T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Аbdulloh Moyimxon o‘zi o‘ylaganchalik go‘l emasligini tushundi.
Moyimxon kommunistlik va dahriylik
g‘oyalarini o‘ziga chuqur singdirgan
noyob mutaxassis edi, aslida. Uning oldida asabiylashish zaiflikdan
b
o‘lishini Аbdulloh angladi, ichida: «Аstag‘firulloh», – deb takrorlay –
takrorlay
o‘zini bosishga urindi.
– Аjoyib mantiq, – deb jilmaydi u. – To‘g‘ri aytasiz. Har bir masalaga
ong ila yondashsak. Siz dinni, aynan, Islomni ilohiyot dasturi ekanligini rad
etyapsiz, bu fikringiz sababli jahli chiqayotgan musulmonni radikal, deb
taʼriflayapsiz, shundaymi?
– Shunday, – javob berdi Moyimxon mamnuniyatdan yal –yal yonib.
– Dindorlik va tajovuzkorlik hamisha yonma –yon yuradi. Dindan qutulish
hamma yovuzlikdan qutulish demakdir.
– Buni qarang, shunga sira ham aqlim yetmayotgan ekan, –
zaharxanda qildi
Аbdulloh. – Kommunizmni eng ahmoqona g‘oya,
odamzod uchun zararli, deb
o‘ylasam va aytsam, bundan g‘azablanmang!
Аks holda, siz ham, o‘z mantig‘ingizga ko‘ra, radikalizmni yuzaga
chiqarasiz. Kommunistlar radikal emas, t
o‘g‘rimi, axir?!
Birdan Moyimxonning tusi
o‘zgardi.
– Siz... Siz buyuk kommunizm haqida bunday deya olmaysiz! – dedi
kuchanib.
– Kechirasiz, qizishmang, radikal bo‘lmang! – dedi Аbdulloh. –
Kommunizmni siz Islomni rad etganingiz kabi rad etib, tahqirlaganingizdek,
tahqirlayman. Biroq siz musulmonlar
g‘azablangani kabi g‘azablanmang, bu
radikalizmga aylanib qoladi.
Moyimxon «mum» tishladi, lekin o‘zini tezda qo‘lga oldi:
– Tilingizga erk bermang, mehmon, siz kommunistik davlatdasiz! –
dedi tish orasidan.
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Tahdid qilyapsizmi? – so‘radi Аbdulloh. – Hamma mehmonlarni
tahdid bilan kutib olasizlarmi?
– Siz turkiyaliksiz, mehmon, – dedi Moyimxon. – Biroq uyg‘ursiz!
Turkiya vatandoshi b
o‘lsangiz -da, uyg‘ursiz! Bu sizni buyuk kommunistik
Xitoy davlatiga bo
g‘lab tashlaydi!
– Kechirasiz! – rosmana qizishdi Аbdulloh. – Men hoziroq Istanbulga
qaytaman. Menga qilingan bu tahdid sababli barcha dasturlarni bekor
qilaman. Meni uchoqmaydonga qaytaring!
Bu keskin qarorni eshitib, Moyimxon
o‘zini yo‘qotgandek bo‘ldi.
– O‘zingizni bosing, mehmon, ming bora uzr, – dedi muloyimlashib. –
Dasturni amalga oshirish kerak.
Аxir, bahs o‘ta tabiiy jarayon-ku! Men
hazillashdim! Nega, jahlingiz chiqadi, axir?
Moyimxon shunday deb, qah
–qah otib kuldi, shunday kuldiki,
k
o‘zidan yosh chiqib ketdi, Аbdulloh uning, haqiqatan ham, hazillashganiga
ishonib qoldi.
– Obbo, mehmon! – derdi tizzasiga qo‘lini urib kularkan Moyimxon. –
Аrzimagan gaplarga xafa bo‘lmang! Siz bu yerda, avvalo, buyuk
kommunizm himoyasidasiz! Bir tola sochingiz t
o‘kilmaydi!
Zinhor x
avotirlanmang! Mana, manzilga yetib keldik! «Аbadiy do‘stlik»
mehmonxonasi xizmatingizda!
Ular ulovdan tushishdi. T
o‘qqiz qavatli bino. Manglayiga xitoychalab
yozilgan. Barzangi q
o‘riqchilar. Kirdi -chiqdi ko‘p. Xorijliklar. Oynavand
eshikdan xizmatchi yug
urib kelib, Moyimxonga taʼzim qildi. Xitoychalab bir
nimalar dedi. Moyimxon ulov yukxonasiga ishora qilib, yukni ol, deb
buyurdi, cho
g‘i, xizmatchi shunday qildi.
Mehmonxonaning qabulgohi keng, yoru
g‘, serhasham, qizil ziynatlar
haddan tashqari k
o‘p; salqin, qahva isi; yumshoq kursilar, xushmuomala
xodimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |