t.me/tuit_students_chanel
Ierarxik marshrutizasiya (daraxtsimon) alternativ usul hisoblanadi. Ushbu
tuzilishda tarmoq klaster deb nomlanuvchi sohalarga ajraladi. Klaster
marshrutizatorni va oqirgi tugunni yuzaga keltiradi va ulardan sensor
ma‘lumotlarni so‗rov qiladi (25.1-rasm). Har bir klaster ichida marshrutizator o‗z
klasteridan xabarni to‗planishiga, o‗ning qayta ishlanishiga va kelasi uzatilishiga
javob beradi. Klasterning boshqa tugunlari faqat ma‘lumotlarni yig‗ish va o‗larni
marshrutizatorga uzatishni amalga oshiradi.
25.1-rasm. SST klaster tuzilishi
Shu tariqa, ierarxik tarmoqda tugunlar birdek emas. Birinchidan,
ma‘lumotlarni agregirlash marshrutizatorlarda yuz beradi, ikkinchidan,
agregirlangan ma‘lumotlarni uzatish faqat marshrutizatorlarda bajariladi. Shu
bilan, marshrutizatorlarni doimiy ravishda ishlatish mumkin bo‗lganlikdan,
uzatishning to‗xtab qolish holatlari minimallashadi. Paketlarning bir biriga qarama
qarshi kelishi, ssilkalarni yaratishning markazlashtirilgan uslubiga ko‗ra yuz
bermaydi. Lekin bunday marshrutizasiya ma‘lumotlarni uzatishning samarali
yo‗lini taqdim etmaydi. Shu bilan birga, marshrutizator vazifasini bajaradigan,
sensor tugun, ancha ko‗p energiyani sarflaydi, va bu o‗ndagi batareyaning tezda
sarflanishiga olib keladi. Shu bilan birga, energiyaning katta miqdoriga ega va
kuchli hisoblash imkoniyatiga ega, fizik ajratilgan sensorlarni marshrutizator
sifatida qo‗llaydigan arxitekturalar ham mavjud, ammo ushbu usul tor ma‘nodagi
ilovalar uchun qo‗llaniladi. Klaster marshrutizatorlari ma‘lumotlarni bir biriga
Koordinator
Marshrutizator
Oxirgi tugun
t.me/tuit_students_chanel
uzatadi, natijada, ma‘lumotlar koordinatorga uzatiladi. Koordinator IP-tarmoq
bilan aloqada bo‗ladi, va ma‘lumotlar oqirgi bor qayta ishlanishi uchun unga
yo‗naltiriladi. Har bir tarmoqda, koordinator sifatida ishlash uchun kamida bitta
butun FFD funksional qurilmasi bo‗lishi kerak.
Yana bir rangli yacheykali tarmoqlarni yaratish ham mumkin (25.2-rasm).
Bunday tarmoqlarda har bir sensor tugunning funksional imkoniyatlari birdek.
Yacheykali topologiya tarmoqlarning o‗zini o‗zi yaratish va o‗zini o‗zi qayta
tiklash imkoniyati, tuzilishdagi seknsorlar qismi ishdan chiqsa tarmoqning yangi
tuzilishini spontan tarzda yaratish imkonini beradi. Aniqrog‗i, har qayday holatda,
barcha ma‘lumotlarni qabul qiladigan va qayta ishlaydigan, markaziy funksional
koordinator tugun, yoki ma‘lumotlarni tashqi tugunga qayta ishlash uchun
uzatishga beradigan shlyuz zarur. Spontan yaratiladigan tarmoqlarni AdHoc nomi
bilan yuritadi, va bu termin «aniq holat uchun» ma‘nosini beradi.
25.2-rasm. SST yacheykali tuzilishi
Sensor tarmoqning mumkin bo‗lgan topoplogiyalari 25.3-rasmda berilgan.
Bir rangli tarmoqlar, tugunlarning har bir juftligi orasida faqat masofa bilan
cheklangan, erkli topologik tuzilishni (nuqta-nuqta, yulduz) yaratishi mumkin.
Yacheykali topologiya – bazaviy butun tarzda bog‗langan topologiya, unda
tarmoqning har bir marshrutizatori ushbu tarmoqning boshqa bir nechta
marshrutizatorlari bilan bog‗lanishi mumkin. Ishdan chiqishga qarshi tura olish
imkoniyati yuqori, lekin murakkab sozlanish imkoniyati hisobidan.
Koordinator/shlyuz
Marshrutizator
Do'stlaringiz bilan baham: |