotlariga  (mahalliy 
tashkilotlari, 
flliallari,
227


bo'limlari,  vakolatxonalari  va  boshq.)  ega  bo'lib,  butun  mamlakat 
miqyosida faoliyat yuritadi;
- mintaqaviy NNT.  Ularga Qoraqalpog'iston respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahri hududlarida faoliyat yuritadigan NNT kiradi;
-  mahalliy  NNT.  Ularga  tumanlar,  shaharlar,  shaharcha  va  boshqa 
kichik hududlarda faoliyat yurituvchi NNT kiradi.
O'zbekistondagi  NNTni  xalqaro  tashkilotlar ekspertlari  quyidagicha 
tasniflaydi:
1.  Aholining  yirik  qatlamlari  ijtimoiy  manfaatlari  uchun  xizmat 
qiladigan  umummilliy  tuzilmalar  (“Mahalla”  xayriya  jamg'armasi, 
O'zbekiston  yoshlar ittifoqi,  Xotin-qizlar  qo'mitasi, Nogironlar jamiyati, 
“Nuroniy” jam g'arm asi  va boshq.).
2.  Ekologiya, madaniyat va sog'liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan 
milliy-xalqaro  jam g'arm alar  (“Ekosan”,  “Ibn  Sino”,  “Sog'lom  avlod”, 
Orolni qutqarish, Amir Temur va boshqa xalqaro jamg'armalar).
3.  Kasbiy  va  ma’naviy  manfaatlar  bo'yicha  tuzilgan  ijtimoiy 
tashkilotlar (Respublika  “Ma’naviyat  targ'ibot”  markazi,  “Ijtimoiy  fikr” 
jamoatchilik fikrini  o'rganish markazi va boshq.).
4.  Umummilliy  hayriya  jamiyatlari  va  jamg'armalari  (Bolalar 
jamG'armasi, “Mehr nuri” jamg'armasi  va boshq).
5.  Huquqni  himoya  qilish  nohukumat  tashkilotlari  (O'zbekiston 
sudlar  uyushmasi,  Advokatlar  palatasi,  Inson  huquqlari  bo'yicha 
O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.).
6.  Ijodiy  ziyolilaming  milliy  jamoat  tashkilotlari  (Yozuvchilar 
uyushmasi, 
Jumalistlar 
uyushmasi, 
Kompozitorlar 
uyushmasi, 
Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.).
7.  Milliy-madaniy markazlar (ular 0 ‘zbekistonda yashayotgan milliy 
jamoalar  (ozchilik)  vakillarini  milliy  va  etnik  belgilariga  qarab 
birlashtiradi,  xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik jamiyatlari va boshq.).
8.  Ijtimoiy  ahamiyatli  qatlamlar  va  ijodiy  manfaatlar  bo'yicha 
birlashmalar (Veteran jangchilar birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining 
ko'ngilli  jamiyati,  Ixtirochilar  va  ratsionalizatorlar  jamiyati,  Turistlar 
klubi, Havaskor qo'shiqchilar klubi va boshq.).
Bundan  tashqari,  NNTlar  qatoriga  turli  shakllarga  mansub  bo'lgan 
tashkilotlami kiritish mumkin:
□  Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
□  Kasaba uyushmalari;
□  Diniy tashkilotlar;
□  Turli sport federatsiyalari va uyushmalari.
228


Mamlakatimizda  1991-yili  jamoat  birlashmalarining  soni  200  tani 
tashkil etgan bo'lsa, 2000-yilda ulaming soni 2300 taga, 2010-yilda 5100 
taga yetdi. Bugungi  kunda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming  100 
dan  ziyod  nodavlat notijorat tashkiloti  faoliyat ko‘rsatmoqda.  Bu  degani 
2010-yilga nisbatan  1,6 marta ko‘p demakdir.
Mamlakatdagi  nodavlat notijorat tashkilotlarining 39  foizi  hukumat 
va  uning  quyi  organlari  tashabbusi  bilan  tuzildi.  Mavjud  nodavlat 
notijorat  tashkilotlarining  16,1  foizini  sport,  10,4  foizini  yoshlar,  10 
foizini  huquqiy  va  demokratik  institutlami  mustahkamlash,  9  foizini 
siyosiy  partiya  tashkilotlari,  8,4  foizini  nogiron  va  imkoniyati 
cheklanganlar huquq va manfaatini  himoya qilish,  6,4  foizini  madaniyat- 
ma’rifat  va  tarix  yo‘nalishi,  6,3  foizini  kasaba  uyushmalari,  5  foizini 
xotin-qizlar,  4,4  foizini  favqulodda  vaziyatlar,  4,2  foizini  faxriylar,  3,8 
foizini  soG‘liqni  saqlash,  3,4  foizini  tadbirkorlar  va  fermerlar  hamda 
qolgan  12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi.
Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki  davrlarida 0 ‘zbekiston 
“Mahalla”  xayriya  jam g‘armasi  tashkil  topdi.  0 ‘tgan  davr  ichida 
“Sog‘lom  avlod  uchun”  xalqaro  nohukumat  xayriya  jam g‘armasi, 
“Ekosan”  xalqaro  ekologiya va salomatlik jam g‘armasi,  Markaziy Osiyo 
xalqlari  madaniyati  Assambleyasi,  Xalqaro  Amir  Temur  jamg'armasi, 
Xalqaro  Imom  Buxoriy  jamg'armasi,  “Oltin  meros”  jamg'armasi, 
respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Xalq birligi” 
harakati, 
O'zbekiston 
faxriylarini 
qo'llab-quwatlash 
“Nuroniy” 
jamG'armasi,  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati,  “Ijtimoiy  fikr” 
jamoatchilik  fikrini  o'rganish  markazi,  Tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va 
tadbirkorlar  Palatasi,  Milliy  matbuot  markazi,  Baynalmilal  madaniy 
markaz,  respublika  “Iste’dod”  jam g‘armasi  kabi  nodavlat  tashkilotlar 
tuzildi.  0 ‘zbekiston  xotin-qizlar  qo'mitasi  esa  demokratik  prinsiplar 
asosida  butunlay  qaytadan  tashkil  etildi.  Shu  bilan  birga,  0 ‘zbekiston 
“Tadbirkor  ayol”, 
O'zbekiston 
Bolalar  jamg‘armasi, 
“Ayol  va 
salomatlik”,  “Mehr”,  “Ayollar  resurs  markazi”,  “Ayol  va  jamiyat” 
instituti  kabi  xotin-qizlar  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  va  ular 
manfaatlarini  ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Keyingi  o‘n  yilliklarga  kelib  O ‘zbekiston  ijtimoiy  hayoti  uchun 
butunlay  yangi  bo'lgan  nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi.  XXI  asrda 
texnologik jarayonlaming  ko'payishi,  avtomobil  harakatlarining  keskin 
oshishi,  plastik  mahsulotlaming  maishiy  turmushga  kirib  kelishi 
natijasida  ekologik  xavf  kuchaydi.  Ana  shu  xavf  oqibatlariga  qarshi 
kurash  maqsadida  mamlakatdagi  ekologiyaga  oid  tashkilotlar tashabbusi


bilan  2008-yil  2-avgustda  0 ‘zbekiston  Ekologik  harakati  tashkil  etildi. 
Bu  harakat  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida  faoliyat  yurita  boshladi. 
Uning  asosiy shiori  -  “Atrof-muhit ozodaligi  -  salomatlik garovi”  aholi 
o'rtasida  tezlik  bilan  yoyilib  ketdi.  Bu  harakatning  faol  harakati  bilan 
aholi  o'rtasida ekologik madaniyatni  shakllantirishga oid turli tadbirlami 
amalga oshirish an’anaga aylana boshladi.
O'zbekiston  ekologik  harakati  faollarining  ona  tabiatni  asrash, 
inson  salomatligini  himoya  qilish,  shaharlarda  daraxtlar  va  turli 
o'simliklami  ko'paytirishga  doir  faoliyati  o 'z  samarasini  bera  boshladi. 
Shuningdek,  ekoharakatning  “Sog'lom  muhit  -   inson  salomatligi” 
g'oyasi  ham  o 'z   atrofiga  aholining  turli  ijtimoiy  qatlamlarini  birlashtira 
boshladi.  Ekoharakat quyidagi dasturiy vazifalarni  ilgari surdi:
Ekoharakatning asosiy e’tibori  atrof tabiiy  muhitni  muhofaza qilish 
mamlakatimiz  har  bir  fuqarosining  umumiy  vazifasi  bo'lib  qolishiga 
yo'naltiriladi.  Ushbu maqsadlarda Ekoharakat o 'z  sa’y-harakatlarini:
-  o 'z   ishtirokchilari  va  tashkilotlarida,  hamkorlarida  mintaqaviy, 
milliy  va  mahalliy  ekologik  hamda  aholi  salomatligi  muhofazasi  yaxlit 
dasturlarini  ishlab  chiqish  va  bajarishdagi  amaliy  ishtiroklarini 
faollashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni shakllantirish;
-  Ekoharakat  ishtirokchilari  va  hamkorlarining  davlat  organlari  va 
jamoat  tuzilmalari  tomonidan  mavjud  ekologik  muammolarini  hal  etish 
va  ulaming  salbiy  oqibatlarini  bartaraf qilish  sohasidagi  qonun  hujjatlari 
ijrosi  borasidagi  mas’uliyatini  kuchaytirishga  qaratilgan  faoliyatini 
muvofiqlashtirish;
- jamoat birlashmalari, jamoat fondlari  va boshqa nodavlat notijorat 
tashkilotlarining 
muayyan  ekologik 
muammolarni 
hal  etishdagi 
hamkorliklari samaradorligini oshirish va rivojlantirishgayo'naltiradi.
Xususan Ekoharakat:
-  fuqarolaming  qulay  atrof  tabiiy  muhitga  bo'lgan  huquqini 
himoyalashga 
hamda 
tabiatdan 
foydalanish 
sohasida 
iqtisodiy 
mexanizmlami  joriy  etishga  qaratilgan  ekologik  xavfsizlikni  kompleks 
tarzda  ta’minlash  bo'yicha  qonun  hujjatlarini  qabul  qilish  va  ulami 
amalga oshirishga;
-  mamlakatda  ekologik  huquqbuzarliklar  va  tabiatga  boshqacha 
tarzda  zarar yetkazganlik  uchun  korxona va tashkilotlaming,  mansabdor 
shaxslar 
va  alohida 
fuqarolaming  javobgarligini 
kuchaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlami har tomonlama qo'llab-quwatlashga;
-  ekologik  huquqbuzarliklar  va  tabiatga  zararli  bo'lgan  boshqa 
ta’sirlar  oqibatlarini  bartaraf  etish,  shu  jumladan,  transchegaraviy


ahamiyatga ega boMgan holatlarda ham,  ular tomonidan atrof-muhitga va 
inson  salomatligiga  yetkazilgan  zarami  qoplashni  huquqiy  jihatdan 
tartibga  solish  hamda  huquqni  qo‘llash  amaliyoti  samaradorligini 
oshirishga intiladi.
0 ‘zbekiston  ekologik  harakatining  parlamentda  o‘zining  vakillari 
boMishi  tarixiy  zarurat sifatida paydo  boMdi.  Parlamentda tabiatni  asrash 
va  ekologiyani  yaxshilashga  qonunchilikni  rivojlantirish  maqsadida 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  150  ta 
deputatdan  15  tasining  0 ‘zbekiston  ekologik  harakati  tomonidan 
saylanishiga  doir  huquqiy  asos  yaratildi.  Buning  natijasida  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasida  15  deputatdan  iborat 
fraksiyasi  faoliyat  yuritishi  qonuniy  tarzda  rasmiylashdi.  2009-yil  va
2014-yil  dekabrda  Ekoharakat  konferensiyasida  saylangan  mazkur 
deputatlar  guruhi  atrof  muhit  muhofazasiga  oid  ko‘plab  qonunlar 
loyihalarini  ishlab  chiqishda  va  ulami  qabul  qilishda  bevosita  ishtirok 
etib kelmoqda.
Ma’lumki,  0 ‘zbekiston  -   ko‘p  millatli  mamlakat.  Yurtimizda 
fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida  shakllangan  va  tobora  rivojlanib 
borayotgan  turli  millatlaming  milliy-madaniy  markazlari  turli  millatlar 
vakillarining  madaniyati,  tili  va  ma’naviy  dunyosini  rivojlantirishga 
xizmat  qila  boshladi.  Milliy-madaniy  markazlar  mamlakatda  o‘zaro 
tenglik  asosida  yashayotgan  130  ta  turli  millat  va  elatlaming 
manfaatlarini  ifodalash,  o‘zlari  mansub  boMgan  madaniyat,  o ‘z  milliy 
qadriyatlari  va urf-odatlarini yo‘qolib ketmasdan  yashashi uchun  ko‘mak 
berib kelmoqda.
Respublika  baynalmilal  madaniyat  markazi,  138  ta  milliy  madaniy 
markazlar,  0 ‘zbekiston  xorijiy  mamlakatlar  bilan  do‘stlik  va  madaniy- 
ma’rifiy  aloqalar  jamiyatlari  kengashi,  shuningdek,  34  ta  do‘stlik 
jamiyatlari  muvafaqqiyatli  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Ulardan  14  tasi 
respublika  ahamiyatiga  molik  tashkilot  maqomiga  egadir.  Ulaming  31 
tasi  koreys,  23  tasi  ms,  10  tasi  tojik,  9  tasi  qozoq,  9  tasi  tatar  millatiga 
mansub faollar tomonidan tashkil  etilgan.  Shuningdek,  mamlakatda 8  ta 
ozarbayjon,  7  ta  turkman,  6  ta  ukrain  va  qirgMz,  5  ta  turk  va  Yevropa 
yahudiylar millatiga  mansub boMgan  milliy-madaniy markazlari  faoliyat 
ko'rsatmoqda.  Shuningdek,  nemis,  polyak  va  arman,  uyg‘ur,  arab, 
bolgar,  boshqird,  grek,  gruzin  va boshqa millat vakillari  ham  o'zlarining 
milliy-madaniy  tashkilotlari  tarkibida  turli  madaniy  tadbirlar  va 
anjumanlar vositasida faol ishtirok etmoqda.
0 ‘zbekistonda  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  fuqarolik  jamiyati
231


instituti  sifatida  rivojlantirishda  2005-yilning  10-iyunida  “O'zbekiston 
nodavlat  notijorat  tashkilotlari  milliy Assotsiatsiyasi”ning tashkil  topishi 
muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Uning  asosiy  maqsadlari  sifatida  qo‘yidagi 
faoliyat yo‘nalishlari  belgilandi:
- ixtiyoriy ravishda a’zo boMgan nodavlat notijorat tashkilotlarini har 
tomonlama  qo‘ 1 lab-quwatlash,  ulaming  jamiyat  hayotini  yanada 
erkinlashtirish  va  demokratlashtirish,  mamlakatni  modemizatsiya  va 
isloh  qilish,  demokratik  qadriyatlami  mustahkamlashdagi  ishtirokini, 
siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  hayotdagi  faolligini,  huquqiy 
davlat  asoslarini  mustahkamlash  va  inson  haq-huquqlarini  himoya 
qilishdagi o ‘mini yanada kengaytirish;
-  davlat 
hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  bilan  muvozanatda 
o ‘zaro va ikki  tomonlama  manfaatli  muzokaralar orqali jamiyatning turli 
ijtimoiy  qatlamlari  manfaatlarini  ifoda  etishda  nodavlat  notijorat 
tashkilotlaming ishtirokini ta’minlash.
Hozirgi  davrga  kelib,  “O'zbekiston  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 
milliy  Assotsiatsiyasi”ga  400  dan  ortiq  turli  respublika  miqyosidagi  va 
viloyatlarda  faoliyat  yuritayotgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  a’zo 
bo'lib kirdilar.
Mamlakatda  mustaqil,  barqaror,  aholining  turli  qatlamlari  qo'llab- 
quwatlaydigan  fuqarolik jamiyati  institutlarini  shakllantirishga,  ijtimoiy 
ahamiyatli  muammolarni  hal  etishdagi,  fuqarolaming ijtimoiy-siyosiy va 
ish  faolligini  oshirishdagi  rolini  kuchaytirish  maqsadlarida  2005-yil  26- 
iyulda  “O'zbekiston  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  qo'llab-quwatlash 
fondi”  tashkil  topdi.  Uning  asosiy  vazifalari  sifatida  quyidagilar 
belgilandi:
9.2.-расм. Узбекистондаги Н Н Т л а р н и н г^  
нжтимоий  к атл ам л яр  буйича
■ Спорт 16^1
т а к с и м л а н и ш и
■ Ёшлар  10,4 
%
3,8
4 ,
4
^
■ Ногиронлар 
8,4%
Ш Партиялар
•  Х,укук,ий 10 
%

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish