t.me/tuit_students_chanel
Tarmoq xavfsizligiga bo‘lgan talab ham umumiy, ham raqobat shartlariga
bog‘liqdir. Bundan tashqari, ayrim talablar umumiy qabul qilingan bo‘lsa, ayrimlari
boshqalari singari yangi dasturlar bilan birga rivojlanmoqda va tahdidga ega
muhitni o‘zgartirmoqda.
So‘nggi yillarda XEA-T ning xavfsizlik borasida ishlari ancha kengaydi, keyingi
bo‘limlarda ko‘rishimiz mumkinki, ko‘plab alohida tavsiyalar ancha aniqroq ko‘rib
chiqilmoqda. Bu yerda rivojlanishning asosiy aspektlari, ayniqsa, xavfsizlikni
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lganlari ko‘rib chiqiladi. Qoidaga muvofiq, xavfsizlikka
talablar tarmoq va/yoki tizimga tahdid, tarmoq va/yoki tizimning ichki zaifliklari
hamda tahdidlarga qarshi turish va zaifliklarni kamaytirish uchun qo‘llaniluvchi
zaruriy qadamlar tushunchalarida aniqlanadi. Xavfsizlikka talablar tarmoq va
uning komponentalariga ham tegishli bo‘ladi. Xavfsizlik, tahdidlar, zaifliklar va
xavfsizlik borasida chora tadbirlar tushunchalari 1991-yil XEA-T ning X.800
“Dasturlar uchun o‘zaro ta’sirlashuvchi ochiq tizim muhitida xavfsizlikni
ta’minlash” tavsiyasiga ko‘ra belgilab olingan.
XEA-Tning 2004-yilda taqdim etilgan Ye.408 “Elektr aloqa tarmoqlari
himoyasiga talablar” tavsiyasi prinsipi va atamasiga asoslanadi. XEA-T X.800. XEA-
Tning E.408 tavsiyasi umumiy harakterga ega va XEA-Tning boshqa belgilangan
tavsiyalariga asosan mavjud himoyani qo‘llashga diqqatini qaratgan aniq bir
tarmoqlarga nisbatan talablar qo‘ymaydi.
XEA-Tning E.408 tavsiyasi xavfsizlik va strukturaga nisbatan talablarga ega
bo‘lib, ham bir nuqtadagi va ko‘chib yuruvchi aloqalarga, ham ovozli aloqada va
ma’lumot yuborishda elektr aloqa tarmog‘idagi xavfsizlikka tahdidni umumiy
ko‘rinishda aniqlaydi, hamda tahdid natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni
kamaytirish uchun qarshi choralarni rejalashtirishga qo‘llanma beradi.
Xavfsizlikka tahdidlarning o‘sib borishi va turli tumanligi (viruslar,
chuvalchanglar, “troyan otlari”, spufing, ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi, spam va
boshqa hujum shakllari) ga qarshi kurashishning zaruriyati 2008 yilda XEA-Tning
X.1205 Kiber xavfsizlik tavsiyasida o‘z aksini topdi. Bu tavsiya tarmoq kelajagini
himoya qilishda yordam beruvchi asosiy bilimlarni yaratish va tahdidlarni bartaraf
etuvchi turli xil texnologiyalarni ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan, jumladan:
marshrutizatorlar, TElar, antivirus himoyasi, xujumni aniqlovchi tizimlar, xujumdan
himoya qiluvchi tizimlar, ma’lumotlarga xavfsiz kompyuterli ishlov berish, hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |