T. Malikov O. Olimjonov moliya



Download 1,07 Mb.
bet148/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Umumdavlat soliqlari



Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda o’rnatiladigan va mamlakatning barcha hududlarida undiriladigan soliqlar umumdavlat soliqlari deyiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

    • qo’shilgan qiymat solig’i (QQS);

    • aktsizlar;

    • korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

    • bojxona bojlari;

    • va boshqalar.

Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) hozirgi davr soliq tizimida eng muhim soliqlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda uning hisobidan davlat byudjeti daromadlarining 25-30% tashkil topmoqda. QQS fiskal nuqtai nazardan eng samarali soliq hisoblanadi. Uni joriy etuvchi mamlakat birdaniga juda katta miqdordagi daromadni byudjetga olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu soliq mamlakatimizda 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan bo’lib, u xorijda o’tgan asrning 50-yillaridanoq mavjud edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko’ra QQS ishlab chiqa-rilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning barcha bosqichlarida yaratilgan qiymat o’sganining bir qismini mahsulot (ish, xizmat)ning sotilishiga muvofiq ravishda byudjetga olinish shakli bo’lib hisoblanadi. U realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniq-lanadi. Bu soliq yordamida mahsulotning barcha aylanmasi emas, balki qiymatning ortgan qismi soliqqa tortiladi. Qo’shilgan qiymat deyilganda korxona ishchi-xodimlariga to’lanadigan mehnat haqi (ajratma tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi foydaning yig’indisi tushuniladi.



QQS baholarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Uning miqdoriga mos ravishda mahsulotlarning bahosi avtomatik ravishda ortadi.

Sobiq SSSRda 1930-1932 yillarda o’tkazilgan soliq islohotlariga muvofiq ravishda joriy etilgan oborot solig’i va baholar ustidan qattiq

davlat nazorati bo’lgan bir paytdagidan va 1991 yilning 1 yanvaridan kiritilgan sotuvdan olinadigan soliqdan farqli o’laroq QQS bir necha muhim afzalliklarga ega. Afzalliklarning ba’zi birlari quyidagilardan iborat:


    • QQS oborot solig’iga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Shunga muvofiq ravishda soliqqa tortiladigan baza kengayib, byudjetga tushumlar ortishi mumkin;

    • alohida olingan ishlab chiqaruvchi uchun bu soliq nisbatan kamroq og’irlik yuklaydi. Chunki bunda soliqqa tortishga butun tovar aylanmasi emas, balki qiymat o’suvining bir qismi jalb qilinadi va uning og’irligi ishlab chiqarish va muomalaning butun zanjiri bo’ylab taqsim-lanadi. Buning natijasida bozor munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun teng holatning yaratilishiga erishiladi;

    • QQS soliqqa tortishning nisbatan oddiyroq shaklidir. Chunki bu soliq to’lovchilarning hammasi uchun mamlakatning butun hududi bo’yicha yagona soliq undirish mexanizmi joriy etilgan bo’ladi;

    • davlat uchun ham ustuvorlik kasb etadi. Chunki uni to’lashdan bosh tortish yoki bo’yin tovlash ancha murakkab bo’lib, moliyaviy intizom buzilish holatlari kamayadi;

    • QQS tadbirkor daromadining o’sishidan manfaatdorlikni yuqori darajaga ko’taradi. Chunki u avtomatik ravishda korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini soliqqa torti-lishdan ozod qiladi.

Rasmiy ravishda QQS ishlab chiqaruvchilar va savdo qiluvchilardan undiriladi. Biroq uning haqiqiy to’lovchilari mahsulotlarni sotib oluvchilar, ya’ni aholining keng qatlami hisoblanadi. Ular tovarni sotib olish bilan birga tovar bahosining tarkibida QQS ni ham to’laydilar.

Quyidagi sub’yektlar QQSni to’lovchilar hisoblanadi:



    • mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar (xorijiy investitsiyali korxonalar bilan birga-likda);

    • mamlakat hududida joylashgan va mustaqil ravishda mahsulot (ish, xizmat)larni sotayotgan yakka (oilaviy) tartib-dagi barcha xususiy korxonalar, ularning filiallari, bo’linmalari va korxonaning boshqa shakllari.

QQSning ob’yekti tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar aylanmasidir. Tovarlarni realizatsiya qilishda o’zida ishlab chiqarilgan va chetdan sotib olingan tovarlar hisobga olinadi. Bajarilganda ishlar esa qurilish-montaj, ilmiy-tadqiqot, tajriba-

konstruktorlik, texnologik kabi ishlar inobatga olinadi. Shuningdek, xizmatlar realizatsiya qilinganda aloqa, transport, uy-joy-maishiy xo’jalik, reklama, innovatsion va boshqa shunga o’xshash korxonalarning xizmatlarni ko’rsatishdan olingan tushumlar nazarda tutiladi. Soliqqa tortiladigan aylanmaning tarkibiga korxona tomonidan olingan barcha pul mablag’lari (agar ularning olinishi tovar (ish, xizmat)larni to’lash bo’yicha hisob-kitoblar bilan bog’liq bo’lsa), shu jumladan, boshqa korxonalardan olingan moliyaviy yordamlar, maxsus maqsad-larga mo’ljallangan fondlarni to’ldirish, avans to’lovlari, mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnomalarning buzilganligi uchun olingan jarimalar, penyalar va shunga o’xshashlar kiradi.

QQS orqali soliqqa tortishda soliq imtiyozlari mavjud. Masalan, quyidagilar QQS bo’yicha soliqqa tortishdan ozod qilinishi mumkin:


    • korxonaning ustav fondiga o’tkazilgan mablag’lar;

    • eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar;

    • pul, valyuta, banknota va qimmatli qog’ozlar muomalasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar;

    • madaniyat va san’at muassasalarining xizmatlari;

    • kvartira haqi;

    • va boshqalar.

QQSning stavkalari 10 va 20% darajasida o’rnatilgan. 10% li stavka iste’mol tovarlari (aktsizosti tovarlaridan tashqari) va mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha bolalar uchun tovarlarga, 20% li stavka esa qolgan boshqa tovarlar, ishlar va xizmatlarga (aktsizosti iste’mol tovarlari bilan birgalikda) nisbatan amal qiladi.

Tovar (ish, xizmat)larning soliqqa tortiladigan aylan-masi aniqlanib, soliq imtiyozlari va soliq stavkasi o’rnatilganidan so’ng soliqqa tortiladigan aylanmani soliq stavkasiga ko’paytirish yo’li bilan QQSning summasi hisoblab, topiladi. Amaliyotda QQSni to’lovchi byudjetga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun sotib oluvchidan olingan soliq summasi va moddiy boyliklar uchun mol etkazib beruvchiga to’langan soliq summasi o’rtasidagi farqni to’laydi, ya’ni hisobga olish mexanizmi amal qiladi. Bu yerda hisobga olish mexanizmi korxonaga mol etkazib beruvchiga sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar uchun to’langan QQS summasini sotib oluvchiga tovar – (ish, xizmat)lar sotilganda olingan QQS summasidan chegirib tashlash imkonini berishni anglatadi. Tadbirkorlar quyidagi shartlar

bajarilganda hisobga olish (byudjetdan qoplash) huquqiga egadirlar:


    • sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar mol etkazib beruvchiga to’langan bo’lishi, ya’ni boshlang’ich va hisob-kitob hujjatlarida QQSning summasi alohida qatorda belgi-lanmog’i lozim;

    • sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar kirim qilingan, ya’ni balansda aks ettirilgan bo’lishi kerak;

    • sotib olingan moddiy boyliklardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilgan bo’lmog’i lozim;

    • mol etkazib beruvchidan schyot-fakturalar olinganda.

QQSni to’lash muddatlari soliq summasining hajmiga bog’liq: soliq summasi qanchalik katta bo’lsa, uni to’lash muddati shunchalik tez bo’lmog’i lozim. Ayrim hollarda QQSni to’lashning quyidagi uch muddatlari belgilanishi mumkin:

    • yirik korxona va tashkilotlar soliqni uch muddatda (15, 25 va keyingi oyning 5-kunlarida) to’lashi mumkin;

    • o’rta korxonalar – har oyda bir marta (keyingi oyning 20- kunidan kechikmagan holda);

    • uncha katta bo’lmagan va kichik korxonalar – har chorakda (hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmagan holda). QQSni to’lovchilar hisobot davrida to’langan soliq summa-lari to’g’risida o’zlari joylashgan joydagi soliq organiga belgilangan

muddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish