T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti-dan



Download 1,07 Mb.
bet161/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti-dan


quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi81:

    1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quv-vatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot- uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasar- rufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassa-salarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-lashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirla-rining xarajatlari;

  • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o’ta xavfli infek-tsiyalar profilaktikasi, ilmiy- tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu- blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiri-lishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqa-rolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o’rnini qoplash (subsidiyalar);

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta’minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros ob’ektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha qonun hujjat-larida O‘zbekiston Respublikasining






81 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;



  • fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy ob’ektlarni va fanga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertiza-sini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

  • davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muas-sasalarini saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to’lash xara-jatlari;

  • bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda berila-digan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;

  • Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjat-larida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;

    1. davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomo-nidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

    2. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to’lash va ularni saqlab turish xarajatlari;

  • hosildorligi past erlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab- quvvatlash xarajatlari;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajat-lari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma- xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar;

  • «Sof ichimlik suvi» jamg’armasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlar.

    1. respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investi-tsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

    2. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komis-siyasini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;

  • qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassa-salarini saqlab turish xarajatlari;

  • adliya va prokuratura organlarini.

    1. sudlarni saqlab turish xarajatlari;

    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasini shakllantirish xarajatlari;

    3. boshqa xarajatlar:

  • siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat solig’ining o’rnini qoplash;

  • O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo’lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;

  • davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish va O‘zbekiston Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq xarajatlar;

  • davlat buyurtmasi bo’yicha statistika ishlariga haq to’lash;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya-sining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni o’tkazish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;

  • xo’jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to’lash;

  • davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog’liq xarajatlar;

  • mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag’lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o’tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xara-jatlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-lashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar;

  • davlat maqsadli jamg’armalariga davlat byudjeti ssudalari va dotatsiyalar;

  • yuridik shaxslarga davlat byudjeti ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi82:


  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respub-likasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko’p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxo-nalar va dispanserlarni, tug’ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo’yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassa-salarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi insti-tuti filialini, hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to’lash xarajatlari;

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismo-niy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufi-dagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;






82 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 71 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufi-dagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabi-litatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijti- moiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • shahar yo’lovchilar transporti tashuvchilarining yo’lov-chilarni va bagajni cheklangan tariflar bo’yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq zararlarning o’rnini qoplash xarajatlari;

  • kam ta’minlangan oilalarga to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq xo’jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to’lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • suv yo’llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’rmon xo’jaligini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari;

  2. mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organ-larini, shu jumladan:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qora- qalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;

  2. davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastka-larining olib qo’yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o’rnini qoplash xarajatlari;

  3. harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.

  4. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudje-tidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byud-jetlariga davlat byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subven-tsiyalar o’tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijti-moiy transfertlar ajratilishi mumkin.

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi83:


  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvat-lash xarajatlari, shu jumladan:

    • tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim bo’limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjet-laridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

    • tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy polikli-nikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilak-tika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;

    • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    • tumanlar (shaharlar) madaniyat bo’limlari tasarru-fidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo’limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:






83 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 72 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

  • tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo’limlari, laboratoriyalarni saqlab turish;

  • shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko’chalarni, shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’lla-rini ta’mirlash;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

  1. tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  2. fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  3. tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;

  4. boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjat-larida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashti-rilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbir-larning xarajatlari.

Mablag’larni byudjetdan taqdim etishning (byudjetdan mablag’ ajratishning) usullari byudjetdan moliyalashti-rishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib, taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan nisbatlarni tartibga soladi.

Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy, kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda davlat byudjeti mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital qo’yilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.

Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan bo’ladi. Bunda davlat byudjeti mablag’-larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi.

Davlat byudjeti mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va

noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljal-langan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.



Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu ko’rinishdagi davlat byudjeti mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va xususiy korxonalarning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agrosanoat kompleksi, uy-joy kommunal xo’jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’nal-tiriladi.

Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljal-langan xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funksiya-ning bajarilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:



    • maorif;

    • madaniyat, san’at va kinematografiya;

    • ommaviy axborot vositalari;

    • sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

    • ijtimoiy siyosat.

Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha moliyalash-tiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan mablag’lar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat ko’rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to’g’ri keluvchi pulli xarajat davlat byudjeti tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish