T. Malikov O. Olimjonov moliya


Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar



Download 1,07 Mb.
bet147/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularni o’rnatish, o’zgartirish va bekor qilish-ning printsip, shakl va metodlari, to’lash va ularning to’lanishini ta’minlash bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmui soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbol-larini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi.

Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar to’plamidan iborat bo’lib, soliqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Soliq to’lovchilar daromad solig’idan tashqari yana ko’plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’laydi.

Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog’liq. Unitar davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha:


    • davlat soliqlari;

    • mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo’g’indan tarkib topadi:

    • davlat (federal) soliqlari;

    • federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar;

    • mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin:

    • qo’shilgan qiymat solig’i;

    • aktsizlar;

    • aholidan olinadigan daromad solig’i;

    • korporatsiyalarning (korxonalarning) daromadidan (foydasidan) olinadigan soliq;

    • bojxona bojlari.

G’arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig’i muhim rol o’ynab, uning yordamida davlat byudjeti daromadlarining 25-45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab progressiya printsipi bo’yicha progressiv stavka-larda undiriladi. Daromad solig’i yordamida aholi daro-madlari soliqqa tortilayotgan paytda soliqqa tortilmay-digan minimum (soliq to’lovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo’llaniladi.

Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo’lgan muhim tendentsiyalardan biri korporatsiyalar (korxo-nalar) daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar salmog’ining pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish evaziga qo’lga kiritilayapti.

Soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar o’ziga xos o’ringa ega. Qo’shilgan qiymat solig’i Yevropa Itti-foqining barcha mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat AQSh va Yaponiyada bu soliq qo’llanilmaydi.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tovarlar eksporti va importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo’jalik hayotining globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining davlat byudjeti daro- madlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar

byudjetlari daromadlarining o’rtacha 1-4% shu soliq hisobidan tarkib topayapti.

Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat ommaviy iste’molga ega bo’lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, sigareta va shunga o’xshashlar) ishlab chiqarish va uni sotish ustidan monopoliya o’rnatadi va o’rnatilgan monopol bahodan tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlar ham undiradi. Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya, Italiya, GFR va Yaponiya kabi mamlakatlarda qo’llaniladi.

Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtai nazaridan etarli darajada samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjet-larning ixtiyoriga kelib tushadigan soliqlarning asosiysi mol-mulk solig’idir.

Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlatlarda federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo’lgan masala turlicha hal qilingan. Masalan, AQShda shtatlarning byudjetlari egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo’lib, ularning orasida sotuvdan olinadigan soliq asosiy o’rin tutadi. GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig’i va korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal va er byudjetlari o’rtasida bo’linadi. Juda ko’p mamlakatlarda mahalliy byud-jetlarga yo’naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar (qo’shilmalar) qo’llash amaliyoti joriy etilgan.

Shunday bo’lishiga qaramasdan mahalliy hokimiyat organlarining o’z funksiyalarini to’liq amalga oshirishlari uchun soliqlar, aksariyat hollarda, etarli emas. Shu sababli mahalliy byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subven-tsiya, subsidiya, kredit va boshqa shakllarda mablag’lar yo’naltiriladi.

O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig’imlar undiriladi. Ular sonining ko’pligi xilma-xil vazifalarni hal qilish va turli-tuman funksiyalarni bajarish imkonini bersa-da, bir vaqtning o’zida bu holat, ularni undirish bo’yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi va soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashga sharoit yaratadi.

Zamonaviy soliq tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo’ladi:



  1. davlat byudjeti daromadlarini to’liq va o’z vaqtida jalb qilinishini ta’minlash. Aks holda, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mumkin emas;

  2. yoppasiga va xo’jalik yuritishning alohida sohalari bo’yicha ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. Bunda aholining turli guruhlari daromad-larini shakllantirish va qayta taqsimlashning o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

    • huquqiy asosga egaligi va nisbatan bo’lsa-da, barqa-rorligi (soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas); daromadlarni taqsimlash va qayta taqsim-lash bilan bog’liq barcha iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va yig’imlarni joriy etish va ularni bekor qilish faqat davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi;

    • soliqlarni hisoblash va undirishning yagona prin-tsiplari va mexanizmi. Barcha soliqlar va yig’imlar ustidan yagona nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mi-tasi va uning quyi organlari tomonidan amalga oshiriladi;

    • yangi soliqlarning joriy qilinganligi (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqalar) hamda soliq imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar bazasini hisoblash tartibida keskin o’zgarishlarning sodir etilganligi;

    • soliq kalendariga muvofiq qonunchilik yo’li bilan soliqlarni to’lashda aniq ketma-ketlik o’rnatilganligi. Masalan, yuridik shaxslar birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin esa mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’lashadi;

    • barcha soliq to’lovchilarga nisbatan teng talablarning qo’llanilishi va soliqlar ro’yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya qilish, imtiyozlar va ularni taqdim etish mexanizmini tartibga solish hamda mablag’lardan foyda-lanish huquqiga aralashmaslik yo’li bilan ishlab, topilgan mablag’lardan foydalanish uchun teng sharoitlarning yaratilganligi;

    • soliqlarning ikkita asosiy turi birgalikda qo’llani-layotganligi: to’g’ri (daromadlarga va mol-mulkka) va egri (tovarlar va xizmatlarga). Avval egri (bilvosita) soliqqa tortish Vatanimiz iqtisodiy amaliyotida to’liq inkor qilingan edi;

    • avvalo, jismoniy emas, yuridik shaxslarning soliqqa tortilishi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlangan xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridan farqini ko’rsatadi. Barcha yuridik shaxslar va yakka tartib-dagi tadbirkorlar soliq organlarida ro’yxatdan o’tishga majbur. Soliq organlarida ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani olmasdan turib banklar ularga hisobva-raqlarini ochish huquqiga ega emaslar.

    • soliq qonunchiligini buzganligi uchun juda qattiq sanktsiyalarning, shu jumladan, moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarining qo’llanilayotganligi;

    • soliq to’lovchilar uchun ularning iltimosiga ko’ra joriy yil doirasida soliqlar va yig’imlarni byudjetga to’lash, shuningdek, moliyaviy sanktsiyalar summalari (agar ularni to’lash korxonani kasodga uchrashga olib kelsa – 6 oy muddatgacha), bo’yicha to’lov muddatlarini kechiktirish yoki uzaytirish imkoniyatining mavjudligi.

Soliqqa tortish jarayonlari soliq tizimining asosiy printsiplari yordamida tartibga solinadi. Bunday printsiplar quyidagilardan iborat:

    • soliqlar jamiyat va davlatning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini moliyaviy ta’minlash maqsadida o’rnati-ladi;

    • o’rnatilgan tartibga ko’ra soliq to’lovchi bo’lgan har bir shaxs (yuridik yoki jismoniy) soliq qonunchiligiga binoan belgilangan soliqlarni to’lashga majburdir;

    • soliqlar siyosiy, mafkuraviy, etnik, konfessional va shunga o’xshash boshqa mezonlar asosida qo’llanilmasligi lozim;

    • mamlakatning soliq tizimi va yagona iqtisodiy makonini buzishga xizmat qiladigan soliqlar o’rnatilmasligi kerak;

    • soliq to’lovchining mulkchilik shakli, tashkilotning tashkiliy- huquqiy maqomi, jismoniy shaxsning fuqaroligi, shuningdek, ustav kapitali yoki mulkning kelib chiqish davlati, mintaqasi yoki geografik joylashuviga bog’liq bo’lgan holda qo’shimcha soliqlarni joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini oshirish yoki ularni tabaqalashtirishga yo’l qo’yilmaydi.

Mustaqillikka yaqinda erishilganligi bilan bog’liq ob’yektiv sabablarga ko’ra, soliq apparati xodimlarida bu sohada tajribaning hali kamligi, beqaror iqtisodiy sharo-itda ishlab chiqilgan soliq siyosati asosida yaratilgan soliq tizimi oldindan ko’ra bilish qiyin bo’lgan ayrim nuqson-larga ega bo’ladiki, bu holat soliq to’lovchilarni ham, soliq organlarini ham qoniqtira olmaydi. Masalan:

    • soliqqa tortishda fiskal yondashuvning ustuvorligi. Soliqlar to’g’risidagi muammoni hal etishda davlat byudjetiningdaromadliligi birinchi o’ringa qo’yiladi va soliqlarning tartibga soluvchi roliga etarli darajada e’tibor qara-tilmaydi;

    • yuridik shaxslarni soliqqa tortishning yuqori dara-jadaligi. Jami soliq to’lovlari, turli baholashlarga ko’ra, yuridik shaxslar daromadining (foyda va mehnat haqining) 40% dan 80% gachasini tashkil etayapti. Egri (bilvosita) soliqlarning (QQS va aktsizlar) yuki ham og’ir bo’lib, aynan ular inflyatsion jarayonlarning generatori bo’lib maydonga chiqmoqda. Ba’zi bir mutaxassislarning baholariga

ko’ra yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq bosimi 30% atrofida bo’lib, bu narsa jahon amaliyotidagiga nisbatan ancha yuqoridir;

    • soliqqa tortishni murakkablashtiradigan soliqlar, yig’imlar, ajratmalar, badallar (umumdavlat, mintaqaviy, mahalliy, maq-sadli va h.k.) sonining ko’pligi;

    • soliq qonunlarining beqarorligi, soliqlarni hisob-lash tartibining tez-tez o’zgartirib turilishi, soliq qonunlarining ayrim moddalari puxta ishlanmaganligi va ularning o’zaro ziddiyatliligi. Soliq qonunlarining qayta-riluvchan (orqa muddatga) kuchga ega bo’lish hollarining mavjudligi. Soliq amaliyotining nisbatan kuchsiz axborot (informatsion) bazaga ega ekanligi;

    • soliq vakolatlarining markaz va joylarda aniq chegaralanmaganligi natijasida ular o’rtasida turli nifoqlarning kelib chiqayotganligi;

    • qonunda belgilangan davrda bir ob’ektning bir necha marta soliqqa tortilayotganligi;

    • va boshqalar.

Soliq tizimidagi bunday kamchiliklar uni isloh qilishini taqozo etadi. 2016 yilda boshlangan yangi iqti-sodiy siyosat talablaridan kelib chiqib, soliq islohot-larini amalga oshirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiq :

    • moliyaviy yil davomida soliqlar va soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarning yagonaligi, ziddiyatsizligi va o’zgarmasligini ta’minlovchi barqaror soliq tizimini yaratish;

    • etarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlarni bekor qilish va ularni yiriklashtirish bilan soliqlar sonini kamaytirish;

    • pul mablag’laridan maqsadli foydalanish yo’nalishi va davlat byudjetiningdaromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini saqlab qolgan holda davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini davlat byudjetiga konsolidatsiya qilish;

    • mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilarga nisbatan soliq yukining og’irligini engillashtirish va bir vaqtning o’zida soliqlarning undirilish darajasini oshiruvchi mexanizmni joriy etishni aniq belgilash asosida ikki marta soliqqa tortilishga yo’l qo’ymaslik;

    • byudjetlarning turli darajalariga har bir soliqdan tushumning minimal hissalarini o’rnatish orqali soliq federalizmini rivojlantirish;

    • soliq imtiyozlarini kamaytirish va ularni soliqqa tortishning umumiy tartibidan (rejimidan) chiqarish;

    • aktsizlarning o’ziga xos stavkalarini o’rnatish amali-yotini kengaytirish;

    • mineral xomashyoning alohida turlaridagi aktsizlarni resurs to’lovlari bilan almashtirish;

    • ekologik soliqlar va jarimalarning salmog’ini oshirish;

    • va boshqalar.

Bunda asosiy vazifa, soliqlarning undirilish (yig’ilish) darajasini oshirish hisobiga yalpi ichki (milliy) mahsu-lotda soliq tushumlari hissasining o’sishini ta’minlashga erishishdir.

Mamlakatning soliq tizimi bir necha belgilar va omillarga muvofiq quyidagicha tasniflanishi (klassifi-katsiya qilinishi) mumkin:



  1. Soliqqa tortishning ob’yekti hamda soliq to’lovchi va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq ravishda soliqlar to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarga bo’linadi.

To’g’ri (bevosita) soliqlar sub’yektga tegishli bo’lgan bevosita daromadlar va mol-mulkdan olinadi. Ularning tarkibiga korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korxonaning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalarni kiritish mumkin.

Egri (bilvosita) soliqlar tovarlar va xizmatlarga nisbatan o’rnatiladi va tovar to’lanadigan baho yoki xizmatning tarifi tarkibida bo’ladi. Tovar yoki xizmatning egasi ularni realizatsiya qilganda soliq summalarini oladi va ularni davlat byudjetiga o’tkazadi. Tovar yoki xizmatni sotib oluvchi bunday soliqlarning haqiqiy to’lovchilari bo’lib hisoblanadi. QQS, aktsizlar va bojxona bojlari egri (bilvosita) soliqlarning tarkibiga kiradi.



  1. Foydalanilishi bo’yicha soliqlar umumiy va maxsus (maqsadli) soliqlardan iborat bo’lishi mumkin.

Turli-tuman tadbirlarni moliyalashtirish uchun byudjetga tushadigan soliqlar umumiy soliqlar deyiladi. Maxsus (maqsadli) soliqlar esa oldindan belgilangan ma’lum bir maqsadlarga mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliq yo’llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va joriy remont qilishga mo’ljallangan.

  1. Soliqlar yig’ilishi va qaysi organga tegishliligiga qarab, umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi.

Hozirgi davrda davlat byudjeti daromadlarini belgilashda to’rtta soliq hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Bular qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliq va

jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqdir. Ular hisobidan davlat byudjeti daromadlarining ¾ qismi shakllanmoqda.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish