Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi davlat byudjeti tashkilotning moliyaviy rejasi hisoblanadi. Davlat byudjeti tashkilotini moliyalashtirish daromad bo’lmasdan, faqat tashkilotning xarajatlari hajmi va ularning maqsadli yo’naltirilganligiga teng bo’lgan mablag’larning tushuvidan iborat bo’lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emas. Smeta asosida moliya organlari ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak:
Ijtimoiy ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjet-dan boshqacharoq tarzda moliyalashtiriladi. Masalan, ana shunday tarzda ommaviy axborot vositalari va teatr-tomosha korxonalarining etishmagan mablag’lari ta’min-lanadi. Bu korxonalarning xizmatlari to’lovli (haqli) bo’lsa-da, o’z daromadlari ularning barcha xarajatlarini qoplashga etmaydi. Bunday korxonalarning daromadlari va xara- jatlari o’rtasidagi etishmagan farq byudjetdan qop-lanishi kerak.
Ilm-fanni moliyalashtirish davlat byudjeti xarajat-larining mustaqil guruhi hisoblanadi. Ular uchun byudjet-dan mablag’lar eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy- texnikaviy dasturlar bo’yicha yo’naltiriladi. Ana shu maqsadlar uchun mablag’lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi Fanlar Akademiyasi, ilmiy – tadqiqot institutlari, tarmoq akademiyalari, oliy o’quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi.
Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish smeta yordamida amalga oshiriladi. Barcha tashkilotlarda aniq mavzular bo’yicha xarajatlar
smetasi tuziladi. Xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi bu yerda ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qo’llanila-digan usul bilan bil xildir.
Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiya-laridan kelib chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog’liq:
xalqaro vaziyat;
mamlakat hududining kattaligiga bog’liq bo’lgan chegaralarning uzunligi va xarakteri;
harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli;
shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog’onaga ko’tarishning va Qurolli Kuchlarda ijtimoiy-madaniy tadbir-larni amalga oshirishning zarurligi;
mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;
va boshqalar.
Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarurat bo’lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi.
Byudjetda ko’zda tutilgan milliy mudofaa xarajatla-rining guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali o’tadigan to’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog’ va harbiy texnika sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pensiya va nafaqalar berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa va-zirligining maxsus smetasida o’z aksini topadi va respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Milliy mudofaa xarajatlarini rejalashtirishning o’ziga xos bo’lgan xususiyati shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bo’yicha xarajat-larning umumiy hajmi aniqlanadi. Undan so’ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog’, harbiy texnika, yoqilg’i, oziq-ovqat va shunga o’xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.
To’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi davlat byudjeti xarajatlarining boshqa bo’linmalari bo’yicha moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo’shinlarini saqlash xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni
muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo’limi orqali moliyalash-tiriladi. Bu xarajatlarni rejalashtirish va moliyalash- tirish smeta tartibida amalga oshiriladi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to’lanadigan pensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetiningijtimoiy himoya bo’limi bo’yicha moliyalash-tiriladi.
Davlat byudjetiningboshqaruv xarajatlari quyidagi guruh- lardagi xarajatlardan iborat:
huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari;
davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Konstitutsiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni saqlash xarajatlari;
saylovlar va referendumlarni o’tkazish xarajatlari. Bular deputatlar, Prezident, mahalla oqsoqollarini saylash, referendumlar o’tkazish xarajatlaridan iborat.
Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalash-tirish ijtimoiy ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |