T. J. B. A. K. T yo’nalishi 70-20 guruh talabasi Raximov Asilbekning "sohaning texnologik o’lch ashlari va asboblari"



Download 4,68 Mb.
bet28/36
Sana09.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#760078
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Laboratoriya uslubiy 2022 lotin TJBAKT (2)

Xisobot mazmuni
1. Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad.
2. Qisqacha nazariy ma’lumot.
3. Xulosa


Nazorat savollari:
1.Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar necha turli bo‘ladi?
2.Nazorat qilish tizimi elementar bazasini struktura sxemasini tushuntirib bering.

13-LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: Gidrostatik sath o‘lchagichning ishlash prinsipini o‘rganish.


Ishdan maqsad: Sathni gidrostatik sath o‘lchagich yordamida aniqlash usullar va foydalanish jarayonlarini o‘rganish.


Nazariy qism

Gidrostatik sath o‘lchagichlar ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va qovushoq moddalar) sathini o‘lchashda ishlatiladi. Bu asboblarda suyuqlik sathini o‘lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan bosimni o‘lchashbilan amalga oshiriladi, ya’ni


P=H ρ g, (5.1)
bu erda R— suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; N— sukqlik sathi balandligi, m; ρ — suyuqlik zichligi, kg/m3; g — og‘irlik kuchi tezlanishi, m/s2.
(5.1) tenglama bosimii o‘lchash asosida ishlaydigan sath o‘lchagichlari qurish mumkinligini ko‘rsatadi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometryordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik sath o‘lchagich pezometrik sath o‘lchagich deb ataladi.
D ifmanometr bilan ochiq va yopiq idishlardagi suyuqliklar sathini, ya’ni bosim ostidagi yoki siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‘lchash mumkin. Bunday asboblarning ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o‘lchashga, ya’ni idishdagi suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va solishtirish o‘lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo‘yicha bosimlar farqini o‘lchashga asoslangan. 5.1-rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sath balandligiii difmanometrbilano‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan.
5
.1 – rasm. Ochiq rezervuarda suyuqlik sathini difmonometr bilan o‘lchash sxemasi.
Difmanometrning ikkala impulsli naychasi 1 nazorat suyuqlik (agar u agressiv bo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr uning sezgir elementiga ta’sir etadigan R1 va R2 bosimlar farqini o‘lchaydi. SHu bosimlar uchun (5.1) tenglamaga mos ravishda quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
(5.2)
SHunday qilib, difmanometr idish 2 dagi nazorat qilinadigan sath balandligi N orqali ifodalanadigan bosim­lar farqini o‘lchaydi:
(5.3)
Agar ikkala impulsli naychadagi suyuqlik zichligi ρ1 va ρ2 bir xil bo‘lsa va h1 = h2 bo‘lsa, u holda
(5.4)
bunda
ρ= ρ1= ρ2,
(5.3) va (5.4) lardan ko‘rinadiki, difmanometrik sath balandligi o‘lchagichining ko‘rsatishi nazorat qilinayotgan muhitning zichligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Agar impulsli naychalarda ρ1 va ρ2 zichliklar ayirmasi mavjud bo‘lsa, ko‘rsatishlarda ham xatolik paydo bo‘ladi (shu xatolikni yo‘qotish uchun impulsli naychalar yonma-yok yotqiziladi). Nihoyat, (5.4) formula „minusi" impulsli naychada („—" belgi bilanbelgilangan) suyuqlik sathi nazorat qilinayotgan sath N o‘zgarishi bilan o‘zgarmagan holdagina o‘rinli.
Buni ta’minlash uchun shu impulsli naychada muvozanatlashtiruvchi idish 3 o‘rnatiladi. Idish va impulsli naycha sath o‘lchagich shkalasining boshlang‘ich belgisi deb qabul qilingan OO sathigacha suyuqlik bilan to‘ldiriladi.

5.2– rasm. Bosim ostida (berk rezervuarda) suyuqlik sathini difmonometr bilan o‘lchash sxemasi.


5.2-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathining balandligini difmanometrbilano‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli (bug‘li) bo‘shlig‘i 3 ga ulanadi va maksimal sath balandligida o‘rnatiladi. Impulsli naycha 2 idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi. Difmanometr 1 bilan o‘lchanadigan bosimlar farqi ∆R uchun ifoda difmanometrning plyusli R1 va minusli R2 kameralarida hosil qilinadigan bosimlar orqali osongina topilishi mumkin:


(5.5)
bunda ρ1 — muvozanatlashtiruvchi idish va impulsli naycha 5 dagi suyuqlik zichligi.
R2bosim idishdagi zichligi ρ2 bo‘lgan suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi Nimpulsli naycha 2 dagi zichligi ρ1 bo‘lgan suyuqlik ustuni h0 va balandligi hH va zichligi ρ' bo‘lgan idishdagi havo (bug‘) ustuni gidrostatik bosimlari yigindisidan iborat:
(5.6)
SHunday qilib, difmanometrga ta’sir etadigan bosim farqi ∆R quyidagi ifoda bilan topiladi:
(5.7)
(5.7) formuladan shunday ko‘rinib turibdiki, sath o‘lchagich ko‘rsatishi h ning joriy qiymatigagina emas, suyuqlik zichligiga ρ va bug‘ zichligi ρ' ga ham bog‘liq, ular esa o‘z navbatida idishdagi muhitning temperaturasi va bosimiga bog‘liq. SHuning uchun difmanometr — sath o‘lchagichning shkalasi hisoblashni rezervuardagi ish bosimi bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘lchash natijasiga impulsli naychadagi suyuqlik zichligi ρ1 ning o‘zgarishi ta’sir etadi, chunki bunda balandligi h bo‘lgan ustunning va impulsli naycha 5 ning gidrostatik bosimi o‘zgaradi, shu bilan bir vaqtda R1bosim o‘zgarmas bo‘lib qolishi lozim. Bu atrof muhit temperaturasi yoki idishdagi muhit temperaturasi o‘zgarganda sodir bo‘ladi.
Sathni difmanometrlar bilan o‘lchash usuli qator afzalliklarga ega: sath o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ammo ularda bitta jiddiy kamchilik bor: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi muhitga bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathini o‘lchashda bu yo difmanometrlar uchun maxsus materialdan foydalanishni taqozo qiladi, yoki difmanometrga aktiv muhit kirib qolishdan, masalan, impuls liniyalariga ajratish qurilmalarini ulash, impulsli liniyalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan saqlaydigan difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi.
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir tipi — pezometrik sath o‘lchagichlar mustasnodir.
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 5.3- rasmda keltirilgan.

5.3 – rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi.


Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va qovushoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni, ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan rezervuarga pezometrik naycha 1 tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gaz manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 5 bilan cheklanib, rotometr 2 yordamida nazorat qilib turyladi.


Rezervuardagi suyuqlik sathyning berilgan N balandligida pezometrik naychadan suyuqlik orkali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosimortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi balandligi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning Bunday o‘zgarishini manometr 4 ulchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathi balandligiga muvofiq darajalangan bo‘ladi.
Suyuqlik sathi sistemada barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi.
(5.8)
Bundan

bunda Rx idishda suyuqliklar ustidagi bosim, R—Rxbosim manometr 4 bilan topiladi.
Suyuqlik sathini o‘lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor suyukliklarni nazorat qilishda inert gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‘lchagichlar ishlatiladi.
SHy tipdagi sath o‘lchagichlar er osti idishlarida, yonilg‘i, ballast va boshqa sisternalarda agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sath o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Bunday asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ± 1,5% aniqlik bilan o‘lchaydi.


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish