t.me/muhimiuz
10 -sinf testlari
1. Rustamxon” dostonida Huroyimdan g`azablangan Sultonxon unga nisbatan qanday jazo qo`llashga
farmon beradi?
A) mamlakatdan haydashni B) biyaga bog`lab, cho`lga haydashni
C) dorga osishni D) zindonga solishni
2. “Rustamxon” dostonida Huroyimning ikki kundoshi undan qutulish uchun Momogul mastonning
oldiga borib, til biriktiradilar. Ular mastonga qancha pul taklif qilishadi?
A) bir qop tilla B) yarim qop tilla C) uch qop tilla D) ikki qop tilla
3. “...ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko`rsa, aqli ketib, otdan yiqilib
qolguday”. Ushbu ta'rif “Rustamxon” dostonidagi qaysi suluv haqida?
A) Ximcha haqida B) Momogul haqida C) Huroyim haqida D) Oftoboyim haqida
4. “Rustamxon” dostonida Huroyimning kundoshlari bilan til biriktirib, tillalar evaziga Huroyimni
yo`qotmoqchi bo`ladi va maqsadini qanday amalga oshiradi? 1) Huroyim ustidan fitna-nayranglar to`la
arznoma yozadi; 2) firib bilan arznomani Oqtosh ahliga tasdiqlatadi; 3) firib bilan arznomani Oqtosh
amaldorlariga tasdiqlatadi; 4) arznomani Sultonxonga topshirtiradi; 5) Huroyimga zahar ichiradi.
A) 1, 2, 4 B) 1,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5
5. “Rustamxon” dostonidagi Ximcha kim?
A) Qurudum mamlakatining malikasi
B) Sultonxonning xotini
C) Oftoboyimning kanizi
D) Huroyimning kanizi
6. Insonni hurlikka, haq-huquqini tanishga undovchi “Haq berilmas, olinur” degan hikmat qaysi
ijodkorga tegishli?
A) Cho`lpon B) Behbudiy C) Fitrat D) Avloniy
7. “Dunyoda bir qo`rqqan yomon, bir quvongan yomon” degan fikr “Rustamxon” dostonida kimga
qarata aytilgan?
A) saroy a'yonlariga B) Huroyimga C) vazirlarga D) Sultonxonga
8. “Rustamxon” dostonidagi Momogul kim?
A) Qizildevning onasi B) Oqtosh viloyatidagi mastonlarning boshlig`i
C) Oqdevning onasi D) Huroyimning kanizi
9. Qaysi xalq dostoni qahramoni “Cho`p-xasdan ko`pdir qilgan gunohim” deb afsuslanadi?
A) “Rustamxon” B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Kuntug`mish”
10. “Rustamxon” dostonidagi Sultonxonga goh boj to`lab, goh boj to`lamay yurgan Qurudum
mamlakati beklari va xonlari nomini toping. 1) Urganch beklari; 2) Xorazm beklari; 3) Xeva beklari; 4)
Dinkaman xonlari; 5) Oqrabot xonlari.
A) 1,3,4 B) 1,2,3, 4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,5
t.me/muhimiuz
11. “Adashganning oldi yo`l” maqoli “Rustamxon” dostonida kim tomonidan aytilgan?
A) Sultonxon tomonidan B)
Rustamxon tomonidan
C) Huroyim tomonidan D) Oftoboyim tomonidan
12. “Har kimsadaki bo`lsa qanoat, g`am yo`q” degan hikmatli so`z kimning qaysi asarida xulosa
yanglig` yangraydi?
A) Abdurahmon Jomiy, “Bahoriston” B) Navoiy, “Nazm ul-javohir”
C) Navoiy, “Mahbub ul-qulub” D) Sa'diy Sheroziy, “Guliston”
13. Oqshom yotib, kunduz jo`nab boradi, Dunyoning ayshini shunday sursam deb. Cho`llarda ostiga
mingani tulpor, Xizmatda olti yuz mahrami tayyor, Qancha sipoyi ham adadsiz lashkar, Shavkati
olamni bosib boradi. Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramoni haqida?
A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Rustamxon” D) “Kuntug`mish”
14. “Rustamxon” dostonida Huroyim Qurudum mamlakatiga safarga jo`nagan Sultonxondan necha
yilda kelishini so`raydi. Sultonxon necha yilda kelaman, deb aytadi?
A) 14 yilda B) 12 yilda C) 11 yilda D) 7 yilda
15. “Rustamxon” dostoniga oid noto`g`ri hukmni aniqlang.
A) Oqtosh viloyatida Sulton otlig` bir podsho o`tdi.
B) Sultonxonning uchta xotini bo`lib, ularning tug`maydigan aybi bor edi.
C) Huroyim nomli xotini homilador bo`ldi.
D) Huroyim Sultonxonning kenja xotini edi.
16. “Qone' (qanoatli) darveshning quruq noni tome' (tamagir, birovning narsasiga ko`z tikuvchi)
shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din xo`broqdur”. Ushbu ibratli fikrlar kimga tegishli?
A) Firdavsiyga B) Sa'diy Sheroziyga C) Jomiyga D) Navoiyga
17. “Rustamxon” dostonida ketmoqqa ixtiyor qilgan Sultonxonga davlatni boshqarishni Huroyimga
topshirishni kimlar maslahat beradi?
A) xotinlari B) saroy a'yonlari C) mamlakatning keksalari D) qozikalonlar
18. “So`z so`zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak” degan so`zlash va yozish odobiga
doir ibratli fikr qaysi ijodkor tomonidan aytilgan?
A) Fitrat B) Abdulla Qahhor C) Avloniy D) Qodiriy
19. “...tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha, o`zi
suluv oyimcha”. Ushbu ta'rif “Rustamxon” dostonidagi qaysi qahramon haqida?
A) Huroyim haqida B) Oftoboyim haqida C) Maston haqida D) Ximcha haqida
20. Tog`lar-tog`ning boshini chalgan tuman-a, Har kim yig`lab tursa, oxir zamon-a. Ushbu misralar
qaysi xalq dostonidan olingan?
A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Kuntug`mish” D) “Rustamxon”