3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Darvin yashagan davrda hayvon va o`simliklar o`zgarishiga oid bilimlar yetarli emas edi.Har qanday o`zgaruvchanlikning asl sababi atrof muhit o`zgarishida ekanligini e`tirof etdi.Darvin mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizm kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi.Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil – muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlikham
deb Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi.Nomuayyan o‘zgaruvchanlikdaesa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida kuzatilmaydi. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi.Foydali mutatsiyalar,organizmlar tabiiy va sun’iy tanlash jarayonida saqlanib qoladi. Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘zgaruvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. Xromosoma mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘zgarmaydi. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: poliploidiya xromosoma to‘plami sonining o‘zgarishi, geteroploidiya – to‘plamdagi ayrim gomologik xromosoma sonining o‘zgarishi. Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida poliploid organizmlar juda kam uchraydi.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vujudga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, organizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi.