T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Mirshabning huzurida o‘zingizni to‘liq tanitishingiz shart, – dedi
mirshabboshi.
– Buni hech kim aytmadi, – dedi Аbdulloh.
– Аytishadi, juda tushuntirib aytishadi, – dedi mirshabboshi. – Qanday
jinoyat bilan keldingiz?
Аbdullohning ensasi qotdi, mirshabboshi hamma gapdan xabardor
ekanligiga uning ishonchi komil edi. Bila turib s
o‘rash, albatta, masxara va
yerga urish ekanligi aniq. Shunday b
o‘lsa-da, o‘zini qo‘lga olib javob berdi:
– Mushtlashuv.
– Qanday mushtlashuv? – anqovsiradi mirshabboshi.
– Mazlum uyg‘urni himoyalab, zolim xitoyni urdim. Shunga qamashdi,
– dedi Аbdulloh.
– Bu jinoyatingiz uchun necha yil qamoqda o‘tirishingizni bilasizmi? –
dedi mirshabboshi.
– Men jinoyat qilmaganman, – dedi Аbdulloh keskin. – Men
himoyachi talab qilaman!
– Himoyachi? – hayron bo‘ldi mirshabboshi.
– Ha, meni sudsiz bir necha kunki, ushlab turibsiz! – dedi Аbdulloh. –
Men uyimga xabar berishim kerak.
– Sud?! – mirshabboshi bu so‘zni umrida ilk marta eshitayotgandek
edi.
– Huquqiy, qonuniy ishlardan xavotirlanmang, mahbus. Biz bunday
ishlarni juda maromiga yetkazamiz. Tergovchilaringiz kelsa, qolgan
talablaringizni aytarsiz.
– Men bu yerda na qonunni, na huquqni ko‘rmayapman! – dedi
Аbdulloh.
– Kuyinmang, mahbus, – taskin berdi mirshabboshi. – Bu yerda
k
o‘rganlaringizning ko‘pini ko‘rmaysiz. Ko‘rmaganlaringizning esa juda
k
o‘pini ko‘rasiz. Endi esa kamerangizga boring-da, tergovchingizni kuting.
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Hibsga olinganim haqida oilamga xabar berishingizni talab qilaman!
– dedi Аbdulloh oyoq tirab.
– Siz bu hayotda talab va istaklarsiz yashashni tezda o‘rganib
ketasiz, mahbus,
– faylasuflik qildi mirshabboshi. – Sizga juda foydali
maslahatni beraman, oling va foydalaning, maylimi?
O‘ng qulog‘ingiz bilan
ham, chap qulo
g‘ingiz bilan eshiting: ikki jag‘ orasidagi laxtak go‘shtni ko‘p
ishlatmang. Tartibga b
o‘ysuning. Isyon qilmang. Tortishmang, aks holda,
halok b
o‘lasiz. Bu yerda manaman, degan pahlavonlar yer chizadi,
y
o‘lbarsman, deganlar sichqon bo‘lib chiyillaydi. Аytgan har bir gapingiz,
qilgan har bir ishingiz boshingizga shunday balolarni keltiradiki,
tu
g‘ilganingizga pushaymon bo‘lasiz. Osmondagi xudoyingizning bu
qamoqda gapi
o‘tmaydi, duolaringiz shu qamoq devorlari ichida qolib
ketadi. Bu jirrakiligingiz bilan hamon tirik ekaningizga hayron qoling.
Shundoq ham, siz katta xavf ostidasiz!
Аbdulloh mirshabboshining tahdidlaridan kulgisi keldi, qasdlashib
kulmoqchi edi, kula olmadi. Lekin gapirdi:
– Meni qo‘rqitmang!..
– Biz qo‘rqitmaymiz, ishlarimizni ko‘rib, o‘zingiz qo‘rqasiz. Boring
kamerangizga, mahbus!
Mirshabboshi juda muloyim, hatto, biroz ch
o‘zibroq so‘zlarkan.
Аbdullohni bir oy ichida hech kim yo‘qlamadi. Bir oy uning uchun juda og‘ir
o‘tdi: kameradoshlarining behayo gaplaridan ko‘ngli aynidi, ular esa bu
masalada sira t
o‘xtamas edilar, mana shunday buzuq gaplar ichidan
chiqayotgan bu odamlar
Аbdullohning ko‘ziga shu qadar jirkanch tuyula
boshladiki, ularga na amri maʼruf, na nahyi munkar kor qilmasligini angladi.
Bunday shaloq s
o‘z odamlar, bunday fasod fikrli kaslar, bunday axloqsiz
kimsalar bilan bir havodan nafas olish jahannam azobi kabi tuyuldi,
shubhasiz, bu toifa tubanlarning q
o‘lidan har qanday yovuzlik, har qanday
pastkash ishlar kelishiga ishonmoq mumkin.
Аbdullohning xavotiri oilasidan
Do'stlaringiz bilan baham: |